Mavzu: O’zbek adabiy til me’yorlari Adabiy til – muayyan umumxalq tilining qayta ishlangan va me’yorlash-tirilgan, mazkur tilda soʻzlashuvchi xalqning madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi shakli. "Qayta ishlangan" tu-shunchasi nisbiy (tarixan turli davrlar-da, turli xalqlarda Adabiy til oʻzgarib turgan). Hatto ayrim bir xalqqa ham Adabiy til turli davrda turlicha boʻlgan (mas, qadimgi tur-kiy adabiy til, hozirgi oʻzbek adabiy tili). Ba’zi davrlarda bir xalq uchun boshqa bir xalq tili Adabiy til vazifasini oʻtagan. Mac, fors va turkiylar uchun mumtoz arab tili, yaponlar uchun mumtoz xitoy tili; ba’zi Yevropa xalqlari uchun lotin tili va boshqa Adabiy til boʻlgan.Adabiy til ning ikki – ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Adabiy til ning ikki – ogʻzaki ham yozma koʻrinishi mavjud. Har qanday Adabiy til xalq ogʻzaki nutqi asosida shakllanib, shu xalq tiliga xos shevalarni umumlashti-radi va barcha sheva vakillari uchun tushu-narli shakl oladi. Rivojlangan Adabiy til siz boy madaniyatga ega xalq boʻlishi mumkin emas. Shu ma’noda Adabiy til jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba’zan uni turli koʻrinishlari bilan qorishtirib yuboradilar.
Shu ma’noda Adabiy til jamiyatning dol-zarb muammolaridan hisoblanadi. Adabiy til deganda ba’zan uni turli koʻrinishlari bilan qorishtirib yuboradilar. Xususan, yozma Adabiy til va ogʻzaki Adabiy til hamda badiiy adabiyot tili bilan Adabiy til ni ayni bir deb boʻlmaydi.Adabiy til oʻz mezonlarini egallagan shu tilda soʻzlashuvchilar barchasi uchun bir-dekabr U ham yozma, ham ogʻzaki shakllarda amalda qoʻllanadi. Badiiy asar (yozuvchi) tili ham Adabiy til me’yorlariga boʻysunsada, 181koʻplab xususiylik hamda umum e’tirof etmagan jihatlarni oʻzida mujassam-lashtiradi. Turli xalqlarda hamma dav-rlarda ham Adabiy til bilan badiiy asar tili bir taxlitda boʻlmagan. O’zbek xalq adabiy tilining rivojida Boburning she’riyati va birinchi o`zbekcha nasriy asar “Boburnoma”ning yozilishi, XVIII-XIX asr o`zbek demokratik adabiyotining yirik vakillari Turdi Farog`iy, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Maxmur kabi shoirlarning ijodi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Xalq manfaatini himoya qilgan bu shoirlar, albatta, xalqning ahvolini, turmushi, dard va orzularini yaxshi bilganlar hamda o`z ijodlarida xalq ruhiga mos keluvchi, uning kechinmalarini ifodalovchi, xullas, unga yaqin, xalqona so`z va iboralarni ko`plab qo`llab, adabiy tilni boyitishga, uni xalqqa yaqinlashtirishga xizmat qilganlar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O`rta Osiyo chor Rossiyasiga qo`shib olinishi bilan o`lkadagi ijtimoiy-siyosiy tuzum, umuman, turmush o`zgarib ketdi va o`zbeklar hayotiga ruslar hayoti va iqtisodiyotiga oid ko`plab yangi buyum, jihoz, iste`mol mollari kirib keldi, rasmiy idoralar ish yuritish tartibi o`zgardi, dunyoviy ilmlarni o`qitish dargohlari ochildi. Bularning hammasi o`zbek tilida ko`plab yangi so`zlar va iborlarning ham paydo bo`lishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |