5-mavzu. Ishbilarmonlik etiketining asosiy elementlari.(Odobi, kiyinish kodi). Reja


Download 76.96 Kb.
bet1/11
Sana20.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1632293
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
maruza 5


5-MAVZU. ISHBILARMONLIK ETIKETINING ASOSIY ELEMENTLARI.(ODOBI, KIYINISH KODI).
Reja:

  1. Ishbilarmonlar etiketi.

  2. Bizness olamida o’zini tutishning asosiy tamoyillari.

  3. Erkaklar va ayollar uchun zamonaviylik, qaddi qomatni tutish va chiroyli yurish, jamoat joylarida o’zini tutish me’yorlari.

  4. Ish kiyimlariga qo’yiladigan umumiy talablar.

  5. Ishbilarmon mutaxasis– rahbar xodimlarining kiyimlari va kiyinishiga qo’yiladigan talablar

Tayanch tushunchalar:
Biznesmen, rahbarlik lavozimi, majlis, yig‘ilish, ishlab chiqarish munosabati, da’vo, biznesmen etiketi, chet el, taqdimot, qabul, faks, ish telefoni, uyali telefon, uchrashish vaqti, tanqid, pul muomalasi, qarz olish, qarz berish, qarzni qaytarish, mashina. Kiyinish madaniyati, garmoniya, gardirob, aksessuar, did, hushomadlar.
 Ishbilarmonlar etiketi
Biznes iqtisodiy axloqiy asosga tayanadi. Kommersiyadagi tadbir biznesda etiket nihoyatda muhim ahamiyatga ega, modomiki, u kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikning davomiyligini va tuzilgan bitimning omadliligini belgilab beradi. Tadbirkorlikning umumqabul qilingan qoidalarni buzish mumkin emas. Ishdagi qaltislik qonunni hatlab o‘tishdagi qaltislik bilan hech qanday aloqasi yo‘q.
Muvaffaqiyatli tadbirkorlikning asosiy muruvvati – tajriba natijalaridir: olingan daromadlar, kasbiy qoniqish, jamiyatda, sheriklar oldida ijobiy nufuzga ega bo‘lish, firma yoki tashkilotning mustahkamlash uchun pul jamg‘armasini yaratish. Tadbirkorlardagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlikka ega emaslik, tezda pul topish ilinjida savodsiz intilishlar, pullarga noto‘g‘ri munosabat, firmaning raqobatbardoshligini oshirish va mustahkamlash uchun firmaning daromadidan foydalanishning muhimligini anglamaslikda namoyon bo‘lishi mumkin.
Bular marketing ma’lumoti hajmining juda kamligi; firmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning, sheriklarni topishdagi informatsion mexanizmlarning yo‘qligi; muvaffaqiyatsiz reklama; iste’molchi va haridor talablari borasidagi ma’lumotlar to‘plamiga ega bo‘lmaslik; rivojlanmagan ish munosabatlarining texnologiyasi; ish bayonnomasi, savdo muomalasi odobiga rioya qilmaslik; sheriklarning milliy va hududiy ruhiyatining xususiyati borasida mo‘rt nishonga ega bo‘lish; atamalar va til masalasida qiyinchiliklar; chet tillarini bilmaslik; biznes, menedjment, marketing, kommersiya, bank ishlari doirasida aniq tushunchalar asosiga ega bo‘lmaslik; hujjatlarni rasmiylashtirishdagi qiyinchiliklar; mutaxassislar va tadbirkorlar qo‘llaydigan ilmiy - texnik atamalarning eskirganligidir.
Hayot fazosi bo‘lmish bozor taraqqiyotini o‘zlashtirar ekanlar, tadbirkorlar bir narsani bilishlari lozim: bozor tuzilmasiga kirishga intiq bo‘lgan tadbirkorlardan faqat 10-15%igina muvaffaqiyatga erishadilar.
Muvafaqqiyatga faqat o‘zining ijodiy jihatdan iste’dodini ifodalash hissi kuchli bo‘lgan, doimo odamlarni, ularning ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganadigan, odamlarning ishonchini qozonishga intiladigan, vijdonli va axloqli, tinimsiz ma’naviy hamda kasbiy komillikni o‘zida namuna sifatida ko‘rsatadigan, va oxir-oqibat, boshqaruv mahoratining yuqori ko‘rsatkichi bo‘lmish – odamlardagi intellektual faoliyatni ocha biladigan odamlargina erishadilar. Bu haqiqiy tadbirkorning xususiyatlaridir.
Oxirgi yillarda ko‘pgina tashkilot va muassasalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi bozorga chiqish huquqiga ega bo‘ldilar, savdo, iqtisodiy va ishlab chiqarishda turli mamlakatlarning firma va tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishga yangi imkoniyatlar ochildi, shu bilan birga ilmiy izlanishlar doirasida, tadqiqotlar va texnologiya almashinuvi, professional kadrlarni tayyorlashda keng aloqalar yaratildi. Mamlakatlarning ba’zi milliy va ruhiy xususiyatlarini bilish tadbirkorlarga har bir erda uning qonunlariga mos tarzda o‘zini tutishiga yordam beradi va eng asosiysi – nazarda tutilgan tashkilotda muvaffaqiyat qozonadi.
 Biznes olamida o‘zini tutishning 5 ta asosiy prinsiplari mavjud.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling