Mavzu: O’zbek adabiy til me’yorlari
Download 236.64 Kb.
|
Adabiy til meyorlari. Tonetik va talaffuz meyorlari-fayllar.org
O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari deb nomlanishi noto‘g‘ri. Meningcha, “To‘g‘ri talaffuz va asosiy imlo qoidalari” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Bu qoidalarga tovush talaffuzi me’yoriy qoidalari, tovush va harflar imlosi bo‘limlarini kiritish lozim. Bu bo‘limlarga: 1) unli tovush va harflar qoidasi; 2) jarangli undoshlar va harflar qoidasi; 3) jarangsiz undosh tovushlar va harflar qoidasi; 4) ovozdor undosh tovushlar va harflar qoidasi tasnifi asosida talaffuz qoidalari, tovush va harf munosabati kiritilsa, ayni muddao bo‘lardi. Asosiy imlo qoidalariga bildirilgan fikrlar va ba’zi e’tirozlar: qoidalar harflar imlosidan boshlangan. Ya’ni “Unlilar va undoshlar imlosi”dan iborat.O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari deb nomlanishi noto‘g‘ri. Meningcha, “To‘g‘ri talaffuz va asosiy imlo qoidalari” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Bu qoidalarga tovush talaffuzi me’yoriy qoidalari, tovush va harflar imlosi bo‘limlarini kiritish lozim. Bu bo‘limlarga: 1) unli tovush va harflar qoidasi; 2) jarangli undoshlar va harflar qoidasi; 3) jarangsiz undosh tovushlar va harflar qoidasi; 4) ovozdor undosh tovushlar va harflar qoidasi tasnifi asosida talaffuz qoidalari, tovush va harf munosabati kiritilsa, ayni muddao bo‘lardi. Asosiy imlo qoidalariga bildirilgan fikrlar va ba’zi e’tirozlar: qoidalar harflar imlosidan boshlangan. Ya’ni “Unlilar va undoshlar imlosi”dan iborat. Unlilar imlosi. Aa harfi old qator keng unlisini ifodalash uchun yoziladi. So‘zlarda “a” deb aytiladi va yoziladi deya ta’rif berilgan. Ba’zi so‘zlarda-chi? Bastalama, arazlama, taomil, murojaat, taassurot, taajjub so‘zlarida-chi? Aa tovushi o‘zbek shevalarida, ko‘plab so‘zlar talaffuzida buzib aytiladi. Bu holatni to‘g‘ri imloga keltirish uchun ko‘plab ta’rif va izohlar kerak. Masalan: aka (oka), maktab (metab), bahor (bohor). [o] unlisi ham ochiq va keng talaffuz etiladi. So‘zlardagi “o” tovushi so‘z boshida, o‘rtada, oxirgi bo‘g‘inda kelgan, oldida boshqa tovushlar atrikulyatsiyasi vaqtida talaffuz me’yorlari o‘zgarib ketadi. Masalan: taom, oybaldoq, oshqovoq, soatsoz, toponomik. [i] unlisi oldi qator unli tovushidir. Lekin uning qisqa va me’yoriy talaffuz shakllari mavjud. So‘zlar artikulyatsiyasi vaqtida ba’zan qisqa va cho‘ziq talaffuz etiladi. Masalan: kitob, kino, intilish, intiqlik, yigirma. Talaffuz normalari imloda yozilishi bilan qiyoslanmagan. [u] so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi. Bu tovush tor va keng talaffuz etilsa, uni izohlash lozim. Misollar bilan bu tovush talaffuzida qattiq va yumshoq “u” ham mavjud. Bu hol izohlanmagan. [o‘] so‘zlarda orqa qator o‘rta keng unlini ifodalash uchun yoziladi. Masalan: o‘t, o‘q, o‘zbek... Bu tovushning so‘zlar artikulyatsiyasida til oldi va til orqasida hosil bo‘lish hollari mavjud. Masalan: xo‘roz, qo‘shiq. [e] unlisining talaffuzi va harfiy holatida muammo yo‘q. To‘g‘ri berilgan. Yonma-yon kelgan unlilar imlosi ham izohlangan. Bu holat imlo uchun ahamiyatlidir.Unlilar imlosi. Aa harfi old qator keng unlisini ifodalash uchun yoziladi. So‘zlarda “a” deb aytiladi va yoziladi deya ta’rif berilgan. Ba’zi so‘zlarda-chi? Bastalama, arazlama, taomil, murojaat, taassurot, taajjub so‘zlarida-chi? Aa tovushi o‘zbek shevalarida, ko‘plab so‘zlar talaffuzida buzib aytiladi. Bu holatni to‘g‘ri imloga keltirish uchun ko‘plab ta’rif va izohlar kerak. Masalan: aka (oka), maktab (metab), bahor (bohor). [o] unlisi ham ochiq va keng talaffuz etiladi. So‘zlardagi “o” tovushi so‘z boshida, o‘rtada, oxirgi bo‘g‘inda kelgan, oldida boshqa tovushlar atrikulyatsiyasi vaqtida talaffuz me’yorlari o‘zgarib ketadi. Masalan: taom, oybaldoq, oshqovoq, soatsoz, toponomik. [i] unlisi oldi qator unli tovushidir. Lekin uning qisqa va me’yoriy talaffuz shakllari mavjud. So‘zlar artikulyatsiyasi vaqtida ba’zan qisqa va cho‘ziq talaffuz etiladi. Masalan: kitob, kino, intilish, intiqlik, yigirma. Talaffuz normalari imloda yozilishi bilan qiyoslanmagan. [u] so‘zlarda orqa qator tor unlini ifodalash uchun yoziladi. Bu tovush tor va keng talaffuz etilsa, uni izohlash lozim. Misollar bilan bu tovush talaffuzida qattiq va yumshoq “u” ham mavjud. Bu hol izohlanmagan. [o‘] so‘zlarda orqa qator o‘rta keng unlini ifodalash uchun yoziladi. Masalan: o‘t, o‘q, o‘zbek... Bu tovushning so‘zlar artikulyatsiyasida til oldi va til orqasida hosil bo‘lish hollari mavjud. Masalan: xo‘roz, qo‘shiq. [e] unlisining talaffuzi va harfiy holatida muammo yo‘q. To‘g‘ri berilgan. Yonma-yon kelgan unlilar imlosi ham izohlangan. Bu holat imlo uchun ahamiyatlidir. Download 236.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling