2.6. O`rta Osiyada menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari. O`rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy printsiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko`rinishda mavjud bo`lgan. Ammo ular amir Temur hukmronligi davrida kelib ma`lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari yorqin misol bo`la oladi. “Temur tuzuklari ” jahonga mashhur asardir. Uning qo`lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamalakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston,O`zbekiston va b.) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |