2-ma’ruza. Ilmiy tadqiqot usullari va ularni klassifikatsiyalash maqsad
Download 22.09 Kb.
|
2-маруза (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Ilmiy bilishning umumiy usullari
- Ilmiy bilishning umumiy usullari 3 guruhga bo‘linadi
2-MA’RUZA. ILMIY TADQIQOT USULLARI VA ULARNI KLASSIFIKATSIYALASH Maqsad: Ilmiy bilishning umumiy usullari, ilmiy tadqiqotning ayrim usullari: kuzatish, analogiya, modellashtirish, analiz, sintez, o‘lchov, taqqoslash, eksperiment va abstraklashtirish xususidama’lumot berish. Tayanch so‘z va iboralar: Empirik tadqiqot usullari, nazariy tadqiqot usullari, ilmiy bilish, reja, dastur, tahlil, sintez, deduksiya, induksiya, tarixiy metod, kuzatish, o‘lchash, qiyoslash, eksperiment,formallashtirish, modellashtirish, aksiomatik usul, abstraksiyalash usuli, umumlashtirish usuli. Ilmiy bilishning umumiy usullari Tadqiqotning muvafaqqiyatli bo‘lishi uchun usullami to‘g‘ri tanlash lozim. Ilmiy bilishning usullari umumiy va maxsus usullarga bo‘linadi.Fanlaming maxsus muammolarini yechish uchun maxsus usullarni qo‘llash talab etiladi. Maxsus usullardan tashqari fanning hamma sohalarida butun tadqiqot davomida ishlatiladigan umumiy usullar ham mavjud. Ilmiy bilishning umumiy usullari 3 guruhga bo‘linadi: 1) empirik tadqiqot usullari (kuzatish, taqqoslash, o‘lchov, eksperiment); 2) empirik va nazariy tadqiqotlarda qo‘llanadigan usullar (abstraksiyalash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, modellashtirish va b.); 3) nazariy tadqiqotlarda qo‘llanadigan usullar (abstraktlikdan aniqlikka va b.). Fanlararo tadqiqotlaming metodologik asosini ijtimoiy gumanitar fanlar obyektining umumiyligi tashkil etadi, ularning predmetlari esa turlichadir. Ijtimoiy gumanitar fanlaming obyekti inson bo‘lib, inson hayotining barcha jihatlari o‘rganiladi. Shuhi bilan birgalikda tadqiqot usullari turlicha ekanligi ham ijtimoiy gumanitar fanlar predmetining o‘ziga xos xususiyatini tashkil etadi.Tadqiqotchilar tomonidan bu masala turlicha yoritiladi. Masalan, T.Shider ta’kidlashicha, ijtimoiy fanlar usullariga ilmiy tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash uchun insonlarni jalb qilishning barcha shakllari kiritiladi. Bu - intervyu, so‘rovnoma, ijtimoiy jarayonlami kuzatishning barcha turlari. Tarixchi “ikkilamchi tahlil” bilan shug‘ullanadi, chunki u ishlatayotgan barcha ma’lumotlar oldingi voqealar “qoldig‘i” hisoblanadi. T.Papadopulos qayd etishicha, tarix diaxron tahlil - sintez va tarixiy jarayonlarni tushuntirish, ijtimoiy fanlar esa - sinxron tahlil, analiz funksional va vaqtga taalluqli bo‘lmagan munosabatlar tahlil usulidan foydalanadi. Shu sababli yangi va eng yangi davrda tarixiy bilim boshqa ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlandi. Buning asosiy sababi “ruh” va jamiyat haqidagi fanlaming ixtisoslashishi bilan bog‘liq edi. IX asrda va XIX - XX asr chegrasida bir qator mustaqil fanlar (sotsiologiya, psixologiya, jumladan, tarix va ijtimoiy psixologiya, antropologiya) vujudga keldi, ular jamiyatni, kishilar guruhini va insonlarni maxsus yondashuv hamda usullarni qo‘llagan holda o‘rgana olishlarini isbotlab berdi. Mazkur fanlar tadqiqotlarining natijalari tarixchilarga kishilarning ijtimoiy, etnik jamoalar a’zolari, ma’lum bir psixologiya va tasavvurlaming ifodalovchisi sifatida chuqurroq o‘rganish imkoniyatini tug‘dirdi. I.M.Saveleva va A.V.Poletayevlaming ta’kidlashlaricha, “ijtimoiy va gumanitar fanlar bilan doimiy va davomli aloqalar tarix fani uchun yopiq bo‘lgan zonalarga kirib borishga, yangi usullardan foydalanishga, tarixiy material bilan tajriba o‘tkazish imkonini kengaytirdi. Bunday sintez natijasida tarix fani o‘z davriga munosib ravishda davrining asosiy ilmiyparadigmalarini aks ettiradi”36. Bunday fanlararo paradigmalar sifatida strukturalizm, poststrukturalizm, postmodemizm va boshqalami ko‘rsatishimiz mumkin. “Bilish - bu jarayon, shuning uchun fan taraqqiyotining har bir bosqichi o‘ziga xos ratsionallik, yondashuv va dunyoni his etish bilan tavsiflanadi, ular esa dunyoning ko‘p qirrali hamda ko‘p funksiyaligini yaxlitlikda anglashga imkon yaratadilar”37. Fanlararo yondashuv ham XIX asrda paydo bo‘lib, tarix fanining tadqiqot usullarini doimiy ravishda boyitish ehtiyojidan kelib chiqdi. Ayniqsa, annallar maktabi doirasida fanlararo dialog amaliyoti faol ravishda rivojlandi. Ammo XX asming ikkinchi yarmidan boshlab fanlararo hamkorlik masshtablari va “hamkor” fanlar tanlovi o‘zgaradi38. M.Krom ta’kidlashicha, XX asr o‘rtalarigacha faqat alohida bir tarixchilar “polidissiplinar” yondashuvni qo‘llagan bo‘lsa, urushdan keyingi davrda bunday yondashuv ommaviy xarakterga ega bo‘ladi, asta-sekin jiddiy tarixiy tadqiqotlaming “qoida”siga (paradigma) aylandi. Bundan tashqari, XX asming birinchi yarmida tarixchilar geografiya, sotsiologiya, iqtisodiyot, psixologiya fanlarining yutuqlari va usullaridan foydalangan bo‘lsa, XX asming 60-80-yillarida fanlararo hamkorlikda antropologiya, demografiya va lingvistikaga ustunlik beriladi. Shunday qilib, bir qator sabablarga ko‘ra zamonaviy tarixshunoslikda tadqiqot usullari muammosi yanada dolzarb hisoblanadi: tarix fani an’anaviy tadqiqot “maydon”larini kengaytirish, tarixiy jarayonlaming xilma-xilligi va murakkabligi; turli fanlar va ular qo‘llaydigan usullaming o‘rtasidagi chegaralaming yo‘qolib borishi; gumanitar fanlar rivojlanishida “lingvistik burilish” va uning laripxiy manbalar ramziy ma’noga ega ekanligini ko‘rsatishi, “shifrlangan yozuv”laming mazmunini anglash uchun zamonaviy usullardan, avvalo, semiotika va lingvistikadan foydalanish ehtiyoji; tarixiy-antropologik tadqiqotlar obyekti murakkabligi - o‘tmish kishisining ongi bilan sug‘orilgan, har qanday tarixiy voqelikning “ko‘p qavatli” ekanligi bir qator gumanitar, ijtimoiy va tabiiy fanlar metodologik yondashuvida sintezni, fanlararo usullami qo‘llashni talab qilishi. 0‘zaro yaqin ijtimoiy va gumanitar fanlar, shuningdek, tabiiy fanlar nafaqat o‘tmishni tarixiy talqin qilish yo‘llariga, balki uning vositalariga, nvvalo ilmiy usullariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ulami qo‘llashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: tarixiy tadqiqotlarda qo‘llanadigan yondashuvlar va usullami tanlash XXI asr boshlarida shakllangan zamonaviy intellektual sharoit talablariga va bilimlar yangi paradigmasiga javob berishi lozim; mazkur konsepsiyalar, xulosalar va usullar nazariy hamda epistemologik jihatdan bir-biriga zid bo‘lmasligi lozim; shu bilan birga ular ladqiqot obyektini har xil nuqtayi nazardan, turli tomonlardan o‘rganish imkoniyatini berishi lozim; tarixiy-antropologik tadqiqotlar keng qamrovli va turli manbaviy asosga ega bo‘lishi; tarixiy tadqiqotlarga o‘zaro yaqin fanlar usullarini “to‘g‘ridanto‘g‘ri” ko‘chirmasdan, ulami qo‘llashda ijodiy yondashish zarur, tarixiy tadqiqotning maqsadi va mantiqiga mos kelishi zarur shunday qilib, har bir aniq holatda tarixchi o‘z tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda ijtimoiy va gumanitar fanlardan qaysi konsepsiya, atama va usullami olishini aniqlab olishi kerak. “Fan rivojining tadqiqi shuni ko‘rsatadiki, farming har bir davri uchun o‘ziga xos uslub, yondashuv, nazariyalar shakllanadi. Fan rivoji bilan insoniyatning obyektiv dunyo to‘g‘risidagi tushunchalari, bilimlari boyitiladi. Dunyo manzarasi ham, yondashuv paradigmasi ham o‘zgaradi”40. Shuningdek, tarixchi tadqiqot usullarini tanlashda tadqiqot uchun foydalanayotgan manbalarning xususiyatlarini inobatga olishi kerak. Download 22.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling