2-Mavzu: Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati Reja


Download 160.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi160.16 Kb.
#1629040
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mavzu Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati Reja

Ma’naviyat-(arab tilidan olingan bo’lib, “ma’nolar majmui” degan ma’noni 
bildiradi) kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy ,axloqiy, diniy tasavvurlari
va tushunchalari majmuidir. Ma’naviyat insoning butun umri davomida uning 
kuchiga kuch qo’shishga xizmat qiladi, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning 
bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Har bir millatning ma’naviy boyligi 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Ma’naviy meros 
o’tmishning yutug’i. Uni to’la, odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi 
avlodlarning vazifasidir. O’z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki 
mensimaslik madaniyatsizlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga 
intilmaslik esa millat va uning istiqboli uchun katta ziyondir. Ma’naviyati yuksak 
darajada rivojlangan insongina Vatan ravnaqi uchun kurashga o’zida kuch va 
qudrat topa oladi.
Asrlar davomida xalqning ma’naviy ehtiyoji, talabi asosida yaratilgan 
qadriyatlarida olg’a surilgan ilg’or g’oyalarni o’z ongida yaxlit shakillantirgan
ularning mohiyatini amaliy faoliyatida namoyon qila oladigan, oilaning, xalqning, 
jamiyatning ma’naviy rivojlanishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko’rsatadigan 
shaxs ma’naviy madaniyatli hisoblanadi. Milliy va umuminsoniy ma’naviyat va 
qadriyatlardan to’la bahramand bo’lmagan, ona tilini bilmagan, jamiyatning har 
tomonlama rivojlanishiga ongli ravishda hissa qo’shgan inson ma’naviy 
qashshoqdir.
Manaviy qashshoqlik esa xalqni, millatni, umuman jamiyatni tanazzulga olib 
boradi. Ma’naviy madaniyat manbalarini o’rganish,ularda olg’a surilgan 
g’oyalarga amal qilish, ularni kelgusi avlodlar ongiga singdirish jamiyat har bir 
a’zosining vijdon oldidagi,Vatan oldidagi burchidir. Har bir fuqaroning o’z burchi 
va majburiyati mohiyatida ma’naviyat va axloqiylikni qayta tiklash; o’zbek xalqi 
asrlar mobaynida yaratgan madaniy boyliklarni, noyob tarixiy obidalarni avaylab 
saqlash va kelgusi avlodlarga etkazish tadbirlarini ko’rish; qadimiy va zamonaviy 
xalq qadriyatlarini, adabiyot san’atni bilish va rivojlantirish; o’zbek tilini taraqqiy 
ettirish, respublikada yashovchi boshqa xalqlar madaniyatiga, tiliga hurmat bilan 
munosabatda bo’lish; hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirish; 
ma’naviy mulkni milliy qadriyat sifatida himoya qilish; oilani milliy qadriyatlar 
asosida mustahkamlash; ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida umuminsoniy va 
milliy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini chuqur o’rganishga erishish kabi 
shartlarni amalga oshirish lozim.
Umumiy ta’lim oldiga qo’yilgan muhim maqsad- umuminsoniy va miliy 
qadri-yatlarga tayangan holda ta’lim-tarbiyaning mazmunida insonparvarlik 
g’oyasini kuchaytirish, xalqchillashtirish, uning uzviyligi, izchiligi, ilmiyligi va 
dunyoviyligi asosida yoshlarda ma’naviy madaniyatni shakllantirishdan iboratdir. 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida qayd qilinganidek, 


”…ta’limda umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarning ustivorligi” ta’lim 
sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biridir.Jamiyat rivojlanib borgan 
sari insonlar, xalqlar millatlar o’rtasidagi ma’naviyat munosabat va aloqalar 
rivojlanib boraveradi. Bu borada ma’naviyatni besh guruhga bo’lib o’rganish 
mumkin.

Download 160.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling