5-mavzu. Ishbilarmonlik etiketining asosiy elementlari.(Odobi, kiyinish kodi). Reja


Download 76.96 Kb.
bet4/11
Sana20.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1632293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
maruza 5

Kostyum kiyish qoidalari:
1-qoida: Bir vaqtning o‘zida kostyum bilan birgalikda sportiv oyoq kiyimlarni kiymaslik. Masalan: kostyum shim bilan birga oyoqda krasofka yoki barsofkalarni kiymaslik lozim.
2-qoida: Kostyum kiygan holda sportiv sumkalarni ko‘tarmaslik . Kerakli qog‘ozlar va boshqa buyumlarni diplomatda, portfelda yoxud papkada ko‘tarish kerak.
3-qoida: Agar kostyum kiyilsa, unda galstukni ham unutmaslik. CHunki galstuk kastyum kiyganda juda kerak. Ishbilarmon insonlar kostyumni galstuksiz kiymaydilar.
4-qoida: Rasmiy uchrashuvlarda kastyum tugmalari o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Teatr kreslosida o‘tirgan vaqtda yoki ovqatlanish vaqti mobaynida kostyum tugmalarini butunlay ochib qo‘yish mumkin. Stoldan turish vaqtida kostyumni tugmalarini pastdan yuqoriga qarab o‘tkazishni unutmaslik lozim.
5-qoida: Moda ketidan quvmaslik: zamonaviy, xunuk kiyimdan ko‘ra, chiroyli va mos kiyimni kiyish kerak.
Ishbilarmon ayol qanday kiyinishi lozim?
Ishbilarmon ayolning kundalik kiyimi – bu ko‘ylak va kostyum.
Ishbilarmon ayolning kiyimi muloqot jarayonida suhbatdoshining e’tiborini o‘ziga jalb qilmasligi lozim. SHu sababli yubka kiygan vaqt ochiq rangli kalgotkilar kiyish tavsiya qilinmaydi.
Agar ishbilarmon ayol biror bir yig‘ilishga yubka yoki kuylakni kiyishni o‘ziga joiz deb bilgan bo‘lsa, unda tanasi rangidagi kalgotkilarni kiyishi kerak. YOki ko‘ylagi bilan bir xil rangdagi kalgotkilarni tanlashi lozim.
YAna bir oltin qoidalaridan biri bu – atirni sepishdir. Atirni juda oz miqdorda sepish joiz. “Biznes etiket” kitobining muallifi Meri Enn Sabat shunday yozadi: “Agar kechqurun uchrashuv vaqtida o‘zingizni atiringizni xidini his qilsangiz, bilingki qolganlar sizning atiringizni xididan bo‘g‘ilib bo‘ldi”.
Biznesmenlar imiji va ijobiy taassurot qoldirish yo‘llari.
Biznesmenlar boshqa fuqarolarga nisbatan moddiy ta’minlangan, muloqot, tijorat va tadbirkorlik qoidalarini yaxshi biladigan shaxslar hisoblanadi va doimo halq nazari ostida bo‘ladi. Shu sababli ham biznesmenlar o‘zlari to‘g‘risida ijobiy taassurot qoldirishiga, hamkorlar va halq oldida o‘z mavqeining ortib borishiga katta e’tibor berishlari lozim.
Halqaro tajribada biznesmenlar to‘g‘risidagi ijobiy taassurotlar majmuiga ularning imiji deyiladi.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling