2-mavzu. Neft, gaz va gazkondensatni birlamchi qayta ishlash
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar
2-mavzu. Neft, gaz va gazkondensatni birlamchi qayta ishlash 2.1. Neft, gaz kondensati va mazutni birlamchi qayta ishlash sanoati qurilmalari. 2.2. Oddiy va murakkab haydash usullari. Neftni fraksiyalarga ajratishning nazariy asoslari. Neftni oddiy sharoitda va vakuum sharoitida fraksiyalarga bo’lish. 2.3. Neftning kimyoviy tarkibi. Fizikaviy xosalari. 2.4. Mazutdan moy fraksiyalarini ajratib olish § 2.1. Neft, gaz kondensati va mazutni birlamchi qayta ishlash sanoati qurilmalari Neftkimyo sanoatida rektifikatsiya jarayoni qurilmalari Rektifikatsion qurilmalar asosan ikki turga bo’linadi: 1) pog`onali kontaktli qurilmalar (tarelkali kolonnalar); 2) uzluksiz kontaktli qurilmalar (plyonkali va nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali qurilmalar ichki tuzilishi (tarelka, nasadka) ga ko’ra absorbstion kolonnalarga o’xshash bo’ladi. Rektifikatsiyalash kolonnalarni hisoblash ham absorbtsiyalash qurilmalarni hisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna alohida hisoblanadi, so’ngra rektifikastion qurilmaning umumiy ish balandligi aniqlanadi. Rektifikastion kolonnalar (absorberlardan farqli) qo’shimcha issiqlik almashinish qurilmalari (isitgich, qaynatgich, haydash kubi, deflegmator, kondensator, sovitgich) bilan ta’minlangan bo’ladi. Bundan tashqari atrof muhitga tarqaladigan issiqlikning yo’qolishini kamaytirish uchun rektifikastion kolonnalar issiqlik himoyasi bilan qoplanadi. Davriy ishlaydigan rektifikatsion kolonnalar Davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar. Kichik ishlab chiqarishlarda davriy ishlaydigan rektifikatsion qurilmalar qo’llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi. Kub ichiga isituvchi ilon izli quvur (zmeevik) joylashtirilgan bo’lib, aralashma qaynash haroratigacha isitiladi. Hosil bo’lgan bug`lar rektifikatsiyalash kolonnasining oxirgi tarelkasi pastki qismiga o’tadi. Bug` kolonna bo`ylab ko’tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to’yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillyat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqori tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida o’z tarkibidagi engil uchuvchan komponentni bug` fazasiga beradi. Bug` va suyuq fazalarning bir necha bor o’zaro kontakti natijasida bug` fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan to’yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat qilgani sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi. O’rnatish va ta’mirlashni osonlashtirish maqsadida tarelkalar orasidagi masofa 450 mm dan kam bo’lmagan qiymatda qabul qilingan. Kolonnaning yuqorigi qismidan bug`lar diflegmatorga o’tadi va u erda to’la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug`lar to’la kondensastiyalanganda hosil bo’lgan suyuqlik ajratgich yordamida ikki qism (distillyat va flegma)ga ajraladi. Oxirgi mahsulot (distillyat) sovitgichda sovitilgandan so’ng, yig`ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq suyuqlik kerakli tarkibiga erishgandagina jarayon to’xtatiladi, qoldiq tushiriladi va jarayon qaytadan boshlanadi. Qoldiqni tegishli tarkibga ega bo’lishini uning qaynash temperaturasiga qarab aniqlanadi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling