2-mavzu: Nutq uslublari. Badiiy uslub


Download 19 Kb.
bet3/4
Sana21.06.2023
Hajmi19 Kb.
#1640668
1   2   3   4
Bog'liq
2. Nutq uslublari

3.Badiiy uslub
Obrazli va emotsional ekspressiv bo’lgan bu nutqda asar, badiiy asarlar yaratiladi. Adabiy til taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`ziga xos uslublari mavjud bo`ladi, chunki adabiy til uslublari tizimida tashkil topgan. Shunga ko`ra adabiy til tarixi, asosan uning uslublari tarixini o`rganishni qamrab oladi. Jamiyatning rivojlanishi bilan bog`liq ravishda har bir davr adabiy til uslublarining miqdori, uning xarakterli xususiyatlari va ular orasidagi o`zaro munosabat o`zgarib turadi. Adabiy til tarixi matnlar tili tarixidan iborat bo`lib, har bir davrga oid bu matnlarning til xususiyatlari bilan ajralib turadigan matnlar guruhini belgilaydi. Ma`lum guruhga kirgan yodgorliklaning til xususiyatlari yig`indisi, umumlashmasi haqida hamda adabiy tilning turlicha uslublari haqida ma`lumot beradi.
Uslub tilning tarixan tarkib topgan bir ko`rinishi bo`lib, o`ziga xos tarkibi birikish xususiyati va nutq vositalari va qo`llash qonuniyatlari bilan ajralib turadi. Adabiy til uslubi - bu ma`lum darajada adabiy til matnlarida o`zining aniq ifodasini topgan uslubiy bo`yoqdor hamda uslub jihatdan betaraf til unsurlarini ongli ravishda tanlash asosida tashkil topgan ma`lum tizimdir. Adabiy til uslublari faqat uning tizimini tashkil etish xususiyatlari jihatidangina emas, balki u yoki bu uslub tizimining yuzaga kelishi uchun asos bo`lgan omillar nuqtai nazaridan ham ajralib turadi. Shu jihatdan dastlab funktsional uslublarni ko`rsatish mumkin. Bu uslublar tizimining xususiyati uning ishlatilishi doirasi, bu uslublarning ijtimoiy qo`llanish sohalari bilan bog`liq. Jumladan, hozirgi o`zbek adabiy tilining publitsistik yoki professional- texnik uslublaridan, boshqa funktsional uslublarda bo`lganidek, til vositalarini tanlash va tartibga keltirish shu matnlarning mazmuni, mohiyatini hamda ishlatilish sohasining o`ziga xos xususiyati bilan bog`langan.
Yozuvchi tomonidan adabiy til va jonli so`zlashuv tilida tanlab olingan barcha til vositalari majmui yozuvchi tilini tashkil qiladi. Yozuvchi tilini o`rganishda asosiy diqqat muallifning adabiy tildan nimalarni o`z asari uchun tanlab olganligiga jalb qilinadi.
O`zbek adabiy tili tarixida yozuvchilarning tili o`rganiladi. Muallif yashagan davr adabiy tili xususiyatlarining aks etishi aniqlanadi. Shuningdek, o`zbek adabiy tili tarixida yozuvchining o`z davri adabiy tilida qanday yangiliklar kiritganligi, uning o`zbek adabiy tilining keyingi taraqqiyotiga qanday ta`sir ko`rsatganligi aniqlanadi. Chunki, tildan foydalanish davomida yozuvchi adabiy til, milliy tilning shakllanishi va taraqqiyot bilan mos ravishda adabiy tilning rivojiga katta hissa qo`shadi. Umumxalq milliy tilini yanada takomillashtirishga ko`maklashadi.
Yozma yodgorliklarning janr xususiyati va nutq vositalarini tanlab ishlatish bilan bog`liq ravishda adabiy til uslublari bir qancha guruhga bo`linadi. O`zbek adabiy tilida quyidagi uslub turlarini ko`rsatish mumkin:
a) Adabiy-badiiy uslub. Bu tur tarkibida nazm uslubi va nasriy uslubning xususiyati bilan bog`liq ravishda bir qancha guruhlar ajratiladi;
b) Ilmiy bayon uslubi. Turlicha fan sohalarining xususiyatlari bilan bog`liq ravishda bu tur ham bir qancha guruhlarga (iqtisodiy fanlar uslubi kabi) bo`linadi;
v) Ijtimoiy-publisistik uslub. Ya`ni turli ijtimoiy-siyosiy mavzularda yozilgan asarlar (maqolalar, ocherklar kabi) uslubi;
g) Ishlab chiqarish texnik uslub. Bunga turli kasblar va texnikaga doir asarlar uslubi kiradi;
d) Rasmiy hujjatlar, maxsus ish yuritish uslubi. Bu o`z navbatida, qonunlar, har xil buyruqlar va farmonlar, ish yuritish hujjatlari kabilar kiradi;
e) Adabiy tilning alohida uslub turi sifatida yozishmalar, nomalar va xatlarga doir uslubini ko`rsatish mumkin.
Adabiy til tarixining turli davrlarida uning uslublari, ularning xizmat doiralari ham o`zgarib turadi. Ammo barcha uslublar uchun o`zbek adabiy tilining grammatik qurilishi va keng iste`molda bo`lgan «betaraf» so`zlar umumiy bo`lib qoladi.
Badiiy adabiyot tili adabiy tilning o`ziga xos xususiyalariga ega bo`lgan ko`rinishlaridan biridir. Badiiy adabiyot tili ham til taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga bo`ysunadi. Tilning aloqa vositasi bo`lishdek asosiy vazifasi, tabiiyki, badiiy adabiyot tili uchun ham zaruriy bo`lib qoladi.
Badiiy adabiyot tilining murakkab va o`ziga xosligi shundaki, u tilning adabiy bo`lmagan xilma-xil ko`rinishlarini, qatlamlarini ham keng ravishda o`ziga singdirib boradi. Shuningdek, badiiy adabiyot tilida adabiy tilning turli-tuman uslublari keng qo`llanishi mumkin. Ma`lumki, umumxalq tilining lug`aviy-iboraviy va grammatik xususiyatlarini hisobga olmay turib, badiiy adabiyot tilining o`ziga xosligini aniqlab bo`lmaydi. hu bilan birga badiiy asar tilida umuman uning obrazlari tizimi asar mazmuniga, janri va uslubiy jihatlariga asoslangan bo`ladi. Badiiy adabiyot tilining eng muhim xususiyati – kishi xarakterining juda ko`p qirralarini to`liq aks etirish, jonli individual nutqning rang-barangligi, bo`yoqdorligi va nozikliklarini mukammal ifodalashdir.
Yozuvchi jonli individual nutqning barcha boyiklariga katta e`tibor beradi. Nutqiy amaliyot malakalarini umumlashtirish asosida uning eng muhim, eng yaxshi, xarakterli xususiyatlarini tanlab oladi. ulardan turlicha foydalanish, obrazlar yaratish, aks ettirishda keng foydalanadi.
Badiiy his-hayajonlik, obrazlilik, ta`sirchanlik kabilar bevosita badiiy adabiyot tiliga xos xususiyatlardir. Badiiy asarning badiiyligi, birinchi navbatda, uning tilida namoyon bo`ladi. Adabiyot asaridan olingan zavq, kishida yuzaga keladigan his-hayajon, har xil tuyg`ular ham uning tili bilan bog`langan. Badiiy asar tilining hayajonliligi esa uning ifodaliligi, ta`sirchanligi bilan, obrazliligi bilan bog`langan. hu jihatdan badiiy adabiyot asarlari til jihatdan tadqiq etilganda, uning ikki tomoniga – yozuvchining tiliga va uning uslubiga ko`proq e`tibor beriladi.
Yozuvchining tili adabiy tildan va jonli so`zlashuv tilidan tanlab olingan til vositalari yig`indisidir. U tasodifiy va begona til unsurlaridan holi bo`ladi. Unda jonli xalq tilining juda ko`p qirralari ifodalanadi. Kuchli badiiylikka erishiladi. Shuning uchun yozuvchi tilini o`rganishda asosiy diqqat uning adabiy tildan nimalarni olganligiga va nimalarni olmaganligiga jalb qilinadi.
Yozuvchining uslubi esa muallifning, yozish, tasvirlash tarzi, usuli, saralab olingan til vositalaridan foydalanish usullaridir. Bunda yozuvchi tanlab olingan til vositalaridan qanday va nima uchun foydalanganligiga e`tibor beriladi. Demak, yozuvchi uslubi – muallifning g`oyaviy dunyoqarashi, adabiy oqimlar, janr, mavzu, asarning g`oyaviy yo`nalishi, muallifning asosiy g`oyasi kabilar bilan o`zaro bog`liq bo`lgan badiiy tasvirlash usulidir.
Badiiy til va uning adabiy bo`lmagan ko`rinishlarining o`zaro bir-biriga ta`siri badiiy adabiyot tilida ochiq ko`rinadi. Bularning hammasi yozuvchining o`z davri tiliga, uning rivojlanishiga katta ta`sir qilishini ko`rsatadi. Xalq tilining boyligini, uning rang-barangligini, qudratini namoyish qiladi. Uni qadrlashga, yana ham e`zozlashga da`vat etadi.

Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling