Birikish reaksiyasi: so


Jarayonlarda element oksidlanish darajasining o’zgarishi va mahsulotlar hosil bo’lishining turli omillarga bog’liqligi


Download 198.27 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi198.27 Kb.
#219485
1   2   3   4   5
Bog'liq
8 Oksidlanish qaytarilish reaktsiyalariga doir misol va mashqlar yechish

Jarayonlarda element oksidlanish darajasining o’zgarishi va mahsulotlar hosil bo’lishining turli omillarga bog’liqligi

Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida elemenlar oksidlanishi yoki qaytarilishida, boshqa xil oksidlanish darajadagi shu element Saqlagan moddalar hosil qiladi.

1-mashq. O’ta suyultirilgan nitrat kislota magniy metalli bilan reaksiyaga kirishganda azotning oksidlanish darajasi qanday o’zgarishini ko’ramiz:

Mg + HNO3 → Mg(NO3)2 + NH4NO3 + H2O

HNO3 dagi N (+5) qaytarilib, NH4NO3 ga aylanadi. NH4NO3 da N (-3) oksidlanish darajani namoyon qiladi (qaytarilgan NH-4 ionida).

Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida reaksion mahsulotlarni ularning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossasi, jarayon muhiti, tabiati, agregat holati, harorati, va boshqa omillarga qarab ayta olamiz. Mahsulotlar shu omillar ta’siriga qarab har xil hosil bo’lishi mumkin. Birgina oddiy NO2 ning sovuq va iliq suvda eriganda, mahsulotlari sovuq suvda – HNO3, HNO2 iliqda esa – HNO3, NO hisoblanadi.

KClO3 parchalanishida KCl va KClO4 hosil bo’lishi oddiy qizdirishda kuzatiladi. Agar shu jarayon MnO2 katalizatori ishtirokida olib borilsa, reaksiyada KCl va O2 hosil bo’ladi. Demak, mahsulot hosil bo’lishi katalizatorlarga ham bog’liq bo’lishi mumkin.

Quyidagi jadvalda ko’p uchraydigan oksidlovchi va qaytaruvchilarning har xil muhitlarda hosil qiladigan moddalari va ularning reaksiyalardagi roli keltirilgan.





Reagent

Muhit

Yarim reaksiya

Xossasi

MnO-4

MnO-4

MnO-4

Cr2O7-2

Cr2O7-2

CPO4-2

H2O2

H2O2 H2O2

H2O2

SO3-2

H2S

Fe+2

Fe+3

NO3-

NO3-

NO3-



Kislotali

Neytral


Ishqoriy

Kislotali

Neytral

Ishqoriy


Kislotali

Ishqoriy


Kislotali

Ishqoriy


Kislotali

Kislotali

Kislotali

Kislotali

Kislotali

Kislotali

Kislotali


MnO-4 + 8H+ + 5e = Mn+2 + 4H2O

MnO-4 + 2H2O + 3e = MnO2↓ + 4OH-

MnO-4 + e = MnO-24

Cr2O7-2 + 14H+ + 6e = Cr+3 + 7H2O

Cr2O7-2 + 7H2O + 6e = Cr(OH)3 + 8OH-

CPO4-2+4H2O+ 3e = [Cr(OH)6]-3 + 2OH-

H2O2 + 2H+ + 2e = 2H2O

H2O2 + 2e = 2OH-

H2O2 - 2e = O2 + 2H+

H2O2 + 2OH- - 2e = O2 + 2H2O

SO3-2 + H2O – 2e = SO4-2 + 2H+

H2S – 2e = S↓ + 2H+

Fe+2 – 1e = Fe+3

Fe+3 + 1e = Fe+2

NO3- + 2H+ + e = NO2 + H2O

NO3- + 4H+ + 3e = NO + 2H2O

NO3- + 10H+ + 8e = NH4+ +3H2O


oksidlovchi

oksidlovchi

oksidlovchi

oksidlovchi

oksidlovchi

oksidlovchi

oksidlovchi

oksidlovchi

qaytaruvchi

qaytaruvchi

qaytaruvchi

qaytaruvchi

qaytaruvchi

oksidlovchi oksidlovchi oksidlovchi

oksidlovchi



Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining tenglamalari. Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish.

Oksidlanish - qaytarilish reaksiya tenglamalarini tuzish uchun ikki xil usuldan foydalanamiz.

1) Elektron balans usuli. Bu usul oksidlovchining qabul qilgan va qaytaruvchining bergan elektronlari soni bir-biriga teng bo’lish shartiga asoslangan. Buni bir misolda ko’rib chiqsak. Tenglama tuzish bir nicha bosqichli:

1. Reaksiya sxemasini yozamiz: KMnO4 + HCl = KCl + MnCl2 + Cl2­ + H2O

2. Elementlarning oksidlanish darajasini simvoli ustida ifodalaymiz:

KMn+7O4 + HCl-1 = KCl + Mn+2Cl2 + Cl20­ + H2O

3. Oksidlanish darajasi o’zgaradigan elementlarni aniqlab, ularning oksidlamishida yoki qaytarilish jarayonida chiqargan yoki qabul qilgan elektronlarini aniqlaymiz:  

Mn+7 + 5ē = Mn+2

2Cl-1 - 2ē = Cl20

4. Oksidlovchi va qaytaruvchi tomonidan o’zlashtirilgan va chiqrialgan elektronlar sonini bir xil koeffisiyent bilan tenglamasini tuzamiz. 



Mn+7 + 5ē = Mn+2

2

2Cl-1 - 2ē = Cl20

5

––––––––––––––––––––––––

2Mn+7 + 10Cl-1 = 2Mn+2 + 5Cl20

 5. Tegishli koeffisieyentlarni reaksiyaning boshqa moddalariga ham qo’yib reaksiya tenglamsini tuzamiz:  

2KMn+7O4 + 16HCl-1 = 2KCl + 2Mn+2Cl2 + 5Cl20 + 8H2O

2) Elektron-ion balans usuli (yarim reaksiyalar usuli). Bu usulda oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eritmada ionlar o’rtasida boradi deb qaraladi. Bunda yomOH dissotsilanadigan va cho’kmaga tushgan moddalar ion holda yozilmaydi. Reaksiya tenglamasidagi kislorod va vodorod atomlarini tenglashtirish uchun suv molekulasidan va H+ ioni (kislotali muhitda) yoki OH- ionlari (ishqoriy muhitda) dan foydalanamiz:


2Cl1- –  2ē =

Cl20

 

 5

MnO41- + 8H+

+ 5ē =

Mn2+ + 4H2O

 2

––––––––––––––––––––––––––––––––––––––

10Cl- + 2MnO41- + 16H+ = 5Cl20­ + 2Mn2+ + 8H2O

3) Algebraik (matematik) usul. Bunda reaksiyada ishtirok etuvchi element atomlari soni hosil bo’ladigan mahsulotlarda ham umumiy o’shancha atom sonda qolishini ya’ni massalar Saqlanish qonuninig xususiy holiga asoslanib tuziladi:

KMnO4 + HCl = KCl + MnCl2 + Cl2­ + H2O reaksiyani quyidagicha yozamiz:

aKMnO4 + bHCl = cKCl + dMnCl2 + eCl2­ + fH2O

Bunda quyidagi tengliklar o’rinlidir: a = c, a = d, 4a = f, b = 2f, b = c + 2d + 2e.

Agar a=1 deb olsak, c=d=1, f=4, b=8, 2e=b-c-2d=8-1-2=5 dan e=5:2=2,5 bo’ladi. Lekin 2,5 koeffisiyent o’rniga butun son qo’yish uchun barchasini ikkilantiramiz.

2KMnO4 + 16HCl = 2KCl + 2MnCl2 + 5Cl2 + 8H2O




Download 198.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling