2-mavzu. Mif, afsona, rivoyatlarning janr xususiyatlari Reja


Download 27.65 Kb.
bet2/5
Sana15.11.2023
Hajmi27.65 Kb.
#1773747
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mif, afsona, rivoyat, naql

2.Miflarning turlari.
Dunyo xalqlari miflarini folklorshunoslik quyidagi ko‘rinishlarda tasnif etadi:
1) Ibtido haqidagi miflar (olamning yaratilishi va yerdagi hayotning paydo bo‘lishi haqidagi miflar); 2) Samoviy miflar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo bo‘lishi haqidagi miflar); 3) antropogenik miflar (g‘ayrioddiy xislatlarga ega bo‘lgan afsonaviy peronajlar haqidagi miflar – masalan, Gerakl, Gelgamish, Doroko‘z, Ozitqi, Albasti, Alanqasar, Hubbi haqidagi miflar); 4) kult miflar (muayyan e’tiqodiy ishonchlar bilan bog‘liq miflar, masalan hosildorlik kulti, suv kulti, o‘simlik kulti, olov kulti haqidagi miflar); 5) totemistik miflar (totem-ajdod haqidagi qadimgi tasavvurlar asosida kelib chiqqan miflar); 6) kalendar miflar (yil, oy, kun hisobi bilan bog‘liq miflar – masalan: Ayamajuz, ahman-dahman, chilla, to‘qson hisobi,bilan bog‘liq miflar); 7) o‘lib-tiriluvchi tabiat kultlari haqidagi miflar (“Go‘ro‘g‘li” dostoni, Go‘ro‘g‘li, Rayhon poshsho, Hiloloy, Zaydinoy obrazlari asosida turuvchi miflar); 8) animistik miflar(jon haqidagi tabiatdagi barcha narsalarning, butun borliqning joni haqidagi tasavvurlar ifoda topgan miflar); 9) manistik miflar (ajdodlar homiyligi haqidagi miflar); dualistik miflar (ezgulik va yovuzlik kuchlari o‘rtasidagi kurash haqidagi asotiriy qarashlarni o‘zida aks ettiriuvchi miflar); 11esxatologik miflar (olamning intihosi, oxir zamon to‘g‘risidagi miflar)
O‘rta Osiyoda yashaydigan xalqlarning o‘tmish hayoti bilan bog‘liq miflarning dastlabki namunalari “Avesto” kitobida berilgan. “Avesto” qadimgi Xorazmda yashagan ajdodlarimiz ijodi mahsulidir. Avval og‘zaki tarzda vujudga kelgan asar yozuv madaniyati shakllangandan so‘ng Zardusht tashabbusi bilan 12 000 qora mol terisiga oltin harflar bilan bitildi. XI asrdagi afsonalar qayd etilgan “Kitobi Dada Qo‘rqut” va XIII asrda yashagan O‘g‘uz qog‘on haqidagi “O‘g‘uznoma” deb atalgan kitoblarda (ulardagi voqealar, afsonalar matnining ancha avval yaratilganini bildirsa ham ilmiy asarlarda XI va XIII asrlar qayd etilgan) turkiy qabila va urug‘lar tarixi haqidagi mifik tasavvur ifodalari o‘rin olgan.
“Avesto” kitobida ezgulik olamini yaratuvchi Axura Mazda bilan yomonlik olami xudosi Angra Manyu (Ahriman) qarama-qarshi qo‘yilgan. Ular o‘rtasidagi munosabatni tasvirlash davomida Mitra, Anaxita, Kayumars, Jamshid, Gershasp kabi qahramonlar ishtirok etgan voqealar bayon etiladi.
Turkiy xalqlar mifik dunyosi aks etgan tarixiy-adabiy kitoblardan biri “Kitobi Dada Qo‘rqut” hisoblanadi. Qo‘rqut ota ismi bilan ham mashhur bo‘lgan Dada Qo‘rqut o‘z vaqtida odamlarga yaxshilik qilish, mushkullarini osonlashtirishda ko‘makdosh bo‘lgan. Kelgusi hayot haqida bashorat qiluvchi, Alloh nazar solgan tabarruk insonlardan biri sifatida hurmat topgan.
Turkiy mifologiyaga oid voqea-hodisalar tasvirlangan yana bir kitob “O‘g‘uznoma” deb ataladi. “O‘g‘uznoma”da voqealar bayoni qisqa-qisqa jumlalar vositasida berilgan. Jami 42 maktubni eslatuvchi matnning har birida to‘qqiztadan jumla bor. Har bir jumla ifodalanayotgan voqea haqida muhim ma’lumot berish vazifasini bajargan. O‘g‘uz ismli qahramon bo‘lib, nomada tasvirlanishicha, oyog‘i ho‘kiznikidek baquvvat, beli bo‘rinikidek ingichka, yag‘rini silovsinnikidek, ko‘kragi ayiqnikidek keng edi.
“O‘g‘uznoma”da turkiy xalqlar mifik dunyoqarashidagi bo‘ri, ot, ayiq totemlari, kun, oy, yulduz, ko‘k, tog‘, dengiz, yoy, o‘q fetishlari muhim o‘rin olgan. Nomada Ko‘k bo‘ri O‘g‘uzxonga bir necha marta yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, uni xavfdan ogoh qiladi, unga g‘alaba xabarini beradi. Bu bilan animizm belgilarining “O‘g‘uznoma”da yetakchi ekanini dalillash mumkin.
Xullas, o‘zbek mifik olamini alohida bir sirli olamga qiyoslash mumkin. Unda xalqimiz, yurtimiz, tariximiz o‘zining mukammal ramziy qiyofasini namoyon etadi. Ayni choqda o‘zbek xalqining qadim zamonlardan boy og‘zaki ijodga va mifik asarlarga ega boy xalq ekanini isbotlaydi.
Xalq og‘zaki ijodi janrlari har bir fan, sohaning muhim nazariy masalalari bo‘ladi. Badiiy adabiyotni o‘rganuvchi fan adabiyotshunoslik deb ataladi. Xalq og‘zaki poetik ijodini o‘rganish sohasini folklorshunoslik deymiz. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik tarkibidagi mustaqil fan hisoblansa-da, o‘rganish ob’ekti badiiy adabiyot bo‘lgani sabab bir qator umumiy va mushtarak jihatlar bor. Xususan, janrlar masalasi adabiyotshunoslik uchun ham, folklorshunoslik uchun ham muhim hisoblanadi. Faqat adabiyotshunoslikda yozma adabiyot vakillari qalamiga mansub g‘azal, ruboiy, doston, noma kabi (mumtoz adabiyot); she’r, hikoya, roman, drama kabilar (zamonaviy adabiyot) ning janr xususiyalari o‘rganiladi. Folklorshunoslikda esa xalq og‘zaki adabiyotidagi maqol, qo‘shiq, ertak, doston kabi janrlarning o‘ziga xoslik tomonlari tadqiq etiladi. Ammo qaysi shaklda yaratilgan adabiyot ekanidan qat’i nazar har bir yo‘nalishdagi yutuqlar va kashfiyotlar adabiyotshunoslik ilmi taraqqiyotiga qo‘shilgan hissa sifatida baholanaveradi.

Download 27.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling