5-mavzu. Ishbilarmonlik etiketining asosiy elementlari.(Odobi, kiyinish kodi). Reja


Biznesmen to‘g‘risidagi birinchi tasavvur qanday bo‘lsa, uni ishi shunday ketadi


Download 76.96 Kb.
bet6/11
Sana20.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1632293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
maruza 5

Biznesmen to‘g‘risidagi birinchi tasavvur qanday bo‘lsa, uni ishi shunday ketadi:

  • ijobiy bo‘lsa - samarali,

  • salbiy bo‘lsa - samarasiz,

CHunki har qanday biznesmenning imiji o‘zining hamkorlari va suhbatdoshlari fikrida qoldirgan taassurot bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Biznesmenlar to‘g‘risida birinchi tasavvurning shakllanishi uchun atigi 10–15 sekund kifoya qiladi. Agar ana shu vaqt ichida biznesmen o‘zi to‘g‘risida ijobiy tasavvur qoldirgan bo‘lsa, uning imiji shakllanib va boyib boradi va sohibi uchun xizmat qiladi. Ana shu 15 sekund davomida shakllangan salbiy tasavvurni ijobiyga aylantirish uchun bir umr ham etmasligi mumkin.
Shu boisdan ham ijobiy tasavvur qoldirish uchun amalda qator qoidalarga itoat qilish lozim.
Ular quyidagilardan iborat:
- hamkorlar yoki boshqa suhbatdoshlar bilan birinchi marta uchrashganda aytiladigan so‘zlarning eng kamida 10 – 15 tasi juda ham salmoqli bo‘lishi, ishonchli va ravon talaffuz qilinishi lozim.
Uchrashuvning boshlanishidayoq minnatdorchilik bildirish ham suhbatdosh fikrida yaxshi tasavvur qoldiradi, uning ko‘nglini “yumshatadi” va suhbatni xushmuomalalik bilan olib borishga chorlaydi. Minnatdorchilik ham yaxshi so‘zlar bilan adabiy tilda izhor etilishi lozim.
Minnatdorchilik turli shakllarda bildirilishi mumkin, masalan,

  • “Men bilan uchrashish uchun qimmatli vaqtingizni ajratganingiz uchun sizga katta minnatdorchilik bildiraman”, yoki

  • “Siz bilan uchrashganimdan juda ham xursandman”, yoki hamkor tanish bo‘lsa,

  • “Yana ko‘rishganimdan juda ham xursandman” va hokazo;

Suhbat o‘tkazilayotgan joyda suhbatdosh hamkordan tashqari boshqa kishilar ham bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda siz nafaqat suhbatdoshingizda, boshqa kishilar fikrida ham o‘zingiz to‘g‘risida ijobiy tasavvur qoldirishga harakat qilishingiz kerak.
Suhbatdoshda va boshqalar fikrida yaxshi tasavvur qoldirishning eng samarali usullaridan yana biri ochiq chehra bilan muloqotga tushishdir. Shuning uchun ham salomlashish, hol–ahvol so‘rashda va minnatdorchilik bildirishda suhbatdoshning ko‘ziga qarab, kulib gapirish lozim.
Tabassum bilan salmoqli va ma’noli so‘zlarni tanlab, kulib gapirish biznesmenning dadil va serg‘ayratligidan darak beradi. Agar boshqalar sizning so‘zlaringizni eshitmasa ham chehrangizdagi porlab turgan tabassumga albatta e’tibor berishadi;

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling