Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarining mehnati unumdorligini oshirishda g`oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko`p yillar davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul G.Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga erishdi. Uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz-konveyner usulida tashkil etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, unumdorlikni keskin oshirishga erishdilar. 1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mehnatni tashkil qilish va uni boshqarishda qo`llanilayotgan texnologik usulning takomillashtirishini taqozo etdi Fan texnika taraqqiyoti yangi texnologiyalarning kirib kelishini jadallashtiradi. Endi ishchi kuchiga bo`lgan munosabat tubdan o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |