2-mavzu. O‘rta Osiyoning gidrologik xususiyatlari


Download 30.24 Kb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi30.24 Kb.
#1413350
1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу

4. O‘rta Osiyoning suv balansi tenglamasi. O‘rta Osiyoning tog‘li qismi bilan tekisliklar qismining gidrologik xususiyatlari bir-biriga qarama-qarshidir. Buni suv muvozanati tenglamasi yordamida ayniqsa yaqqol ko‘rish mumkin. Tog‘li qismining suv muvozanat tenglamasini quyidagicha ifodalasa bo‘ladi: X = Z+Y2+W2
bu yerda: X – yog‘inlarning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori, Z - o‘rtacha ko‘p yillik bug‘lanish miqdori, Y2 – tog‘lardan tekisliklarga oqib ketgan oqar suvning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori, W2 – yer osti orqali oqib ketgan oqim miqdori.
Bu tenglamadan ko‘rinib turibdiki, tog‘lardagi namlik zapasi faqat yog‘inlardan iborat bo‘lib, uning bir qismi tog‘larning X= Z+ Y2
Tekisliklar uchun suv muvozanati tenglamasini quyidagicha tuzish mumkin: X+Y =Z bu yerda: X – tekisliklarga yog‘adigan o‘rtacha ko‘p yillik yog‘in miqdori, Y – tog‘lardan kelgan oqar suvning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori, Z – tekisliklar yuzasida bug‘lanadigan namlikning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori.1
5. Hududning oqim hosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra bo‘linishi.
V.L. Shuls O‘rta Osiyo xududini uch oqim oblastiga bo‘lgan: 1. Oqim hosil bo‘lish oblasti, bu oblast tog‘larga to‘g‘ri keladi; 2. Oqim tarqalish oblasti, bu oblast tekisliklar hududining tog‘lardan kelgan suvlarni qaytadan atmosferaga bug‘latib yuboradigan qismiga to‘g‘ri keladi; 3. Oqimning muvozanatlik oblasti, ya’ni daryo va soylardan maxrum bo‘lgan oblasti.
Oqimning hosil bo‘lish oblastida yog‘inning miqdori bug‘lanish miqdoridan katta (X > Z), oqimning tarqalish oblastida, aksincha yog‘in miqdoriga nisbatan bug‘lanish ko‘proq (X < Z), oqimning muvozanatlik oblastida esa yog‘in bilan bug‘lanish taxminan bir biriga (X=Z) teng bo‘ladi.

Sinov savollari:
1. O‘rta Osiyo xududi bo‘yicha gidrografik tarmoqlarning notekis taqsimlanganligi sababi nimadan iborat?
2. O‘rta Osiyo tekislik qismining gidrologik xususiyatlari nimadan iborat?
3. O‘rta Osiyo tog‘li qismining gidrologik xususiyatlari nimadan iborat?
4. Tekislik va tog‘li qismlarning suv muvozanati tenglamalari qanday farqlanadi?
5. V.L.Shuls O‘rta Osiyo xududini qanday oqim havzalariga taqsimlaydi?
6. Yog‘in miqdorini belgilovchi omillarni ayting.
7.. Yog‘in miqdorini o‘lchash aniqligi qanday omil­larga bog‘liq bo‘ladi?
8. Qanday yog‘in turlarini bilasiz?
9. Yomg‘irning yog‘ish jadalligi qanday aniqlanadi?
10. Yog‘in me’yorini aniqlashda nimalarga e’tibor berish lozim?
11. Daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlash­ning qanday usullarini bilasizm
12. Daryo oqimining hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillarni sanab bering.
13. Iqlimiy omillar daryo oqimining hosil bo‘lishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
14. Tog‘ daryolari oqimining hosil bo‘lishida relefning ta’siri nimalarda aks etadi?
15. O‘rta Osiyo misolida daryo oqimiga antropogen omillar ta’sirini yoritib bering.


1 1. Расулов А.Р., Ҳикматов Ф.Ҳ., Айтбоев Д.П. Гидрология асослари.-Тошкент Универ­ситет, 2003.
2. Шульц В.Л. , Машрапов Р. Ўрта Осиё гидрографияси.–Тош­кент. Ўқитувчи, 1969 й.
3. C.D. de Jong., G. Lachapelle., S. Skone., I.A. Elema. Hydrography. – Gollandiya. DUP Blue Print. 2010 y



Download 30.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling