5-mavzu. Ishbilarmonlik etiketining asosiy elementlari.(Odobi, kiyinish kodi). Reja


Dadil harakat qiladigan va serg‘ayrat kishilar odamlarning aksariyatiga juda ham yoqadi


Download 76.96 Kb.
bet7/11
Sana20.06.2023
Hajmi76.96 Kb.
#1632293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
maruza 5

Dadil harakat qiladigan va serg‘ayrat kishilar odamlarning aksariyatiga juda ham yoqadi. Shu boisdan ham ijobiy tasavvur qoldirishda shinam qadam tashlab yurishning ham ahamiyati katta. Binoga yoki ofisga kirasizmi, yoki birovni qarshi olasizmi, qadamlarni chiroyli bosish, jonli va serg‘ayrat harakat qilish lozim.
Ish davomida juda charchagan bo‘lsangiz ham uni boshqalarga bildirmang, ishning oxirida ham serg‘ayrat va jonli harakat qilishga harakat qiling. Hamkasblar, hamkorlar va boshqalar ham bu harakatingizni albatta ijobiy baholaydi;
Biznesmen to‘g‘risida ijobiy tasavvurning shakllanishida uning tashqi qiyofasi eng katta ahamiyatga ega. Biznesmen to‘g‘risidagi umumiy tasavvurning deyarli 80 – 90 % uning tashqi qiyofasining hissasiga to‘g‘ri keladi, chunki soqol–mo‘ylovlarining olinishiga, sochlarining taralishiga, kiyimiga, uning tozaligiga va kiyilishiga katta ahamiyat beriladi.
Etiket qoidalariga ko‘ra biznesmen soqol–mo‘ylovlari qirtishlab, sochlari esa qisqa olingan, taralishi yuz tuzilishiga mos kelgan, taqinchoqlari (soat, bilaguzuklarlari va uzuklari) o‘ziga yarashgan bo‘lishi shart.
Ayol biznesmenlarning taqinchoqlari rangi va kattaligi bo‘yicha boshqalarning diqqatini tortmaydigan va husniga husn qo‘shadigan bo‘lishi lozim.
Ijobiy tasavvur qoldirishda oyoq kiyimlarining ham ahamiyati katta. Tuflilar yarqiragan holatgacha tozalangan bo‘lib, xuddi yangiga o‘xshab turgan bo‘lishi kerak.
Erkaklar paypog‘i boldirni yopib turadigan, ayollar kalgotkalari esa yirtilmagan bo‘lishi shart.
Biznesmenlar imijiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar
Insonga, ayniqsa yoshlarga xos shunday xususiyatlar borki, u keraklisiga ko‘ra keraksiz ma’lumotlarni o‘ziga juda ham tez qabul qilishadi. Vaqtning o‘tishi bilan ular odatga aylanib boradi. Buni odam sezmay ham qoladi. Bunday odatlar sohibiga sezdirmasdan o‘zlarini boshqalarga doimo ko‘z–ko‘z qilib turadi. Agar biznesmenlarda bunday odatlar shakllangan bo‘lsa, ularning hamkor va boshqa suhbatdoshlari oldida ijobiy taassurot qoldirish bo‘yicha barcha harakatlarini puchga chiqaradi.
Imijni shakllantiruvchi va ijobiy taassurot qoldirish yo‘llari yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilish bilan bir qatorda mumkin qadar yomon odatlarni namoyon qilmaslikka harakat qilishni talab qiladi.

Download 76.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling