5-mavzu. Ishbilarmonlik etiketining asosiy elementlari.(Odobi, kiyinish kodi). Reja


Bunday yomon odatlar quyidagilarga o‘xshaganlardan iborat


Download 76.96 Kb.
bet8/11
Sana20.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1632293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
maruza 5

Bunday yomon odatlar quyidagilarga o‘xshaganlardan iborat:

Shunday salbiy omillarning oldini olishga imkon beradigan ba’zi bir tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Aksariyat kishilarning so‘z boyligi, imo–ishoralari va gapirish usuli ota–ona, o‘rtoqlari, tengqurlari va ko‘cha ta’sirida shakllanadi. Har qanday odam ham qandaydir darajada atrof–muhit mahsuloti hisoblanadi.
Shu boisdan ham hamkor va boshqalar bilan bo‘ladigan suhbatlarda,

  • birinchidan, vaziyatni hisobga olgan holda kerakli so‘z va gaplarni tanlab gapirish, so‘zlarning oxirini “yutmasdan” aniq va ravon talaffuz qilish,

  • ikkinchidan, ko‘cha va jargon so‘zlarni ishlatmaslik lozim, chunki ko‘cha va jargon so‘zlarning ishlatilishi biznesmenning madaniyati pastligidan darak beradi va imijini pasaytirib yuboradi.

Ba’zi bir kishilar juda ham ko‘p kulishadi albatta, kulgi insonga xos yaxshi fazilatlardan biri. Lekin kulish ham har xil bo‘ladi. O‘z mavridida tabassumli kulish odamlarga malham beradi, kayfiyatini ko‘taradi, suhbatning ijobiy borish garovi hisoblanadi.
Lekin ba’zi bir kishilar borki, insonlar qalbida nafrat o‘yg‘otadi. Bunga miyig‘idan bo‘lar bo‘lmasga kulaverishi misol bo‘ladi. Aksariyat kishilar bunday kulgi turiga ustidan mazax qilish deb qaraydi. Shu sababli ham suhbat davrida miyig‘ida kulish odati bor kishilar o‘zlarini kulgidan tiyganlari yaxshiroq bo‘ladi.
Darslikning bundan keyingi mavzularida biznesmenlarning tashqi qiyofasiga qo‘yiladigan talablar batafsil ko‘rilib chiqiladi. Lekin bu erda shuni ta’kidlash kerakki, biznesmenning tashqi qiyofasi uning mavqeiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
O‘z qaddi–qomatiga, yuz – tuzilishiga yarashmagan, dazmollanmagan kiyimlarni kiyish, tozalanmagan oyoq kiyimlarida yurish, soqol–mo‘ylovlari va sochlarini olmaslik, taramaslik, kattaligi, rangi va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘ziga yarashmagan taqinchoqlarni taqib yurish, ayol biznesmenlar uchun esa tizzasidan baland yubka, o‘ta tiniq materiallardan tikilgan va tor ko‘ynak va yubkalarni kiyib yurish va shunga o‘xshagan etiket qoidalariga zid harakatlari biznesmenlar to‘g‘risida yomon ta’ssurot qoldiradi va ularning imijiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling