An’anaviy marketing konsepsiyasi 50-yillarning о‘rtalaridan boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham belgilaydigan yetakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy boshqarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va moliyaviy faoliyati masalalari bо‘yicha axborotlar va tavsiyalar manbai bо‘lib qoldi. Marketing xizmati ijtimoiy talab va bozor konyunkturasi holati hamda о‘zgarishlarini batafsil tahlil qilish asosida u yoki bu tovarni ishlab chiqarish zarurati, istiqboli va foydadorligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-texnika jihatlaridan ta’minlash imkoniyatlari tо‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |