5-mavzu. Ishbilarmonlik etiketining asosiy elementlari.(Odobi, kiyinish kodi). Reja


Imij tushunchasi lotincha “imago” so‘zidan olingan bo‘lib, tom ma’noda timsol va o‘xshash degan ma’noni beradi


Download 76.96 Kb.
bet5/11
Sana20.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1632293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
maruza 5

Imij tushunchasi lotincha “imago” so‘zidan olingan bo‘lib, tom ma’noda timsol va o‘xshash degan ma’noni beradi.
Keng ma’noda esa qandaydir shaxs, firma, tovar mahsuloti to‘g‘risida jamoat ongida shakllangan tasavvur, qiyofa yoki timsol tushuniladi. Tasavvur, qiyofa, timsol yoki siymo (bundan keyin taassurot yoki tasavvur deyiladi) umumiy ibora bo‘lib, biznesmenlarning

  • tashqi qiyofasi,

  • kiyimi va kiyinishi,

  • tozaligi,

  • yurish–turishi,

  • hatti–harakati,

  • muloqot qilish

  • va har xil vaziyatlarda etiket qoidalari bo‘yicha o‘zini tuta olish kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.

SHuning uchun ham biznesmenlar, umuman odamlar, to‘g‘risidagi umumiy tasavvur ularning hamkorlar va boshqa suhbatdoshlar bilan muloqotga tushish, tashqi qiyofasini, kiyinishini, maxsus tadbirlarda, jamoat joylarida, ko‘chada va uyda yurish–turishlarini hamda hatti–harakatlarini kuzatish natijasida shakllanadi.
Biznesmen to‘g‘risidagi shakllangan umumiy tasavvurning to‘planib va jamoat ongida o‘rnab qolishida ommaviy axborot vositalari, tanish–bilishlari hamda biznesmen faoliyati va korxonasi to‘g‘risidagi reklama katta ahamiyatga ega. Ijobiy tasavvurning shakllanishida biznesmenning tashqi qiyofasi va kiyinish tarzi katta rol uynaydi. Shu sababli ham biznesmenning tashqi qiyofasini shakllantirish, yuz–ko‘z tuzilishiga qarab kiyimlari rangini, bichilishini va tikilishini tanlash hamda uni kiyish masalalari bo‘yicha maxsus mutaxassislar shug‘ullanadi. Ular imijmeykerlar deb ataladi.
Imijmeykerlar deganda davlat arboblari, siyosatchilar, artistlar, biznesmenlar kabi kishilarning reklamasi bilan shug‘ullanadigan, obro‘sini oshirish, shuhratini mustahkamlash uchun samarali imij strategiyasini, taktika va texnologiyasini ishlab chiqaradigan mutaxassis kishilar tushuniladi.
Ijobiy taassurot qoldirish yo‘llari. Biznes bilan shug‘ullanadigan va shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishilar uchun hamkorlari, suhbatdoshlari va halq fikrida ijobiy tasavvur qoldirish juda ham katta ahamiyatga ega.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling