2-Mavzu: Milliy iqtisodiyot jаrаyonlаrni bаholаshdа mаkroyondаshuv
Download 40.61 Kb.
|
2-Mavzu Milliy iqtisodiyot jаrаyonlаrni bаholаshdа mаkroyondаshuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirish natijasida hosil bo’lgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyotning asosiy funktsional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgan makroiqtisodiy tahlilyordamida aniqlanadi.
Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob‘ektiv ravishda aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iboratdir. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 1. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning holati va harakatini ob‘ektiv aks ettiruvchi statistik (holat, vaziyat) ma‘lumotlarning mavjudligi; 2. Mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv; 3. Iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob‘ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash; 4. Makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisoiyotini ob‘ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish; 5. Ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromalari va iste‘mol darajasini o’stirishga yo’naltirish; 6. Aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o’sishining yagona manbai bo’lib mamlkatning barcha aholisining ish joylari hamda aromadlarning oshishi bilan ta‘minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqarorva samarali o’sishi ekanligini tushunish. Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar – yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik, inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko’rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko’rsatish sohalaridagi barcha xo’jaliklar iqtisodiy faoliyatlarining umumiy va pirovard natijalarini qarab oladi. Ko’pgina maroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho beriladi va ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o’sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi, ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Mazkur bobdan boshlab iqtisodiy munosabatlar makroiqtisodiy darajada tahlil qilinadi. Dastlab milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga tavsif beriladi. Milliy ishlab chiqarishning natijasi hisoblangan ijtimoiy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, ularning harakat shakllari va tarkibiy qismlarining iqtisodiy mazmuni yoritiladi. Milliy hisoblar tizimi hamda uning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari bayon etiladi. Hammaga ma’lumki, o‘tmishda O‘zbekiston iqtisodiyoti sobiq sovet ittifoqi iqtisodiyotining tarkibiy qismi hisoblanib, uni mustaqil milliy iqtisodiyot deb bo‘lmas edi. Bizga bir yoqlama rivojlangan paxta yakkahokimligiga, xom ashyo ishlab chiqarishga va boy mineral xom ashyo resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan, yonilg‘i, g‘alla va boshqa ko‘pgina ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlarining ta’minlanishi bo‘yicha markazga qaram bo‘lgan iqtisodiyot meros bo‘lib qolgan edi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov qisqa qilib aytganlaridek, «O‘zbekiston bir yoqlama iqtisodiyotga – markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo‘lgan»1 mamlakat edi. 1991 yil sentyabridan buyon o‘tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom ashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o‘z xalqimiz va uning kelajagi manfaatlari yo‘lida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldik.68 Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko‘plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg‘i va g‘alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, izchil o‘sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir. Shunday qilib, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan yangi, mustaqil rivojlanayotgan, o‘z xalqi, millati manfaatlariga xizmat qiladigan milliy iqtisodiyot shakllanib bormoqda. Milliy iqtisodiyot ko‘plab o‘zaro bog‘liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo‘lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o‘rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi. Download 40.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling