2-Mavzu. Neftni to‘g‘ri xaydash. Reja: Neftdan YoMMlarni olish sxemasi
-rasm. Neftni qayta ishlash qurilmasining sxemasi
2-Mavzu. АТ
1-rasm. Neftni qayta ishlash qurilmasining sxemasi:
|
|
Natijada uning tarkibidagi uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab fraksiyalarga ajratiladi. Fraksiya deb, neftni ma’lum harorat oralig‘ida qaynaydigan bo‘lagiga aytiladi. Pech mazut yoki gaz yordamida qizdiriladi. Тruboprovoddan neft to‘xtovsiz o‘tib turadi va 320÷350 O C gacha qizdirilib bug‘ va suyuqlik aralashmasi holida rektifikatsiyalash kolonnasi (minora)ga tushadi.
Neftni haydash yoki rektifikatsiya qilish maxsus rektifikatsiya minoralarida olib boriladi. Bu minoralar balandligi 35-40m gacha bo‘lib, uning ichida bir necha qator gorizontal joylashgan teshikli to‘siqlar - tarelkalari bo‘ladi. Rektifikatsion kolonnalar neft yoki neft mahsulotlari fraksiyalarining qaynash haroratlariga qarab
ajratish uchun ishlatiladi.
Neftni haydash jarayonida eng yengil neft mahsulotlari rektifikatsiya minorasining yuqori qismidan olinsa, pastga qarab yaqinlashgan sari og‘irroq neft maqsulotlari ajratib olinadi. Ajratib olish jarayoni «rektifikatsiya» deb yuritiladi yoki boshqacha qilib aytganda rektifikatsiya - suyuq moddalarning aralashmalarini qaynash harorati bilan bir-biridan farq qiladigan fraksiyalarga ajratishdir. Rektifikatsion kolonnaga xomashyo kerakli haroratgacha isitilib, bug‘ va suyuqlik aralashmasi holida beriladi.
Neft bug‘lari kolonnaga tarelka teshiklaridan o‘tib yuqoriga ko‘tariladi. Ular yuqoriga ko‘tarilgan sari asta-sekin sovib, qaynash haroratiga qarab tarelkalarning birortasida suyuqlikka aylanadi. Bug‘ yuqoriga ko‘tariladi, suyuqlik esa pastga oqib tushadi. Bug‘lanish va suyuqlanish jarayoni kolonnaning har bir tarelkasida qaytariladi. Suyuqlik bug‘larning fraksion tarkibi kolonnaning balandligi bo‘ylab tinmay o‘zgarib turadi: oqib tushayotgan flegma og‘ir fraksiyalar bilan boyib boradi, bug‘ esa yuqoriga ko‘tarilgan sari yengillashadi.
Neftni qizdirish davrida uning tarkibidagi yengil uglevodorodlar ma’lum bir haroratda ajralib chiqa boshlaydi.
Yengil uglevodorodlar ma’lum bir haroratda ajralib chiqqani bilan baribir oz qismi neft tarkibida qolib ketishi mumkin. Shuning uchun uni yana qaytadan ajratib olishga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida bir jarayon bir necha marta qaytarilishi kerak bo‘ladi.
Download 76.44 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling