- Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning tuzilishi.
- Tovar harakati funksiyasi, logistika.
- Chakana va ulgurji savdo.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar: - Соловьев Б.А., Мешков А.А., Мусатов Б.В. Маркетинг: Учебник. – М.: ИНФРА-М, 2010. – 336 с.
- Qosimova M.S., Yusupov M.A., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing. Darslik. T.: TDIU, 2010. – 263 b.
- Розова Н.К. Маркетинг. – СПб.: Питер, 2008. – 176 с.
- Юсупов М.А., Абдурахмонова Н. Маркетинг. – Т.: Иқтисодиёт, 2007.
- Михалева Е.П. Маркетинг: Конспект лекций. – М.: Издательство ЮРАЙТ; Высшее образование, 2010. – 222 с.
- Солиев А. Маркетинг. Бозоршунослик. – Т.: ART-FLEX, 2008. – 384 б.
- Котлер Ф. Основы маркетинга. Краткий курс: Пер. с англ. – М.: Издательский дом «Вильямс», 2010. – 656 с.: ил.
I. Tovarlarni tarqatish tarmoqlari xususiyatlari va ularning tuzilishi Marketingning eng muhim va ajralmas tarkibiy qismi mahsulotni sotish va taqsimlash hisoblanadi. Bu jarayonda tashkiliy nuqtai nazardan eng murakkab vazifa - ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchiga etkazish hal etiladi. Taqsimot yo‘lining tarkibiy qismlari bir qator vazifalarni bajaradi: - tovar (xizmati)ni bir joydan boshqa joyga ko‘chishi;
- tovar (xizmati)ga yoki undan foydalanish uchun mulk egasi huquqini berish;
- undovchi faoliyat;
- tovarlar buyurtmasi;
- xavf-xatarni bo‘yniga olish;
- muzoqaralar olib borish;
- bozor ma’lumoti tahlili.
Taqsimot kanalining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: - axborot – bu marketing tadqiqotlari natijasida olingan ma’lumotlar va marketing muhiti to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi
- siljitish – mahsulot taklifiga oid ishontiruvchi axborotlarni reklama va boshqa vositalar orqali tarqatish
- aloqa – kerakli xaridorlarni topish va ular bilan aloqa o‘rnatish
Do'stlaringiz bilan baham: |