2-MAVZU. MATEMATIKA VA INFORMATIKA O‘QITISH ILMIY USULLARI Matematika va informatika oq’itish metodikasi Reja 1. Ilmiy tadqiqot usullarining umumiy tavsifi. 2. Kuzatish va tajriba. 3. Taqqoslash va analogiya. 4. Analiz va sintez. 5.Umumlashtirish, maxsuslashtirish, konkretlashtirish va abstraksiya-lash. Tadqiqotning ilmiy usullari Tabiat qonunlarini o’rganishda matematika maxsus vositalari, tadqiqotning ilmiy usullaridan foydalanadi. O’qitish jarayonida esa o’quvchilar matematik xaqiqatlarni kashf etuvachilar holatiga qo’yiladi va shuning uchun matematik tadqiqotlar ilmiy usullari bir vaqtning o’zida o’quvchilarning o’qish usullari ham hisoblanadi. Kuzatish Kuzatish deb atrof olam alohida obyektlar va hodisalarining xossalari va munosabatlarini ular mavjud bo’lgan tabiiy sharoilarda o’rganish usuliga aytiladi. Kuzatishning oddiy qabul qilishdan farqi: u yoki bu obyektni qabul qilish bu obyektning sezgi organlarimizga ta’sir etish paytidagi ongda bevosita aks etish jarayoni bo’lib, kuzatish uni o’z ichiga oladi va u bilan chegaralanmaydi. Kuzatish xotirada saqlash va keyin kuzatish natijalarini so’zda (yoki yozuvda ) aks ettirilishiga ham bog’liqdir. Tajriba Tajriba deb obyektlar va hodisalarni o’rganishning shunday usuliga aytiladiki, bunda biz ularning tabiiy holatiga va rivojiga aralashamiz, ular uchun sun’iy sharoitlar yaratamiz, qismlarga ajratib boshqa obyektlar va hodislar bilan bog’lanishlar hosil qilib tadqiq etamiz. Har bir tajriba kuzatish bilan bog’liq. Tajriba o’tkazayotgan shaxs tajriba borishini kuzatadi, ya’ni obyekt va hodisalarning yaratilgan sun’iy sharoitlardagi holati, o’zgarishi va rivojlanishini kuzatish amalga oshiriladi. Misollar 1. Natural sonlarni tub kupaytuvchilarga ajratishni kuzatib, turli natural sonlar uchun bu yoyilmalarni topib, tub va murakkab son tushunchalari ma’nosini tushunadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |