Qollanilishi Analogiya qat’iy matematik isbot bo’lib sanalmasada, unga asoslangan xulosalar oddiy va tushunarli bo’ladi, shuning uchun nazariyani o’rganishda ham, masalalar yechish usullariga o’rgatishda ham foydalanish mumkin. Bunda o’quvchilar o’tilganlarni chuqur o’zlashtirishlari lozim, chunki analogiyaga asoslanib ish ko’rishda xatolarga yo’l qo’yish mumkin va noto’g’ri xulosalarga kelish mumkin. 1)analiz, butundan qismlarga o’tishni, sintez esa qismlardan butunga o’tish yo’li sifatida qaraladi. Keyinchalik 2)analiz natijadan uni keltirib chiqargan sababga o’tishdan iborat tafakkur uslubi sifatida qaraladi. 3)Va nihoyat, analiz tadqiqot usuli sifatida tushunilib, son va o’lchov tushunchasiga tayanib obyektni miqdoriy o’rganishdan iborat. Sintez – obyekt sifatiy xossalarini o’rganishdan iborat tafakkur uslubidir. “filtr” shaklida va sintez orqali qo’llaniladi. Birinchi shakldagi analizda masalani yechayotgan kishi tasodifiy ravishda yechish usulini izlab birin-ketin mavjud usullarni qo’llab ko’radi. Masalan, 6 ta gugurt chupidan 4 ta teng tomonli uchburchak yasash masalasini yechishda masalaning turli yechish usullari qaralib, faqat masalani fazoda qaralgandagina yechim mavjudligi keltirib chiqariladi. . Analiz sintez orqali qo’llanilishiga misol Aylanaga tashqi chizilgan teng tomonli uchburchak perimetri bu uchburchakka ichki chizilgan teng tomonli uchburchak perimetridan ikki marta katta ekanligini isbotlashda avvalo AOC uchburchak qaraladi va A1C1 bu uchburchak o’rta chizig’i ekanligi ibotlanadi, so’ngra esa xuddi shunday ichki chizilgan uchburchak tomonlari yarmiga teng ekanligi isbotlanadi.D emak, bulardan tashqi chizilgan uchburchak perimetri ichki chizilgan uchburchak perimetridan ikki marta katta ekanligi kelib chiqadi. Analiz va sintez teoremalarni isbotllashda qo’llanilishi ikki son o’rta arifmetigi ularning o’rta geometrigidan katta yoki teng ekanligini isbotlashda avvalo berilgan tengsizlikdan to’g’ri tengsizlikka kelish, so’ngra esa to’g’ri tengsizlikdan berilgan tengsizlikni keltirib chiqarish amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |