2-Mavzu: Milliy iqtisodiyot jаrаyonlаrni bаholаshdа mаkroyondаshuv


Download 40.61 Kb.
bet14/15
Sana25.06.2023
Hajmi40.61 Kb.
#1654602
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-Mavzu Milliy iqtisodiyot jаrаyonlаrni bаholаshdа mаkroyondаshuv

sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Jahon amaliyotida u yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichiga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Gap shundaki, yalpi milliy mahsulot iqtisodiy farovonlik darajasini to‘liq aks ettira olmaydi. Bu quyidagi sabablar bilan izohlanadi: birinchidan, yalpi milliy mahsulot alohida kishilarning farovonligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan bir qator unsurlarni (masalan, amortizatsiya ajratmasini) o‘z ichiga oladi; ikkinchidan, bu ko‘rsatkich farovonlik darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi va uni belgilab beruvchi bir qator unsurlarni o‘z ichiga olmaydi. Farovonlik darajasiga yalpi milliy mahsulot tarkibida hisobga olinmaydigan unsurlar, jumladan, hordiq chiqarish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish kabilar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Aytaylik, insonning daromadi oshib borishi bilan u kamroq ishlashga va bo‘sh vaqtidan ko‘proq jismoniy qoniqish olishga harakat qiladi. Bunday holda yalpi milliy mahsulot hajmi kamaysa farovonlik darajasi oshadi. Shunga ko‘ra, bo‘sh vaqtdan sermazmun foydalanishdan olinuvchi jismoniy qoniqishni hisobga olish uchun yalpi milliy mahsulotga ijobiy tuzatish kiritish kerak bo‘ladi. Buning natijasida sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi. Biroq, iqtisodiy farovonlik darajasiga bo‘lgan bunday bilvosita ta’sirni miqdoran hisobga olish juda mushkul hisoblanadi.
Agar bo‘sh vaqt iqtisodiy farovonlik darajasiga bilvosita ta’sir ko‘rsatsa, xufyona iqtisodiyot iqtisodiy farovonlik darajasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita belgilab beradi, biroq bu yalpi milliy mahsulot ko‘rsatkichida miqdoran o‘z ifodasini topmaydi. Shu o‘rinda nazarda tutish lozimki, xufyona iqtisodiyotning barcha jabhasi ham iqtisodiy farovonlik darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu o‘rinda xufyona iqtisodiyotni quyidagicha ta’riflash mumkin: bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, Ya’ni davlat boshqaruv organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga qo‘yidagilar kiradi:
1) 
Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling