2-Mavzu: odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, rivojlanish tarixi, bo’limlari, qonuniyatlari va asosiy fiziologik tushunchalar


Download 226.02 Kb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi226.02 Kb.
#1162000
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 var. 1sav


2-Mavzu: ODAM FIZIOLOGIYASI FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI, RIVOJLANISH TARIXI, BO’LIMLARI, QONUNIYATLARI VA ASOSIY FIZIOLOGIK TUSHUNCHALAR.
(2-SOAT).
REJA:

  1. Fiziologiya fanining predmeti,tarixi, maqsad va vazifalari.

  2. Fiziologiya fanining bo’limlari va boshqa fanlar bilan aloqasi.

  3. Fiziologiyaning tekshirish metodlari va rivojlanish tarixi.

4. Fiziologiyaning asosiy qonuniyatlari.
5. Organizm va tashqi muhit, biologik jarayonlar.
Tayanch tushunchalar: Organizm, muhit, hujayra, to’qima, metabolizm, organ, o’sish, rivojlanish, ko’payish, gomeostaz, modda almashinuvi, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, qo’zg’alish, fiziologiya, to’qima, muskul, nerv, evolyutsiya, individual, vitamin, gormon, raxit, singa, insulin, fistula, refleks. Adabiyotlar: 1-(5-25); 2-(5-17).
Odam fiziologiyasi fanining predmeti. Odam fiziologiyasi - inson organizmida, uning hujayralari, to’qimalari, organlari va alohida organlar tizimida kechadigan barcha hayotiy jarayonlar, ularning mohiyati, sodir bo’lishi va mexanizmlarini o’rganib, biologik fanlarning eng muhim bo’limlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Fiziologiyaning vazifasi odam organizmida kechadigan hayotiy jarayonlarni o’zaro bog’langan holda tekshirish, hodisalar o’rtasidagi sababli bog’lanishlarni ochish, ularga xos umumiy qonuniyatlarini aniqlash, bu qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishini aniqlash, tashqi muhitning turli sharoitlarida organizmda kuzatiladigan o’zgarishlarning yuzag’a chiqish jarayonini ko’zdan kechirishdan iboratdir.
1Fiziologiya - tirik organizmda kechayotgan jarayonlar va ularni o’rab turgan muhitda hayot kechirishga moslashishini ta’minlovchi jarayonlar haqidagi fandir. Fiziologiya odam yaxlit organizmida va uning a’zolari, to’qima, hujayralar hamda ularning tuzilish birliklarini tashkil qiluvchi qismlarida bajarilayotgan vazifalar bo’yicha qonunlarni o’rganadi.
Fiziologiya—eksperimental fan sifatida laboratoriyada turli hayvonlar organizmida kechadigan fiziologik jarayonlarni o’rganib, ulardan olinadigan natijalar insoniyatni sog’lomlashtirish uchun xizmat qiladi. Klassik biologiyada eksperimentlar ikki turda: o’tkir va surunkali tajribalar orqali bajariladi.
O’tkir tajribalarda odatda hayvon hushsizlantiriladi yoki qimirlay olmaydigan holatga keltirilib, jarrohlik amaliyotlari o’tkaziladi va tajriba oxirida esa hayvon so’yiladi.Mazkur jarayon hayvonlar hayotini saqlab qolish qoidalariga rioya qilinmagan holda amalga oshiriladi. O’tkir tajribalarda hayvonning o’rganilayotgan organi, unga kelayotgan nerv tolalari va qon tomirlari ochiladi. Bir qator o’tkir tajribalarda a’zolar maxsus usullar yordamida to’qimalar hayot faoliyati, mu’tadil moddalar almashinuvini saqlash yo’li bilan ajratib qilinadi. Surunkali tajribalar esa hayvon organizmi hayotiga hech qanday xavf tug’dirilmasdan, ma’lum vaqt mobaynida laboratoriya yoki maxsus joylarda amalga oshiriladi.
Odamlar va hayvonlarning bosh miya, yurak, qon tomirlari, nafas a’zolari, skelet mushaklari va boshqa a’zolari fiziologiyasini, o’rganilayotgan ob’ektning hayot kechirish tarziga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan, tashqi yuzaga mahkamlangan yoki ichki a’zolarga kiritilgan radiouzatgichlar yordamida tadqiqot ishlarini olib borish mumkin. Bundan tashqari zamonaviy fiziologiyada organlar faoliyati va ularning vazifalarini o’rganishda modellashtirish metodlari ham keng qo’llanilmoqda.
Modellar -maxsus apparatlar bo’lib, fiziologik jarayonlarni yozib oladi yoki vazifalar tabiiy sharoitda bajariladi. Kichik modellardan foydalanish yoki modellar fiziologik gipoteza va nazariyalarni to’g’riligini organizmdan tashqarida tekshirib ko’rish imkonini beradi va o’rganiladigan jarayon va vazifalarni bajarilishi bo’yicha tabiat qonunlariga qanchalik to’g’ri kelishi haqida yangi yechimlarni to’ishda, ya’ni yangi fiziologik qonunlarni ochish uchun katta ahamiyatga ega. Masalan, asab tizimi, asab hujayralari, sezgi a’zolari, skelet mushaklari faoliyatining sun’iy elektron modellari yaratilgan. Modellashtirish muhim amaliy ahamiyatga ega, ya’ni kibernetik mashinalardan aqliy va jismoniy mehnat qurollari sifatida foyda-lanilmoqda, tibbiyotda esa ayrim a’zolarni vaqtinchalik almashtiradi. Masalan, hisoblash mashinkalari, matnlarni bir tildan ikkinchi tilga o’girish, harakat reaksiyalarining yuzaga kelish va davomiylik tezliklarini aniqlash, qonning kislorod bilan to’yinishi, eritrositlar miqdorini aniqlash, yurak-o’pka apparati, sun’iy buyraklar va h.k.

Download 226.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling