5-mavzu. Ishbilarmonlik etiketining asosiy elementlari.(Odobi, kiyinish kodi). Reja
Saqich chaynash odamlar o‘rtasida eng keng tarqalgan salbiy odatlardan biri hisoblanadi
Download 76.96 Kb.
|
maruza 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqaro etiket qoidalariga ko‘ra biznesmenlar suhbat davrida o‘z qo‘llarini stol ostida ushlashlari kerak.
- Ish kiyimlariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Saqich chaynash odamlar o‘rtasida eng keng tarqalgan salbiy odatlardan biri hisoblanadi. Afsuski, bunday odat bugungi kunda ko‘pchilik biznesmenlarga ham xos. Lekin saqich chaynamang deb aytish mumkin emas. Faqat shuni hisobga olish kerakki, ish va suhbat davrida saqich chaynash xalqaro tajribada malaka va madaniyat pastligining belgisi deb qaraladi. Saqich chaynamasdan tura olmaydigan kishilar ishdan keyin ertalabgacha chaynayverish mumkin.
Xalqaro etiket qoidalariga ko‘ra biznesmenlar suhbat davrida o‘z qo‘llarini stol ostida ushlashlari kerak. Lekin ko‘pchiligimizda shunday odat shakllanganki, qo‘llarimizni stol tagida emas, cho‘ntakda ushlaymiz. Angliyada etiket sohasida olib borilgan tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatganki, qo‘li cho‘ntagida bo‘lgan kishilar to‘g‘risida faqat quyidagicha salbiy natija olingan: bunday odamlar hamma gaplarni aytmaydigan yoki pastkash insonlar deb hisoblanadi. Eng yaxshisi, qo‘lni stol tagida yoki ustida ochiq saqlagan yaxshi. Birinchi uchrashuv va tanishuvlarda boshqalarga teginishning yagona shakli qo‘l berib ko‘rishish hisoblanadi. Boshqa vaziyatlarda teginish (qo‘l bilan elkalariga qoqib qo‘yish, tirsak bilan urish, chimchilash, umuman qo‘l bilan teginish) o‘ta madaniyatsizlik va shilqimlik belgisi deb qaraladi. Eng yaxshisi, bunday odatlarni esdan chiqarish kerak. Ish kiyimlariga qo‘yiladigan umumiy talablar Kasbiy ish kiyimlarining ko‘rsatilgan funksional vazifalaridan tashqari ularga qator boshqa talablar qo‘yiladi. Ulardan biri nafislik talablariga ham javob berishdir ya’ni ular chiroyli, xodimlar qaddi – qomatiga yarashgan, kiyim ishlaydiganlarning shaxsiy kamchiliklarini bildirmaydigan va fasoni bo‘yicha bugungi kun talablariga javob beradigan bo‘lishi lozim. Ayniqsa rahbar va ishbilarmon mutaxassislar tashqi kiyimlariga o‘ta katta estetik talablar qo‘yilgan bo‘lib, ular bundan keyingi bandlar materiallarida ko‘rib chiqiladi. Iste’molchilarga taomlar bilan xizmat qiladigan korxonalar xodimlarining kasbiy kiyimlariga qo‘yiladigan asosiy talablardan yana biri shundan iboratki, ular xodimlarning ishlashi uchun qulay bo‘lishlari va funksional vazifalarini sifatli bajarishga to‘sqinlik yaratmasliklari kerak. Ma’ruzalar matnining bundan oldingi bobida iste’molchilarga taomlar orqali xizmat qiladigan ovqatlanish korxonalari xodimlarining tashqi qiyofasi qator elementlardan tashkil topadi deb ta’kidlanib o‘tilgan edi. SHu elementlardan eng asosiysi xodimlarning kasbiy va rahbar mutaxassislarning tashqi kiyimlari hisoblanadi. Ovqatlanish korxonalari xodimlarining kasbiy kiyimlari katta gigienik va sanitariya ahamiyatiga ega: birinchidan, ular ishlov berilayotgan oziq – ovqat mahsulotlarini xodimlar tanasidan mikroorganizmlarning tushishidan, ikkinchidan esa xodimlar shaxsiy kiyimlarini ifloslanishdan saqlaydi; uchinchidan ular ifloslanganligining tez sezilishi natijasida xodimlarda tozalik talablariga qat’iy rioya qilish hisini shakllantiradi. Ishchi va rahbar – mutaxassis xodimlarning kasbiy kiyimlari o‘zlarining rangi, bichilish va tikilishi hamda boshqa xususiyatlari bilan iste’molchilar va korxona boshqa xodimlarining diqqatini o‘ziga tortadigan bo‘lmasligi lozim. Aholi va sayyohlarga xizmat qiladigan xodimlar kasbiy kiyimlarining materiallari fiziologik talablarga ham javob berishlari lozim. Ular xodimlarning funksional vazifalarini bajarishlarida ajralib chiqadigan issiqliqni o‘zidan tashqariga tez o‘tkazib yuborish xossalariga ega bo‘lishlari kerak. Materiallarning bunday xususiyatlari xodimlarni terlashdan va charchashdan saqlaydi. SHuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, taomlar va kulinar hamda qandolat mahsulotlarni tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi oshpazlar va qandolatchilarning kasbiy kiyimlari erkaklar uchun ham, ayol kishilar uchun ham bir xil rangda va bichimda bo‘ladi. Ular faqat tugmasining qaysi yoqasiga tikilish bilan farq qiladi. Download 76.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling