Shakl yasovchi qo’shimchalar o’zakka qo’shilib, ma’noni biroz o’zgartiradigan, qo’shimcha ma’no orttiradigan, lekin yangi so’z yasamaydigan
qo’shimchalardir. Bular so’zlarni bir-biriga bog’lash vazifasini bajarmaydi, balki
kichraytirish, erkalash, chegaralash, kamlik, oshirish, kuchaytirish, gumon, taxmin
kabi ma’nolarni ifodalaydi: uycha, kitoblar, kattaroq, ozgina, yurib, onajon, bura,
oqarinqiradi, chayqa, tepkila.
Qo’shimchalar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1. Sodda qo’shimchalar boshqa qo’shimchalarga ajralmaydi: aqlli.
2. Murakkab qo’shimchalar kamida ikkita qo’shimchaning qo’shilishidan hosil bo’ladi: dehqonchilik, odamgarchilik, yordamlash.
O’zakka so’z yasovchi qo’shimcha qo’shilishidan hosil bo’lgan qism negiz
deyiladi: paxtakorlarga, gulzorda, bilimlilar.
Shuni aytish kerakki, so’zning morfoemik tarkibi deganda uning o’zak va
qo’shimchalardan iboratligi nazarda tutilsa, morfologik tarkibi deganda so’zning
negizi va shakl yasovchi, so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar nazarda tutiladi.
Turli usullar yordamida so’z hosil qilinishi so’z yasalish deb ataladi. So’zlar
asosan besh xil usul bilan yasaladi:
1. So’z yasovchi qo’shimchalar bilan yasaladi.
2. So’zlarni qo’shish bilan yasaladi.
3. So’zlarni qisqartirib yasaladi.
4. Bir turkumdan boshqa turkumga so’z o’tishi yordamida yasaladi.
5. So’zlarni takrorlash yordamida.
Do'stlaringiz bilan baham: |