Birikish reaksiyasi: so
Download 198.27 Kb.
|
8 Oksidlanish qaytarilish reaktsiyalariga doir misol va mashqlar yechish
8-MAVZU: OKSIDLANISH-KAYTARILISH REAKSIYALARI. TURLI TIPDAGI OKSIDLANISH-KAYTARILISH REAKSIYALARININING ELEKTRON BALANS TENGLAMALARI. OKSIDLANISH-KAYTARILISH REAKSIYALARINI SODIR BO’LISHIGA MUHIT VA ELEKTROD POTENSIALLARINING TA’SIRI.Bizga ma’lumki kimyoviy reaksiyalar asosan tor’t turga bo’linadi. Lekin bu turdagi reaksiyalar ham ularda ishtiriok etadigan elementlarning oksidlanish darajasining o’zgarishiga qarab ikki turga bo’linishi mumkin. Shunday reakisya turlarida ya’ni birikish, ajralish va almashinish reaksiyalarida elementlarning oksidlanish darajasining o’zgarmasdan boradi: Birikish reaksiyasi: SO2 + Na2O = Na2SO3 Ajralish (parchalanish) reaksiyasi: Cu(OH)2 CuO + H2O Almashinish reaksiyasi: AgNO3 + KCl = AgCl + KNO3 NaOH + HNO3 = NaNO3 + H2O Agar reaksiyalarda elementlarning oksidlanish darajasining o’zgarishi kuzatilsa bunday reaksiya turlari oksidlanish qaytarilish reaksiyalriga kiritilishi ham mumkin. Bunday reaksiyalar ko’pgina reaksiya turlari bilan bog’liq. Agar bizga to’rt turdagi: birikish, o’rin olish, ajralish, almashinish reaksiyalari ma’lum bo’lsa, shu reaksiyalarning uchtasida oksidlanish darajalarining o’zgarishini ko’ramiz. 4Fe0 + 3O02 → 2Fe+32O-23 birikish; 2Na0 + 2H+OH → 2Na+OH + H02 o’rin olish; Mg(N+5O-23)2 → MgO + N+4O2 + O02 parchalanish. Agar kimyoviy reaksiyalarda elementlar oksidlanish darajasi o’zgarCa, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari sifatida e’tirof etiladi. Masalan: Bundan tashqari hech qanday turga mansub bo’lmagan oksidlanish qaytarilish jarayonlari kechadigan reaksiyalari ham borki bular to’rtala turdagi reaksiyalarga ham mansub emas. Masalan kumush nitratning elektrliz reaskiyasi: 4Ag+1NO3 + H2O-2 → Ag0 + O02 + 4HNO3 Yoki oddiy Javel suvining olinish jarayoni: Cl2 + KOH (sovuq)→ KCl + KClO + H2O Bu reaksiya dastlab ta’kidlangan 4 turdagi reaksiyalarning birortasiga o’xshamaydi. Demak oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari – elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan alohida reaksiya turiga kiruvchi jarayondir. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida jarayonlarni tuShunish, oksidovchi yoki qaytaruvchi qaysi modda bo’lishi mumkinligi haqida fikr yuritish uchun dastlab oksidlanish va qaytarilish jarayonlarini tuShunish kerak. Oksidlanish – element atomi elektron berish (chiqarish) jarayoni, ya’ni oksidlanish darajasi pastdan (manfiydan yoki 0 va kichik (+)dan) yuqoriga ko’tarilishidir. Qaytarilish – element atomi elektron olish (qabul qilish) jarayoni, ya’ni oksidlanish darajasi yuqoridan past darajaga (yuqori (+)dan 0 ga yoki (-)ga) tushishidir. Buni misollarda yaqqolroq ko’rishimiz mumkin. 1-mashq. Quyidagi jarayonlarning qaysilarida elektronlarga ega bo’lish (qabul qilish) va elektronlar yo’qotish (berish) kuzatiladi: P0 → P-3; 2) H-1 → H+; 3) Cr+6 → Cr+3; 4) N+5 → N-3; 5) Br-1 → Br0; 6) I0 → I+5; 7) S-2 → S+6; 8) C+4 → C0 Elektronlarga ega bo’lish (qabul qilish) bu qaytarilish jarayonidir, bularga 1,3,4,8 – jarayonlar misol bo’la oladi . Elektron yo’qotish (berish) bu oksidlanish jarayonidir, bularga 2,5,6,7 – jarayonlar misol bo’la oladi. 2-mashq. Quyidagi jarayonlarda oksidlanish va qaytarilish jarayonlarini ko’rsating: 1)Cr2O7-2 → 2Cr+3; 2)H2S → S; 3)I2 → IO3-; 4)ClO4- → Cl-; 5)H2O2 → O2; 6)CrO2- → CPO4-2; 7)SO3-2 → SO4-2; 8)MnO2 → Mn+2 Oksidlanish jarayonlari – 2,3,5,6,7; Qaytarilish jarayonlari – 1,4,8 Bunaqa misollarda ionlar zaryadi bilan oksidlanish darajasini adashtirish mumkin, masalan, oksidlanish ta’rifigi ko’ra oksidlanishda daraja yuqoriga ko’tariladi. MnO2 → Mn+2 misolida xuddi +2 ga ko’tarilgandek, lekin chuqurroq tahlil qilinsa modda emas, balki MnO2 dagi Mn+4 oksidlanish darajaga ega, demak marganes ioni +4dan +2ga o’zgarCa qaytarilish jarayoni boradi. Yana bir misolda I2 → IO3- jarayonida xuddi qaytarilishdek tuyiladi. Lekin chuqurroq tahlil qilib ko’rSak, yod I2 da 0 darajani namoyon qiladi. IO3- da esa yod +5 gacha o’zgaradi. Demak, oksidlanish darajasi ko’tariladi, ya’ni elektron yo’qotish bo’lib, oksidlanish jarayoni kechadi.
Download 198.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling