Mavzu: O’zbek adabiy til me’yorlari


Download 236.64 Kb.
bet2/9
Sana20.10.2023
Hajmi236.64 Kb.
#1711106
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Adabiy til meyorlari. Tonetik va talaffuz meyorlari-fayllar.org

O`sha davr shoirlari va tarjimonlari ijodida manashu jarayon yaqqol o`z ifodasini topgan. Masalan, Furqatning “Vistavka xususinda”, “Gimnaziya”, “Royal xususinda” kabi masnaviylari, Muqimiyning “Hajvi Viktor boy”, “Veksil”, “Moskovchi boy ta’rifida”, “Ta’rifi pech”, Zavqiyning zamon o`zgarishlarini aks ettiruvchi turkum she’rlarida qo`llangan telegraf, telpon, pech, dabernas (доверенность), bo`lus (волость), kontur, chas (часть), samovar, suruk (срок), do`g`ma (дума), davay, kalish, gazetxona, fonus, purjina, uyoz, shapka, piyon, zovut, kupes so`zlari haqiqatan fikrimizning isbotidir.
Til ijtimoiy ongning ko`rinishlaridan biri, jamiyat a’zolari orasida kommunikatsiyaning eng muhim omili bo`lgani uchun uning rivojlanishi ham o`z navbatida yana shu ijtimoiy hayot bilan, bu hayot egalarining aqliy, ilmiy, madaniy saviyalari, shu hayot asosidagi iqtisodiyotning ham rivoji bilan uzviy bog`liq. Shu jihatdan olganda Oktabr inqilobiy to`ntarishidan keyingi sovet tuzumi davrida sobiq SSSR tarkibida XX asrning 90-yillarigacha bo`lgan O`zbekistonda hayotning tubdan o`zgargani, hokimiyatning mehnatkash qo`liga o`tgani hamda xalqni savodli, ilmli, sog`lom bo`lishi, erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqli bo`lishlariga ko`p ahamiyat qaratildi. Shu bilan birga, xalqning diniy e’tiqodlari, o`ziga xos milliy udumlariga, tiliga, aksincha, e’tibor kamaydi; chunki bu zamonda tabiat va jamiyat qonunlari materialistik falsafaga suyanib ish ko`rar edi. SSSRdagi barcha respublikalar, jumladan, O`zbekistonda ham “qardoshlik va birodarlik tili” bo`lgan rus tilining ta’siri kuchli edi.

Eng avvalo, rus kirill grafikasi asosidagi alfavitga o`tildi, undan keyingi yillarda esa sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, madaniyat va san’at, ilm-fanning tez sur’atlardagi taraqqiyoti bilan bog`liq holda rus tilidan bevosita va bilvosita Yevropa tillaridan ko`plab so`zlar, affikslar hamda qisqartmalar o`zlashtirila boshlandi. Ruscha va internatsional so`zlar hisobiga bu davrda o`zbek tili beqiyos darajada boyidi.
Hatto rus tili O`zbekistonda aholining ikkinchi tiliga aylandi, bilingvizm yuzaga keldi. Bu o`zbek tilining tashqi omil hisobiga boyishi edi. Ichki omillar hisobiga tilimizning o`zgarib, boyib boorish jarayoni esa susayib ketdi. Ayniqsa, milliy turmush tarziga xos so`zlar, iboralar, murojaat so`zlari, qo`shimchalar qo`llanishdan chiqib bordi. Masalan: rag`at (muhit), imlama mehmondorchilik, iskart (o`lchov, me’yor, chegara), avsat (to`n) – o`rtahol (to`n), arrapusht (umurtqa suyagi), imoratsoz, sandiqzada, porom, po`kach, kursi, bozorchi, kosib, chilangar, qandolatpaz, g`oyibona, nuridiyda, toqati toq, doli guliga kelibdi kabi.


Download 236.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling