5-mavzu. Ishbilarmonlik etiketining asosiy elementlari.(Odobi, kiyinish kodi). Reja


Download 76.96 Kb.
bet2/11
Sana20.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1632293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
maruza 5

Pozitivlik – xamkorlar bilan muloqotda ko‘rinadi. Siz yaxshi taasurot qoldirishga harakat qilasiz. Pozitiv qiyofani shakllantirish hamma narsani o‘z ichiga oladi: qo‘l ushlashish, intonatsiya, kiyim, parfimer tanlash va b. Masalan; agar siz suhbat chog‘ida qo‘lingizni kissaga solib gaplashsangiz, suxbatdoshingizda sizga nisbattan nosamimiylikni xis qiladi.
Idrokli egoizmsizni tashkilotchi, biznesmen sifatida qabul qilinishingizda muhim ahamiyat kasb etadi. Xamkorni fikrini xurmat qilish kerak, lekin bu hamma gapiga to‘liq tasdiqlashni anglatmaydi. Fransuzlar inson o‘zining shaxsiy qiziqishlari va fikriga kurashish huquqiga ega va bu borada idrokli egoizmni unutmaslik kerak deb hisoblashgan.
Oldindan ko‘ra bilish (bashorat qila olish) – ishdagi munosabatlarda allaqachon noqulay vaziyatdan chiqib ketish uchun alohida hatti-harakat modeli ishlab chiqarilganligini bildiradi. Masalan: oldindan bilasizki, notanish hamkor bilan uchrashish quyidagi sxema bilan amalga oshiriladi: Salomlashish, tanishish, vizitka almashish. Lekin hamma ham bir xil bu etiketni amalga oshirmaydi.
Mavqeidagi farq – biznesda hamma har xil darajaga ega ekanligini bildiradi, bu o‘z navbatida alohida munosabat bildirish kerakligini anglatadi. YA’nikim, boshliq va xodim o‘rtasidagidek. U ayol yoinki erkak bo‘lishidan qat’iy nazar boshliq bilan xodim uchrashganda odatdagidek, xodim birinchi raxbarga salom beradi. SHuningdek, xodim liftni eshigini oldida boshlig‘ini va uning odamlarini oldinga o‘tkazdirib yuborishi kerak.
O‘rinli harakat – xatti-harakat manerasi va hattoki aniq bir vaziyatdagi kiyinishini muvofiqligini anglatadi.
Biznes hamkorida yaxshi taassurot qoldirish muhim ahamiyatga ega.
Buning esa 4 qoidasi mavjud:
 Birinchisi: dastlabki 10 ta so‘zingiz juda muhim bo‘lishi kerak. Tashakkur bildirish tezroq hamkorlarning o‘zaro tushunishini ta’minlaydi va hamkorlikning effektivligini oshiradi. Masalan: “Janob Smit men bilan ertalabdan uchrashishga vaqt topganingiz uchun sizga katta raxmat”. “Va nihoyat shaxsan o‘zingiz bilan uchrashishga muyassar bo‘lganimdan bag‘oyat xursandman”. Bu kabi so‘zlar birinchi uchrashuvda qo‘llaniladi. Lekin bu so‘zlarni boshqacharoq tarzda avval uchrashgan tanishlaringizga ham qo‘llashingiz mumkin. Masalan; “Uchrashishga rozi bo‘lganingiz uchun raxmat ustoz”, “Xilola uchrashuvga taklif qilganingiz uchun raxmat, o‘zim qanday aytishni bilmay yurgandim”. Iloji boricha gaplashayotganda dastlabki 10 ta gapda hamkoringizni ismini ayting.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling