2-Mavzu: Markaziy Osiyo xalqlari ibtidoiy va eng qadimgi madaniyati. Mavzu rejasi
Download 55.9 Kb.
|
2-mavzu madaniyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jarqo’tondagi qadimgi shahar hayoti uch bosqichga bo’lingan
Jarqo’ton manzilgohi haqida gapirganda u O’zbekiston hududida topilgan eng dastlabki shahar-davlat ekanligini alohida e’tirof etish zarur. Ushbu tarixiy inshoat haqida etarlicha ma’lumotlarni taniqli arxeolog Ahmadali Asqarovning “O’zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar”1 nomli maqolasi orqali bilib olish mumkin.
Jarqo’ton Termiz shahridan 60 km. chamasi shimolda, Sherobod daryosining qadimgi Amudaryogacha suvi borib yetgan, hozirda esa suvsiz to’qayzorga aylangan Bo’stonsoy yoqasiga joylashgan bo’lib, 1973 yildan arxeolog olim V.M.Masson boshchiligida o’rganila boshlangan. Manzilgohning Jarqo’ton deb atalishiga sabab, Bo’tonsoy jarliklari ustida Guliston jamoa xo’jaligining qoramollari uchun bir necha qo’tonlar barpo etilib, atrof aholi bu yerni jarlikdagi qo’ton, yani, Jarqo’ton deb nomlagan. Jarqo’tondagi qadimgi shahar hayoti uch bosqichga bo’lingan, yani: Miloddan avvalgi 1500-1350 yillar; Miloddan avvalgi 1350-1200 yillar; Miloddan avvalgi 1200-1000 yillar. 100 gektarga yaqin maydonni egallagan bu shahar ikki qismdan-Arki a’lo (shahar o’rdasi) va shahristondan ibora «O’zbеkistоn». Shaharning shahriston qismida 20 ga yaqin turar joy mavzelari va hunarmandchilik ob’ektlari, otashparastlar ibodatxonasi joylashgan. Jarqo’ton bronza davriga tegishli obida sifatida anchagina rivojlangan shahar bo’lgan. Bu yerda hunarmandchilikning bir qator turlari yo’lga qoyilgan bo’lib, professional darajada rivojlangan kulolchilik va bronza metallurgiyasi ishlab chiqarish korxonalari, zargarlik va mehnat qurollari tayyorlash ustaxonalari, paxta va ipak xomashyosiga asoslangan manifaktura faoliyat yuritgan. Shahar maydonida joylashgan ibodatxonani o’rganish asnosida bu yerda otashparastlik keng tivojlanganligini ko’rish mumkin. “Ibodatxonanin muqaddas qismida yopiq dahlizlar, ma’jusiy otashparastlar mu’badlar xonasi, muqaddas kulxona, ibodatxona xazinasi saqlanadigan dahlissimon xonachalar,keng va baland tagkursi tepasidagi 4 ustunli ayvon ostida Bosh otashgoh joylashgan”.2 Jarqo’ton madaniyatiga xos xususiyat shundaki, bu yerda san’atning bir qator turlari vujudga kelganligidir. Jumladan, haykaltaroshlik, zargarlik, rassomchilik shular jumlasidandir. Sopol va jez hamda marmardan ishlangan uy-ro’zg’or buyumlari, turli qimmatbaho toshlar va jezdan yasalgan taqinchoqlar, har turli buyumlar o’zining betakrorligi bilan ajralib turadi. Tоpilgаn nаmunаlаrdаn mа’lum bo’lishichа O’zbеkistоnning Jаnubidа yashоvchi аhоli Qadimgi Sharq, аyniqsа hind vоdiysidаgi Хаrаppа tsivilizаtsiyasi nаmunаlаri bilаn kеng hаmkоrlikdа bo’lgаn. Buni Jаrko’tоn manzilgohidan topilgan topilmalar to’liq tasdiqlaydi. Download 55.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling