Ichki auditoriya - hamkasblar, siz bilan bir kompaniyada ishlaydiganlar, har bir kishi bir-birini biladigan auditoriya, ko’plab norasmiy aloqalar mavjud bo’lgan jamoadir. Biz ular uchun korporativ tadbirlar, yubileylar va bayramlarni o’tkazamiz. Korporativ tadbirlar o’z xodimlaringizga ajoyib motivatsiya berish imkoni ekanligini unutmang, bu jamoani mustahkamlash uchun an’anaviy vositasidir. Ular kompaniyaning missiyasi, maqsadlari va yutuqlarini to’g’ridan-to’g’ri etkazish imkonini beradi.
Tashqi auditoriya bu dilerlar, hamkorlar, kompaniya mijozlari, potensial mijozlar, va tanishish kerak bo’lgan shaxslar bilan uchrashishi imkonini beruvchilardir. Ular uchun konferensiyalar, seminarlar, taqdimotlar va matbuot anjumanlarini o’tkaziladi.
Ko’pincha bitta o’q bilan ikkita quyonni otishga harakat qilinadi: auditoriyani birlashitrish: bu ichki va tashqi auditoriya uchun tadbir o’tkazishdir. Bu xavfli harakat bo’lishi mumkin, unda ishtirokchilarning turli manfaatlarda bo’lishi mumkin. bunday holatda esa hech bir auditoriyani ko’nglini olish, ya’ni ehtiyojini qondirish imkonini bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |