Javoblar.
Grammatik kategoriya. Grammatik ma’no va ulaniing ifodasi bo‘lgan vosi-talar birligi grammatik kategoriya deyiladi. Muayyan grammatik kategoriya o‘zaro uzviy munosabatda bo‘lgan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no va uni ifo-dalovchi grammatik shakllar (affikslar) tizmidan iborat bo‘ladi. Masalan, otlardagi kelishik kategoriyasi oltita kelishik ma’nosi va bu ma’noni ifodalovchi affikslar
tizmini, fe’llardagi shaxsson kategoriyasi esa birlik va ko‘plikdagi uchta grammatik shaxs ma’nosi va ularning ifodasi bo‘lgan affikslar tizimini o‘zida birlashtirgan holda butunlik tashkil qiladi. Shuningdek, otlardagi son, egalik kategoriyasi, fellardagi zamon, nisbat, mayl, bo‘lishli bo‘lishsizlik kategoriyalari ham ikki va undan ortiq umumiy va xususiylikka ega bo‘lgan grammatik ma’no anglatuvchi shakl ya-sovchi affikslarlar tizimidaniborat. Shuni ham qayd etish lozimki, ba’zi shakl yasovchi affikslar so‘zning lug‘aviy ma’no anglatuvchi qismiga qo‘shilib, ularni grammatik ma’no va vazifaga xoslangan shakllarini yuzaga keltiradi. Lekin bu grammatik ma’no va vazifalarni vujudga keltiruvchi shakl yasovchi affikslar o‘zining muayyan xususiy delgilarigagina egaligi tufayli boshqa shakl yasovchi affikslar bilan bir umumiy grammatik kategoriya hosil qila olmaydi. Shu bois so‘zning lug‘aviy ma’no ifodalovchi qismga qo‘shilib, ularni turli grammatik vazifalarga xoslovchi bunday shakl yasovchilar tilning nokategorial shakllarini tashkil etadi. Masalan, ot-lardagi kichraytirish, erkalash shakllari, fe’lning vazifadosh shakllari asosida ifodalangan grammatik ma’nolar faqat xususiy belgiga egaligi tufayli muayyan butunlik hosil qila olmaydigan nokategorial shakllariga mansubdir. Shunday qilib, til
tizimidgi so‘zlarning grammatik ma’no ifodalovchi qismini tashkil etuvchi shakl yasovchi affikslar o‘zining xususiy va umumiy belgilariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1) kategorial shakl yasovchilar; 2) nokategorial shakl yasovchilar.
saylaf – saylov, sina – sinov, aya – ayovsiz; so‘ra – so‘roq, bo‘ya – bo‘yoq; o‘yna – o‘ynoqi, sayra – sayroqi, o‘qi – o‘quvchi, qazi – qazuvchi, sovi – sovuq, og‘ri – og‘riq, qavi –qaviq, ol – oluv, yoz – yozuv, uz – uzuq, yut – yutuq, tilak – tilaging, yurak – yuragim, kubok – kubogi, bek – begi; tayoq – tayog‘i, qoshiq – qoshig‘i, yaxshiroq – yaxshirog‘i, yo‘q – yo‘g‘I, ishtirok – ishtiroki, ocherk – ocherki, erk – erki, huquq – huquqim, ravnaq – ravnaqi, yuq – yuqi, o‘rin – o‘rnim, qorin – qorni, burun – burning, o‘g‘il – o‘g‘ling, ko‘ngil – ko‘ngli, yarim – yarmi; qayir – qayril, ulug‘ – ulg‘ay, sariq – sarg‘ay, ikki – ikkov, ikki – ikkala, yetti – yettov.
Do'stlaringiz bilan baham: |