Analitik usulda isbotlanayotgan mulohazadan mantiqiy asoslangan qadamlar bilan haqiqat sifatida ma’lum mulohaza keltirib chiqariladi. Sintetik usulda shunday haqiqat mulohaza izlanadiki, ulardan mantiqiy asoslangan qadamlar bilan berilgan muloxazani keltirib chiqarish mumkin bo’lsin. Umumlashtirish Obyektlar to’plamiga tegishli va bu obyektlarni birlashtiruvchi birorta xossa fikran ajratiladi. Arifmetik progressiya n-hadi formulasini o’rganish uning berilgan birinchi hadi va ayirmasiga ko’ra turli hadlarni topishga doir konkret misollar asosida qaraladi va umumiy formula keltirib chiqariladi. - obyekt biror o’zgarmasni o’zgaruvchi bilan almashtirish( uchburchakni ko’pburchak bilan);
- o’rganilayotgan obyektga qo’yilgan cheklashni olib tashlash( masalan, birinchi chorakdagi burchakni ixtiyoriy burchak bilan) usullari qo’llaniladi.
Maxsuslashtirish O’rganilayotgan obyekt xossalari to’plamidan birorta xossa fikran ajratishdan iborat.R Romblar to’uplamidan teng diagonalli romblarni ajratib kvadratlar to’lpamini hosil qilamiz. Berilgan to’plamdan bunda yotuvchi to’plamga qarashga o’tishdan iborat. Musbat kasr sonlar to’plamini qarashdan natural sonlar to’plamini qarashga o’tish maxsuslashtirishdan iborat.Bunda o’zgaruvchi miqdorni o’zgarmas bilan almashtirish yoki o’rganish obyektiga cheklashni kiritishni (uchburchak–teng yonli uchburchak) maxsuslashtirish deb hisoblanadi. Abstraksiya O’rganilayotgan obyekt ba’zi muhim bo’lmagan xossalariga fikran e’tibor bermasdan xossani tadqiq etish uchun muhim xossa ajratib qaraladi. Shakllari:1)predmetni hissiy bilish bo’lib, bunda predmetning bir xossasiga qaramasdan boshqa uning xossalarini ajratishdir. Geometrik jism sifatida qarab predmetning shakli, o’lchovlari, tekislikda yoki fazodagi vaziyatiga qaraladi. 2) abstraksiya hissiy bilishdan umuman olganda kelib chiqadi. Uchburchakning turli burchaklar bo’yicha sinflashda abstraktlashtirib uchburchakning turlicha tomonga egaligi xossasiga e’tibor bermay, abstrakt uchburchak tushunchasi bilan ish ko’riladi. .
Do'stlaringiz bilan baham: |