2-mavzu. O‘rta Osiyoning gidrologik xususiyatlari


Download 30.24 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi30.24 Kb.
#1413350
1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу

Jala yomg‘irlar nisbatan qisqa vaqt davomida, lekin katta jadallikda yog‘adi. Jala yomg‘ir tushunchasi shartlidir. Masalan, Rossiyada yog‘ish jadalligi i=0,5 mm/min shartini bajargan yomg‘irlar jala yomg‘ir deb qabul qilinsa, AQShda esa i=1,28 mm/min sharti qabul qilingan.
Yog‘in me’yori ma’lum meteorologik stansiyada uzoq yillar davomida olib borilgan kuzatishlar asosida o‘rtacha arifmetik qiymat sifatida aniqlanadi. Gidrologik hisoblashlarda daryo havzasiga yoqqan yog‘in qatlamini aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Gidrologik nuqtai nazaridan qaraganda O‘rta Osiyo tekisliklarining xususiyati yog‘inning g‘oyat darajada oz yog‘ishiga va yil davomida bir tekisda tushmasligidadir: tekisliklar hududiga o‘rtacha hisobda yiliga 173 mm miqdorida yog‘in yoqqani holda, uning 20 % qismiga 100 mm dan, qolgan qismiga esa 300 mm dan kam yog‘in yog‘adi. Yog‘inning kam yog‘ishi va sovuq kunlarning iliq kunlar bilan almashib turishi natijasida O‘rta Osiyo tekisliklarida qor uzoq yotmaydi.
O‘rta Osiyoning tog‘laridan iborat janubi-sharqiy qismi iqlimga, yuqorida aytib o‘tilgandek, relef, birinchi navbatda, absolyut balandlik juda zo‘r ta’sir ko‘rsatadi: absolyut balandlikning ortib borishi bilan tobora ko‘proq yog‘in yog‘adi, havo sovuqroq keladi, natijada qalin qor qoplami hosil bo‘ladi va ko‘proq turadi. O‘rta Osiyo tog‘larining turli joyiga turli miqdorda yiliga 60 mm dan 2500 mm gacha yog‘in yog‘adi, bu esa tekisliklardagigi nisbatan 3,5 marta ko‘p demakdir. Relef yog‘in miqdorigagina emas yil davomida taqsimlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi: O‘rta Osiyo tog‘larida tekisliklardagiga qaraganda yog‘in ancha tekis taqsimlangan, ya’ni yilning har bir oyiga nisbatan bir hil miqdorda yog‘in yog‘adi. Tog‘ sistemalarining ichki qismlarida esa, hatto yoz oylarida ko‘roq yog‘in yog‘ishi kuzatiladi. Bu esa tog‘ sistemalarining ichki qismlarida yoz oylarida kondensatsiya nuqtasining ancha yuqori darajada bo‘lishi oqibatidir.
Yoz oylarida ko‘proq yog‘in yog‘adigan rayonlarga Markaziy Tyanshan va Sharqiy Pomir tog‘lari kiradi: bu rayonlarda yillik yog‘inning 60 % va undan ham ko‘proq qismi yoz oylarida yog‘adi. Bu yerlarda yozda ko‘proq yog‘in yog‘ishiga yana bir sabab qorlar erib tugagan maydonlar yuzasidan yoki suv yuzasidan bo‘ladigan intensiv bug‘lanishdir. Bu bug‘lanish evaziga hosil bo‘lgan yog‘in qaytadan asosan shu joylarning o‘ziga yog‘adi. Bunga misol sifatida Issiqqo‘l havzasini ko‘rsatish mumkin. Bu yerda ko‘l yuzasidan bo‘ladigan kuchli bug‘lanish va, shuningdek, bahorning ikkinchi yarmi va yozda termik konveksiyaning avj olishi tufayli ayrim joylarda yillik yog‘in miqdorining 80% may-avgust oylariga to‘g‘ri keladi.
Tog‘larda balandlikning ortishi bilan havo temperaturasi ham o‘zgarib boradi, natijada turlicha balandlikda temperatura turlicha bo‘ladi. Shunga ko‘ra, daryoning suv yig‘ilish maydoning pastroq joylarida havo oldinroq isiydi va qor bilan muz ham oldinroq eriydi, keyin bu jarayonlar badand joylarga tomon asta sekin ko‘tarila boradi. Buning natijasida, va shuningdek, ko‘pchilik rayonlarda juda qalin va katta qorliklar mavjud bo‘lganligi tufayli tog‘larda qorning erishi anchagacha cho‘zilib ketadi va shuning uchun ham tog‘ daryolarida to‘lin suv davri juda uzoq davom etib, odatda nisbatan past bo‘ladi.
Bug‘lanish– suv balansi tenglamasining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik ko‘llar-Kaspiy dengizi, Orol dengizi va boshqa berk suv havzalarida ularga kelib qo‘shiladigan deyarli barcha suvlar faqat bug‘lanishga sarflanadi. Bug‘lanish suv omborlarida ham balansning katta qismini tashkil etadi. Masalan, O‘rta Osiyoning tekislik hududidagi suv omborlarida bug‘lanish qatlami 1200-1600 mm ni tashkil etadi.
Bug‘lanishning mohiyati shundan iboratki, suyuq yoki qattiq holatdagi suv gaz (bug‘) holatiga o‘tadi. Bug‘lanish jadalligi bug‘lanuvchi yuzaning haroratiga bog‘liq. Temperatura qancha katta bo‘lsa, suv molekulalari shuncha tez harakat qilib, o‘zaro molekular tortishish kuchini yengadi va atmosferaga o‘tadi. Shu tarzda bug‘langan suv molekulalarining bir qismi balandlikka ko‘tarilish jarayonida to‘yinish nuqtasiga yetib, o‘zaro birlashadi va og‘irlik kuchi ta’sirida yer sirtiga tushadi. Bu jarayon kondensatsiya deyiladi.
Suv molekulalari atmosferaga o‘tgach, gravitatsion kuchlar ta’sirida yuqoriga ko‘tarila boshlaydi. Ularning o‘rnini esa suv yuzasidan yangi ajralgan molekulalar egallaydi. Bu jarayon diffuzion bug‘lanish deyiladi.
Agar bug‘lanuvchi yuzaga yaqin balandlikda ma’lum omillar(shamol, temperatura farqi) ta’sirida yuzaga kelgan ko‘tariluvchi yoki pasayuvchi havo oqimlari mavjud bo‘lsa, bug‘lanish jadallashadi. Bu jarayon konveksion bug‘lanish deyiladi.
Bug‘lanish jadalligi namlik yetishmasligiga bog‘liq. Namlik yetishmasligi(d) berilgan temperaturada havoda mavjud bo‘lgan suv bug‘larining miqdori-mutlaq namlik(ye200) bilan shu temperaturada to‘yingan suv bug‘lari(ye0) farqi sifatida aniqlanadi:
d = ye0 - ye200 .

Download 30.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling