2-mavzu moliyaviy siyosat 1


Download 397.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.02.2023
Hajmi397.85 Kb.
#1161981
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Mavzu. MM Moliyaviy siyosat



2-mavzu MOLIYAVIY SIYOSAT 
 
1. 2.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari 
 
Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy 
siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruvning barcha 
tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Qisqa qilib 
aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar 
sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan 
vazifalarni bajarish uchun yetarli miqdorda va kerakli muddatda 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab 
oladi. Siyosiy ta’sir obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar 
sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki 
texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to‘g‘risida 
so‘z yuritiladi. 
Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan mustaqil 
sohasi bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday 
sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi 
hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy 
islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo‘lishi prinsipial 
ahamiyatga ega emas. 
Siy
osat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch 
elementlardan tarkib topadi: 

bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat 
hayotining ma’lum bir davriga xos qo‘yilgan maqsadlarga 
erishish uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va yaqin 
kunlardagi vazifalarni aniqlab olish; 

qo‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan
yaqin davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal 
qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret 
shakllarini ishlab chiqish; 

qo‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni 
tanlash va joy-
joyiga qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.  



Download 397.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling