2-Mavzu. Neftni to‘g‘ri xaydash. Reja: Neftdan YoMMlarni olish sxemasi


Download 76.44 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi76.44 Kb.
#1387003
  1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu. АТ


2-Mavzu. Neftni to‘g‘ri xaydash.
Reja:

  1. Neftdan YoMMlarni olish sxemasi.

  2. Neftni qayta ishlash jarayonlari.



1.Neftdan YoMMlarni olish sxemasi. Kondan olingan neft qayta ishlash korxonasiga yuborilishidan oldin plast suvlari bilan mineral tuzlardan tozalanadi. Quduqlardan chiqayotgan neft o‘z tarkibida erigan gaz bilan birga har xil miqdorda qatlam suvi, mexanik moddalar (asosan qum zarrachalari) ni ham birga olib chiqadi. Shuning uchun neftni NQIZ ga jo‘natishdan oldin erigan gaz, suv va mexanik moddalardan tozalash kerak. Gazni neftdan ajratib olish uchun gaz ajratgichlardan foydalaniladi. Gazni to‘liqroq ajratib olish uchun ba’zan maxsus isitgichlardan ham foydalaniladi.
Isitgichlardan o‘tgan neftning harorati oshishi natijasida uning tarkibidagi erigan gaz hamda eng yengil uglevodorodlar ajralib chiqadi va ajratib olingan gaz gazni qayta ishlash zavodlariga (GQIZ) yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’molchiga jo‘natilishi mumkin. Erigan gaz, suv va mexanik moddalardan tozalangan neft NQIZ larida qayta ishlash uchun qabul qilanadi. Neftni qayta ishlashning fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud.
2.Neftni qayta ishlash jarayonlari.
2.1.Neftni qayta ishlashning fizik usuli.
Neftni haydash jarayoni, shu jumladan, eng yengil va tiniq neft mahsulotlarini (benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi) olish jarayoni atmosfera bosimi ostida bajariladi. Neftni birlamchi qayta ishlash usuli (haydash usuli) fizikaviy usul bo‘lib, neft tarkibidagi uglevodorodlar qaynash haroratiga qarab ajratiladi. Neftni haydash deganda, uni qaynash darajasigacha qizdirib, tarkibida bo‘lgan uglevodorodlar bug‘ holiga keltiriladi, so‘ngra ular sovitilib, suyuqlikkka aylangach yig‘ib olish tushuniladi. Haydash natijasida distillyat va qoldiq hosil bo‘ladi.
Neftni qayta ishlashning fizik (haydash) usulida murakkab qurilmadan (1. -rasm) foydalaniladi. Qurilma ikkita asosiy apparatdan - neft qizdiriladigan naysimon pech va rektifikatsiyalash kolonnasidan iborat. Naysimon pechning ichida ilon izi shaklidagi uzun truboprovod joylashgan.



1-trubali pech; 2-bug‘latish kolonnasi; 3-rektifikatsiya kolonnasi; 4-yordamchi kolonna; 5-nasos; 6-sovutgich; 7-suv va ifloslarni ushlab qolgich; 8-nasos; 9-sovutgich.




Download 76.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling