X (iks) nazariyasiga ko`ra, namunaviy yollanma ishga – tabiatdan yalqov bo`lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo`yin tovlashga o`rinadi, unda izzattalablik , ma`suliyati sezish, fahm-farosat etishmaydi. Bunday holatda hodimni doimo majburlash , nazorat qilish, jazolash va jarima solish qo`rqitib turish zarur. Y (igrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshiyo: yollanma ishchilar tabiatdan faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o`z zimmasiga ma`suliyat olish salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi kishilar o`z maqsad va manfaatlariga g`oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat bo`lgan. Kompaniyanig siyosati va istiqboli esa hodimlarning hulq-atvoriga asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluvchi ishchi rag`batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |