2-mavzu. Matematika va informatika o‘qitish ilmiy usullari matematika va informatika oq’itish metodikasi Reja


Download 99.7 Kb.
bet5/6
Sana15.06.2023
Hajmi99.7 Kb.
#1481636
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu Matematika va informatika, uni o‘qitish ilmiy usullari

Konkretlashtirish

O’qitishning dastlabki bosqichlaridagi qo’llani-ladi. U o’rganilayotgan obyektning bir tarafi bir yoqlama o’rganiladi va bu o’rganish uning boshqa tomonlariga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladi. U ko’rgazmali ko’rinishda yoki abstrakt qoidaga misol sifatida qo’llanilishi mumkin.

Masalan, rasional sonlarni qo’shishning o’rin almashtirish yoki guruhlash qonunlari konkret misollarni qarash asosida keltirib chiqarilishi mumkin. Yoki birorta formulani o’rganishda bu formulani qo’llab hisoblashlarning konkret hollari

Induksiya

Qadimgi grek olimi Sokrat (eramizgacha 469-399 yillar) nomi bilan bog’liq. Induksiya – yo’naltirish, uyg’otish

Ko’rinishlari 1) ikki yoki bir nechta birlik yoki xususiy hukmlardan yangi umumiy hukm xulosa chiqariladi;

2) tadqiqot usuli bo’lib, obyektlar to’plami barchasiga tegishli xossalar ba’zi alohida olingan obyektlarda o’rganiladi;

3) materialni bayon qilish usuli bo’lib o’qitishda unchalik umumiy bo’lmagan qoidalardan umumiy qoidalar( xulosa va natijalar)ga kelinadi.

Misollar: birlik hukmlar: aylana, ellips va boshqa chiziqlar to’g’ri chiziq bilan ikkitadan ko’p bo’lmagan nuqtada kesishadi. Xususiy xukmlar: ellips, giperbola va hokazo konik kesimlar turlari bo’lib, ikkinchi tartibli egri chiziqlar to’g’ri chiziq bilan ikkitadan ortiq bo’lmagan nuqtada kesishadi.

To’liq bo’lmagan va to’liq induksiya

To’liq bo’lmagan induksiyada berilgan vaziyatga taaluqli barcha xususiy hollar qarab chiqilmaydi. Masalan, 5+2=2+5 tenglikdan a+b=b+a yoki arifmetik progressiya n-chi hadi formulasini keltirib chiqarish, bunda faraz keltirib chiqariladi, isbot esa deduktiv yo’l bilan amalga oshiriladi.

To’liq induksiya berilgan vaziyatga taaluqli barcha birlik va xususiy xukmlarni qarashga asoslangan xulosa chiqarishga tayanadi. Masalan, birinchi 10 ta son orasidagi tub sonlar sonini aniqlash uchun barcha sonlarni qarab chiqish mumkin..

Deduksiya


Download 99.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling