2-mavzu: Muhit va ekologik omillar. Ekologiya va inson sogʻligi
Download 20.71 Kb.
|
2 ma\'ruza
2-mavzu: Muhit va ekologik omillar. Ekologiya va inson sogʻligi Reja
2.Antiobioz, simbioz holatlari haqida tushuncha. Organizmni zaxira energiyasi haqida. 3.Muhit va asosiy ekologik omillar. Antropogen omillarni atrof-muhitga tasiri. 4.Abiotikva biotik omilarni atrof-muhitga tasiri. 5.Organizimni muhit bilan o‘zaro tasiri. Organizmlarga iqlim, topografik, edafik, geofizik omillarni ta’siri. Adaptasiya. Tashqi muhit bilan organizm uzviy bogʻlangan boʻlib usiz orga¬nizm yashay olmaydi. Tashqi muhitdan organizm birinchidan ozuqa oladi, ik-kinchidan organizmning yer yuzasida tarqalishi ham ularning tashqi muhit sharoitlariga chidamliligiga (moslashganligiga) bogʻliqdir. Is¬siq va quruq iqlim sharoiti organizmlarning yasha¬shini chegaralaydi, xuddi shunday har qanday organizm ham shimol¬ning sovuq iqlim sharo¬itlarida yashay olmaydi. Tirik organizmlar¬ning shakli va vazifalari ham tashqi muhitga bogʻliqdir. Masalan, suvda yashovchi baliqlarning shakli, tuzi¬lishi va muhitga moslashishi yoki havo tarkibidagi kislo¬rodning 21% boʻlishi tirik organizm¬larda boʻladigan modda almashishi jarayoni tezli¬gining eng yuqori choʻqqisini belgilaydi. Xuddi shunday issiq vaqtlarida oʻsimlik va hayvon organizmlarini sovitish maqsadida ular¬ning tana yuzasidan boʻladigan bugʻlanishlar hamda is¬siqlikni tarqatish hodisalari or¬ganizimlarning aktivlik faoliya¬tini chegaralaydi. Oʻz na-vbatida or¬ganizimlarning faoliyati ham tashqi muhitga taʼsirini koʻrsatadi. Biz insonlar va barcha tirik organizim¬lar nafas oladigan ki¬slorod odatda yashil oʻsimliklarda boʻladigan fo¬tosintez jarayonida aj¬ralib chiqadi. Dastlabki vaqtlarda okeanda yashil oʻsimliklar hali boʻlmagan vaqtlarda atmosferada kislorod boʻlmagan va atmosfera tarki¬bida metan (SN4), ammiak (NN3), suv bugʻlari (N2O) va vodorod (N2) boʻlgan. Quyosh energiyasidan foydalanuvchi dastlabki yashil oʻsimliklar okean¬larda paydo boʻlgandan soʻng atmosfera tarkibida ki¬slorod paydo boʻla boshlagan. Oʻsimliklar tuproq xususiyatiga ham oʻzining taʼsirini koʻrsatib tu¬radi. Oʻsimlik ildizlari tuproqning hatto eng kichik yoriqchalariga ki¬rib borib jinslarni maydalashga olib keladi. Bakteriyalar va zamburugʻlar esa, togʻ jinslarini nuratib tuproqning hosil boʻlishini tezlashtiradilar. Zamburugʻlar ozuqa mine¬ral moddala¬rini parchalaydigan kislotalar ajratadilar, parcha¬langan mineral mod¬dalar jinslardan yuvilib, ularning yanada yemi¬rilishini tezlashtiradi. Oʻsimliklarning chiriyotgan qismlari ham kislotalar ajratadi, jins¬larning kimyoviy nurashini jadallashti¬radi. Bular¬ning hammasi tu¬proqning kimyoviy tarkibini va struktu-rasini oʻzgartirishi mumkin. Hayvonlar ajratib chiqargan ekskrimentlari yordamida, tuproqni tuyoqlari bilan maydalab, yerda uy va har xil yoʻllar yasab tuproq hosil qilish jarayonida ishtirok etadilar. Yuqori oʻsimliklarning ildizlari tuproqqa yopishib olib, ularni kuchli shamol va suv eroziyasidan asrashda muhim rol oʻynaydilar. Oʻsimliklar suvlarning yer yuzasidagi harakatiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi, chunki yogʻingarchilik koʻp tushadigan joylarda suv oʻsha yerda toʻ¬planib qolmasdan, uning bir qismi tuproq yuzasidan oqib ketadi yoki yerga shimiladi va yer osti suvlarga qoʻshiladi, qolgan qismi tuproq yuza¬sidan va oʻsimlik barglari orqali bugʻlanadi. Shu hodisalar boʻlmaganda edi Nyu-York shahri 60 m chuqurlikdagi suv ostida qolib ketgan boʻlar edi. Barglari har yili toʻkilib turadigan oʻrmonlar barg¬larining umu¬miy maydoni Yer yuzasi maydonidan 4 marta or¬tiqdir. Boshqacha qilib aytganda, oʻrmonlarning har bir gektariga 4 gektar barg maydoni toʻgʻri keladi. Demak, tushgan yomgʻir suvlarining koʻpchilik qismi barg orqali bugʻlanadi. Oʻsimlik barglari orqali boʻlib turadi-gan bugʻlanishlar shu yerda namlikning saqlanib qolishiga imkon tugʻdiradi, chunki bugʻlangan suvlarning koʻpchiligi kondensasiyalanib yomgʻir sifatida yana qayta shu yerga yoki unga yaqin boʻlgan joylarga tu¬shadi. Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi. Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mav¬jud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan ele¬mentlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabi¬lar kiradi. 1933 yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950 yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi. Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi: 1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik ta¬biatning yigʻindisi. Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi. 2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik orga¬nizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Bio¬tik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning orga¬nizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa orga¬nizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi. 3. Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular gu¬ruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi. Ana shu omillarning ayrim orga¬nizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning or¬ganizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng qoʻyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, mi¬nimumi va opti¬mumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi +7°S dan +50°S gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi + 36-40°S ni tashkil etadi. Shuni ham taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kom¬pleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija beradi. Bu omillar¬ning bi¬rortasi oʻz vaqtida boʻlmasa yoki yetishmasa organizmlarning normal oʻsishi va rivojlanishi tugal oʻtmaydi. Demak, ekologik omil¬larning har biri organizm uchun zarur boʻlib, ularning birini ikkin¬chisi almashtira olmaydi. Shu sababli ekologik omillar orga¬nizm hayotida bir xil ahamiyatga egadir. Chunonchi, oʻsimliklar hayotidan misol keltirsak, gʻoʻzani oʻstirish va parvarish qilishda oʻgʻit bermasdan faqat suv berish bilan gʻoʻzani toʻla rivojlantirib boʻlmaydi. Yoki buning aksi ham xuddi shun¬day natijalarga olib ke¬ladi. Organizmning hayot faoliyatini susaytiruvchi omilga cheklovchi omil (лимитирующий фактор) deyiladi. Organizmlarga taʼsir qiluvchi omil¬larning bittasi cheklovchi omil boʻlishi mumkin. Chunonchi, hayvonlar va oʻsimliklarning shimol tomonga qarab tarqalishi is¬siqlikning yetish¬masligi natijasida janubga tarqalishi esa, namlik¬ning yetishmasligi tufayli kechadi. Demak, organizmlarning shi¬molga tarqalishida cheklovchi omil boʻlib harorat hisoblansa, ak¬sincha, janub tomonga tarqalishida esa cheklovchi omil bu namlikdir. Omilning faqatgina yetishmasligigina emas, balki ortiqchaligi ham cheklovchi taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ekologik omillarni oʻrganish soha¬sida Yu.Libix koʻp tajribalar oʻtkazdi. Uning yozishicha (1840) ekin¬larning hosildorligi koʻpincha ular uchun koʻp kerak boʻlgan ele¬mentlar (SO2 yoki N2O) bilan cheklanmaydi, aksincha tuproqda kam uch¬raydigan va oʻsimliklar uchun juda kam miqdorda kerak boʻlgan element¬lar bilan chek¬lanadi. Demak, oʻsimliklarning oʻsishi tuproq tarkibida minimum miqdorda uchraydigan elementga (masalan, rux elementiga) bogʻliq degan xulosa Li¬bixning "Minimum qonuni" deb yuriti¬ladi. Libixning koʻrsatishicha u yoki bu omillarning organizmda yetishmasligi¬gina emas, balki is¬siqlik, yorugʻlik va suv kabi omillarning or¬tiqchaligi ham cheklovchi omil boʻlib xizmat qi¬lishi mumkin. U yoki bu turning yashash imkoniyati boʻlgan maʼlum bir omilning oʻzga-ruvchan chegarasi tolerantlik deyiladi. Baʼzi bir organizmlarning tolerantlik xususiyati maʼlum bir omilga nisbatan chegaralangan boʻlsa, boshqa xil omilga nisbatan esa keng doirada boʻlishi mumkin. Masalan uy pashshasi (chivini) 7 °S dan to 50 °S issiqlikkacha bardosh berib yashashi mumkin. Uning tolerant¬lik chegarasi keng. Bunday organizmlarni evriterm organizmlar deyiladi. Boshqa xil organizmlarning tolerantlik chegarasi tor boʻlishi mumkin, ularni ste¬noterm organizmlar deyiladi. Tolerantlik qonunini 1913 yilda V.Shelford (Shelford, 1913) asoslab bergan. Bu qonunga muvofiq maksi¬mum chegaralovchi omillarning taʼsiri mini¬mum chegaralovchi omillar taʼsiri bilan bir xildir. "Tolerantlik" qonunini toʻldiruvchi omillar nimalardan iborat? 1. Organizmlar bir omilga nisbatan keng diapazonli tolerant¬likka ega boʻlsalar ikkinchi omilga nisbatan ularda tolerantlik dia¬pazoni tor boʻladi. 2. Keng tolerantlikka ega boʻlgan organizmlar yer yuzida keng tarqalgan. 3. Tur uchun sharoit birorta ekologik omilga nisbatan optimal dara¬jada boʻlmasa, shu turning boshqa xil ekologik omillarga nisba¬tan tole¬rantlik diapazoni tor boʻladi. Masalan, gʻallasimon ekinlar uchun azot yetishmasa ularning qurgʻoqchilikka chidamlilik xususiyati pasayadi. 4. Organizmlarning koʻpayish davri noziq boʻlib, bu davrda koʻpchilik ekologik omillar organizm uchun cheklovchi omil ham boʻlishi mumkin. Masalan, voyaga yetgan sarv daraxti suvda ham, quruqlikda ham yashashi mumkin, biroq u namlik yetarli boʻlgan, suv koʻllamagan joy-lardagina koʻpayish imkoniyatiga ega. Turning tabiatda yashashi uchun kerak boʻlgan barcha tashqi muhit omil-lari yigʻindisi ekologik taxmon (burchak) deyiladi. Koʻpincha bu atama ikkita yaqin turlarning oʻzaro munosabatini kuzatishda qoʻllaniladi. Ekologik taxmon atamasini 1917 yilda Dj.Grinnel tur¬larning keng¬likda tarqalish tavsifi uchun qoʻllagan edi. Ekologik tax¬mon yashash joyi atamasiga yaqin tushunchadir. Keyinchalik 1927 yilda Ch.Elton ekologik taxmon turning jamoadagi holati deb aniqladi va bu holatda eng muhimi ularning, yaʼni turlarning bir-birlari bilan trofik bogʻlanishi ekan¬ligini qayd qildi. Turning ekologik oʻrni deganda (Dj.Grinnell), maʼlum bir turning barcha abiotik va biotik omillar majmuiga boʻlgan munosabatini, yaʼni hamjamoada tutgan oʻrni tushuniladi. Ch.Elton esa ushbu tushunchaning funksional tomoniga alohida eʼtibor bergan. Ekotizimdagi turning faoliyati asosan oziqlanishdan boʻlgani uchun ekologik taxmonni ozuqa taxmon deyish ham mumkin. Tabiatda populyatsiyalarga xilma-xil abiotik va biotik omillar taʼsir etib turadi. Shuning uchun ekologik taxmon iqlim, trofik, edafik va boshqa xususiy shakllarga ajratiladi. Hayvonlar orasida oʻsimliklarga nisbatan ekologik taxmon yaxshi ifodalangan. Ammo biogeotsenozlarda oʻsimliklar ham ekologik taxmonga ega. Oʻsimliklarda ekologik taxmonga ajratish belgilari quyidagilar hisoblanadi: turning har xil balandlikda boʻlishi, ildizlarning tuproqning turli qatlamlariga kirib borishi, turli vaqtlarda gullashi, changlatuvchilarning xilma-xilligi, namlik va boshqalarga munosabatining oʻzgacha boʻlishi kabilardir. Dasht va choʻl biogeosinozlarida yirik va mayda sut emizuvchilar oʻt oʻsimliklar bilan oziqlanadi. Bular tuyoqlilar (otlar, qoʻylar, antilopalar, saygʻoqlar) va kemiruvchilar (sugʻurlar, yumronqoziqlar, sichqonsimonlarning koʻpchilik vakillari). Ularning hammasi biogeotsenozda bitta funksional guruh, yaʼni oʻtxoʻr hayvonlarni tashkil etadi. Kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, oʻsimlik massasini isteʼmol qilishda ularning roli bir xil emas, balki ular oziqlanish uchun oʻsimlik qoplamining turli tarkibiy qismlaridan foydalanadi. Yirik tuyoqlilar toʻyimli, nisbatan baland boʻyli oʻsimliklardan ozuqa oladi. Shu yerda yashovchi sugʻurlar tuyoqlilarning ketidan ular yemagan siyrak va ezilgan oʻtlarni isteʼmol qiladi. Nisbatan mayda hayvonlar hisoblangan yumronqoziqlar esa tuyoqlilar, sugʻurlardan qolgan oʻsimliklarni yigʻadilar. Shunday qilib, hamjamoa hosil qiluvchi uch guruhdagi oʻtxoʻr hayvonlar oʻrtasida oʻsimliklar qoplami biomassasidan foydalanishda funksiyalarning boʻlib olinishi kuzatiladi va ushbu hayvonlar oʻrtasida raqobat boʻlmaydi. V.N.Beklyamishev tasnifi boʻyicha ekologik taxmon (ekotaxmon) toʻrt toifaga boʻlinadi: trofik, topik, forik va fabrik. Trofik aloqada bir tur ikkinchi tur bilan oziqlanadi. Topik aloqada bir tur ikkinchi turning yashash sharoitini oʻzgartirishda namoyon boʻladi. Daraxtlar tanasida lishayniklarning yashashi, oʻrmondagi daraxtlar tomonidan shu yerlarda oʻsuvchi oʻsimliklar hayotiga koʻrsatiladigan taʼsirlarda yaqqol koʻrinadi. Forik aloqada bir turning tarqalishi ikkinchi turning taʼsiri natijasida roʻyobga chiqadi. Koʻpchilik hayvonlar tomonidan oʻsimlik urugʻ va mevalarining tarqalishi bunga misol boʻla oladi. Bunday tarqalish aktiv yoki passiv holda oʻtishi mumkin. Bir turning oʻziga in qurishi uchun boshqa turning qoldiqlaridan foydalanishiga fabrik aloqa deyiladi. Chunonchi, qushlar in qurishi uchun daraxt barglari va shoxchalaridan yoki hayvonlarning jun va patlaridan ham foydalanadilar. XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida koʻpchilik ekolog¬lar jamoada oʻxshash joyni egallagan, bir-biriga ekologik yaqin tur¬gan tur¬lar mustahkam yashay olmasliklari mumkin degan xulosaga kel¬gan edilar. Bu fikrlar keyinchalik bir ekologik taxmonda uchraydi¬gan 2 ta tur ora¬sidagi raqobatchilik modelini matematik tuzib chiqilganda ham oʻz tas¬digʻini topdi. (V.Volterra va T.F.Gauze). Eko¬logik taxmon toʻgʻrisidagi hozirgi zamon tushunchasi 1957, 1965 yil¬larda Dj.Xatchinson tomonidan tuzilgan ekologik taxmon modeliga asoslan¬gandir. Biotik omillar va ularning organizm uchun ahamiyati Organizmlar hayoti bir-biriga chambarchas bogʻlangan. Ana shu barcha ti¬rik organizmlarning bir-biriga boʻlgan taʼsiri, ular orasidagi oʻzaro munosabatlar biotik omillar deyiladi.
Antropogen omillar Odam oʻz faoliyati jarayonida tabiatga, ayniqsa, oʻsimliklar va hayvonlar hayotiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Bunga antropogen omil deyiladi. Insonning tabiatga koʻrsatadigan taʼsirini ikki guruhga boʻlish mumkin. Ulardan biri tirik organizmlarga yoki ularning ayrim vakillariga koʻrsatayotgan toʻgʻridan – toʻgʻri taʼsiri boʻlsa, ikkinchisi esa insonning atrof – muhitni oʻzgartirish kabi salbiy taʼsiri hisoblanadi. Odamlar qoʻriq yer¬larni ekinzorlarga aylantirish, botqoqliklarni quritish, oʻrmonlarni kesish va yaylovlarda uzluksiz mol boqish yoʻli bilan juda katta maydon¬lardagi oʻsimliklar qiyofasini oʻzgartirib yubo-rishi mum¬kin, bu esa oʻz navbatida ana shu joylarda yashaydigan hayvonlar populyatsiyalariga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi. Shuningdek, ixota daraxtzor-lari barpo qilish, sunʼiy yaylovlar tashkil etish oʻsimlikni bir joy¬dan ikkinchi iqlim sharotiga koʻchirish bilan ham oʻsimliklar hayotini ancha oʻzgartiradilar. Insonning tirik organizmlarga koʻrsatayotgan taʼsirini toʻrtta guruhga ajratish mumkin: 1. Ozuqa va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun (ovlash, baliqchilik, oʻrmonlarni kesish, oʻtlarni oʻrish va shu kabilar) tirik organizmlardan foydalanish. 2. Oʻsimliklarni koʻpaytirish (madaniylashtirish) va hayvonlarni qoʻlga oʻrgatish. 3. Aklimitizasiya va introduksiya, yaʼni organizmlarning tabiiy arealidan boshqa joylarga koʻchirib olib borish va moslashtirish. 4. Yangi madaniy oʻsimlik navlari va hayvon zotlarini yaratish. Inson tabiatga koʻrsatadigan kuchli taʼsiri orqali biotik va abiotik sharoitlarni oʻzgartiradi. Insonning ana shunday faoliyatlariga suv inshootlari qurilishlari (suv omborlari, gidroelektr stansiyalar), yerning meliorativ holatini yaxshilash (sugʻorish, quritish), mineral oʻgʻitlar, pestisidlar va defoliantlardan foydalanish natijalari kiradi. Inson kamida 70 mln yil davomida tarkib topgan tirik dunyo manzarasini bir necha oʻn yilda oʻzgartirib yubordi. Uning tirik organizmlarga salbiy taʼsiri natijasida yer yuzida koʻplab oʻsimlik va hayvon turlari yoʻqolib ketdi. Ovchilik bilan intensiv shugʻullanish koʻpchilik hayvon turlarini yoʻq qilib yubordi. Masalan, dengiz sigiri 26 yil davomida butunlay qirilib ketdi. Bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin. Ahvolning keskinlashganligini hisobga olib xalqaro tabiatni muhofaza qilish birlashmasi tomonidan «Qizil kitob» tashkil etildi. Unga yoʻqolish arafasidagi yoki noyob oʻsimlik va hayvon turlari kiritilgan. Chunonchi, Respublikamizda yovvoyi hayvonlarning 99, parrandalarning 410, baliqlarning 79 turi mavjud boʻlib, ulardan 32 tur hayvon, 41 tur parranda, 5 tur baliq Oʻzbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. Uning tarkibidan 400 ta yoʻqolib borayotgan noyob oʻsimlik turlari ham oʻrin olgan. Bu «Qizil kitob»ning asosiy maqsadi xavf – xatar ostida qolgan koʻpchilik oʻsimlik va hayvon turlarini saqlab qolishdan iboratdir. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik u yoki bu region¬ning iqlim sharoitini oʻzgartirib, uning fauna va florasiga tiklab boʻlmaydigan darajada zarar keltirish mumkin. Buning yaqqol misoli Orol dengizi muammosidir. Markaziy Osiyo suv resurslaridan rejasiz va oʻylamasdan foydalanish hozirgi kunda Orol dengizi suvining kamayishi, hajmining keskin qisqarishiga olib kel¬diki, bu Orol atrofidagi ekologik sharoitni oʻta ogʻirlashtirdi. Insonning tabiatga koʻrsatgan taʼsiri borgan sari ortib bor¬moqda. 80-yillarda oʻtkazilgan aerokosmik maʼlumotlarga koʻra, Yer yuzida in¬son tegmagan yer maydoni 38 mln km2 (yoki 28 %) ni tashkil etadi. Tex¬nikaning rivojlanishi insonning tabiatga koʻrsatgan salbiy taʼsirini, ayniqsa, kuchaytirmoqda. Yer yuzidagi yashil oʻrmonlarda ki¬shilar tomoni¬dan hosil qilingan koʻp miqdordagi yashil teshiklar ozon qavatidagi te¬shiklarga nisbatan ham xavfliroqdir. Yer yuzidagi ekologik krizisning chuqurlashib borishiga rivojla¬na¬yot¬gan mamlakatlar ham oʻz taʼsirlarini kuchaytirmoqdalar. Ular sanoat tarmoqlarini rivojlantiraman deb, oʻzlarining tabiatlarini buz¬moqdalar. Tashqi muhitning stabilligida, yaʼni uning muvozanatini ushlab tu¬rishda dunyo okeani va buzilmagan yer yuzining tabiiy eko¬sistemalari asosiy rol oʻynaydi. Yer yuzidagi ana shunday tabiiy ekosistemalarga Shimoliy yarim¬sharda Kanada va Rossiyaning ekosistemalari kirsa, Janubiy yarim sharda esa Braziliya, Afrika ekvatori hamda Avstraliya kiradi. Bio¬sferaning doi¬miylik xususiyatini ushlab turishda Amazonka daryosi atrofida joylash¬gan koʻp mahsuldor, namlik tropik oʻrmonlar, ay¬niqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Yer yuzida hozirgi kunda kishilar tomonidan band qilingan yerlar 25 mln km2 ni, yaʼni quruqlikning 1/6 qismini tashkil etadi. Shun¬dan 10 mln km2 ni shaharlar, posyolkalar, qurilishlar, kommuni¬kasiyalar, poligonlar, togʻ kon zavodlari joylashgan land¬shaftlar egal¬lagan boʻlsa, qolgan 15 mln km2 yerlar agrosenoz¬lar va haydala¬digan yerlarni tashkil qiladi. Chorva mollari uchun aj-ratilgan yerlar 25 mln km2 ga yaqin. Demak, hozir insonning toʻgʻridan-toʻgʻri nazo¬rati ostida 50 mln km2 yer mavjud. 2- jadval Yer yuzining landshaft xoʻjalik tizimi № Yer kategoriyasi Dunyo boʻyicha Mln ga Foiz hisobida 1 Qishloq xoʻjalik yerlari: 3218 21,6 Shundan: Haydaladigan yerlar 1518 10,2 2 Oʻrmon, butazorlar 4550 30,5 3 Oʻrmon oʻsimlik landshaft¬lari 1132 7,6 4 Botqoqlikdagi va suv osti¬dagi yerlar 1030 6,9 5 Qurilish, yoʻllar va ochiq yer¬lar bi¬lan band boʻlgan yerlar 980 6,6 6 Choʻllar 2270 15,2 7 Boshqa turli xildagi yerlar 1720 11,6 Jami 14900 100,0 Yer yuzasiga koʻrsatilayotgan antropogen taʼsir benihoya katta. Agar at-mosferaga bir yilda bir mln tonnaga yaqin zararli moddalar (CO2 siz) ajratib turilsa, Gidrosferaga 15 mln tonnaga yaqin ifloslanti¬ruvchi moddalar tashlanadi. Yer yuzasi esa 85 mln tonnaga yaqin antropo¬gen chiqindilar bilan ifloslanadi. Baʼzi bir maʼlu¬motlarga qaraganda 90 yillarda bu koʻrsatkich 1500 km3 dan oshgan. Yer yuzasi aholisining har bir jon boshiga oʻrta hisobda bir yilda 1,2 tonna ish¬lab chiqarish chiqindilari va 14 tonnaga yaqin xom ashyoni qayta ishlash chiqindilari toʻgʻri keladi. Biroq, inson uchun bu chiqindilar orasida eng xavflisi toksik mod¬dalar boʻlib, ular ichimlik suvlar, oziq-ovqat moddalar hamda in¬son va hayvonlar uchun ozuqa hisoblangan oʻsimliklarni zaharlaydi. Ana shun¬day toksik moddalarga birinchi navbatda ogʻir metall birik¬malari, baʼzi bir neft chiqindilari (polisiklik aromatik uglevo¬dorodlar (PAU), di¬oksinlar shaklidagi birikmalar, hamda har xil sintetik zaharlar — bio¬sidlar kiradi. Bundan tashqari ularga jango¬var zaharlovchi moddalar ham kiradi (OV). Biosfera va tuproqning ifloslanishi koʻpchilik foydali hasharotlar, baliqlar, qushlar va boshqa xil hayvon populyatsiyalarining oʻlib ketishiga sabab boʻlmoqda. Butun dunyo sogʻliqni saqlash tashki¬lotining maʼlumotlariga qaraganda har yili 2 mln ga yaqin kishilar pestisid¬lar bilan zaharlanmoqda va 40 mingga yaqin kishi hayot bilan vidolash¬moqda. Zamon talabidan kelib chiqqan holda hozirgi kunda qishloq xoʻjalik ekinlari zararkunandalariga qarshi biologik usullarni qoʻllashni keng joriy qilish lozim. Tashqi muhitni zaharlaydigan muhim moddalardan biri bu — diok-sinlardir. Bularning taʼsiri koʻp vaqtgacha, jumladan odam organiz¬mida bir yilgacha saqlanib qoladi. Koʻmir va axlatlarning yonishi, av¬tomobil dvigatellarining ishlashlari natijasida ham zaharli diok¬sinlar ajra¬lib chiqadi. Muhokama savollari 1. Tashqi muhitdan organizmlar nima oladi va ular oʻz navbatida tashqi muhitga qanday taʼsir koʻrsatadilar? 2. Ekologik omillar deganda nimani tushunasiz? 3. Biotik, abiotik va antropogen omillarni tushuntiring. 4. Tolerantlik nima? Unga misollar keltiring. 5. Yu.Libixning minimum qonunini tushuntiring. 6. Biotik omillar va ularning organizm uchun ahamiyati nimadan iborat? 7. Tabiiy sharoitda organizmlarning bir-biriga koʻrsatadigan turli xil taʼsirlariga misollar keltiring. 8. Antropogen omillar va ularning biosferaga taʼsiri nimalardan iborat? Download 20.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling