5-mavzu. Ishbilarmonlik etiketining asosiy elementlari.(Odobi, kiyinish kodi). Reja


Ofitsiantlar, barmenlar va metrdotellar kasbiy ish kiyimlari


Download 76.96 Kb.
bet10/11
Sana20.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1632293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
maruza 5

Ofitsiantlar, barmenlar va metrdotellar kasbiy ish kiyimlari
Bundan oldin ta’kidlanib o‘tilganidek, ofitsiantlar, barmenlar, metrdotellar va garderobchi xodimlar o‘zlarining xizmat faoliyatlari yuzasidan iste’molchilar bilan bevosita kontaktga tushishadi, chunki ularning xizmat faoliyatlari bevosita iste’molchilar nazorati ostida kechadi. SHu boisdan ham ularning kasbiy ish kiyimlariga o‘ta katta talablar qo‘yiladi. Ushbu bandda ofitsiantlar va metrdotellar kasbiy kiyimlariga qo‘yiladigan halqaro talablar ko‘rib chiqiladi.
Ofitsiantlar orqali aholiga va sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan kafe va restoranlarda ularning razryadiga va mavqiga, dizayniga va boshqa xususiyatlariga to‘g‘ri keladigan xodimlar, shu jumladan ofitsiantlar, metrdotellar va shveysarlar, uchun kasbiy ish kiyimlari bo‘lishlari shart.
Halqaro tajribada ofitsiantlar uchun nafislik va utilitar talablarga javob beradigan kasbiy kiyim shakli va rangi qabul qilingan. Masalan, lyuks va yuqori razryadli kafe va restoranlarga kechki paytlarda ishlaydigan ofitsiantlar uchun jiletkali qora kostyum tavsiya etiladi. Kostyumga qo‘yiladigan talablardan asosiylari shundan iboratki, uning jiyagi (yoqasi) yarqirog‘iroq materialdan, shimi va pidjaklari esa manjetsiz tikilgan bo‘lishi kerak. Jilet ham qalin qora materialdan tikiladi. Bunday kostyum modelli qora tufli, manjetli oq ko‘ylak va qora kapalak (babochka) bilan kiyilib, xizmat qilinadi.
YUqorida ko‘rsatilgan kafe va restoranlarda kunduzgi ishlaydigan ofitsiantlar uchun qalin materialdan tikilgan oq kurtka (kamzul) tavsiya etiladi. YOz vaqtlarida ham xuddi shunday kiyim shaklidan foydalaniladi. Lekin uning shakli ancha ixchamlashtirilgan bo‘lib, qora pidjak va jilet o‘rniga ixcham va ochiq rangli kurtka kiyiladi.
Rasmiy qabullarda, banket va xizmat ko‘rsatishning boshqa maxsus turlarida, agar mehmonlarning oq babochkali smokingda kelishlari kutiladigan bo‘lsa, ofitsiant mehmonlarga qora babochka (kapalak) taqib xizmat qilishi lozim. Mehmonlarning qora babochka taqib kelishlari kutilganda esa ofitsiantlar oq babochka (kapalak) taqib xizmat qilishlari kerak. Oq babochka (kapalak) bilan xizmat qilishda oq qo‘lqop kiyib xizmat qilish tavsiya etiladi.
Ofitsiant kiyimining komplektida toza va dazmollangan oq sochiq va tufli, oson yurishi uchun past poshnali, bo‘lishi shart.
Metrdotel va administratorlarning (zal boshliqlarining) kasbiy ish kiyimlari ham yuqorida ko‘rsatilgan umumiy qoidalarning aksariyatiga javob berishi shart. Ularning kiyimlari kostyumdan va kostyum rangiga mos keladigan hamda bugungi kun talablariga javob beradigan galstuk va tuflidan iborat bo‘ladi. Ular kostyumi ofitsiant kostyumidan o‘zining rangi bilan farq qiladi, chunki zal administratorlari va metrdotellar kostyumining rangi ovqatlanish zali dizayni bilan uyg‘unlashtiriladi.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling