Innovatsiya vazirligi


Download 1.12 Mb.
bet1/15
Sana09.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1474014
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
DILAFRUZXON


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA FAN,
INNOVATSIYA VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


TABIIY FANLAR FAKULTETI


BIOLOGIYA KAFEDRASI
5110400-Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi II kurs
201-guruh talabasi
VOHIDJONOVA DILAFRUZXONNING
BOTANIKA FANIDAN
«O’SIMLIKLARNING NOQULAY SHAROITGA CHIDAMLILIGI »
Mavzusida tayyorlagan


KURS ISHI


Ilmiy rahbar: X.O’rmanov


Qo’qon – 2023

MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………...…..3
I BOB O'SIMLIKLAR CHIDAMLILIGI VA HIMOYALANISH
FIZIOLOGIYASI.
1.1.O’simliklarning qurg’oqchillikka chidamliligi………………………….….5
1.2. O’simliklarning past haroratga chidamliligi……………………………...12
II BOB . O`SIMLIKLARNING QIShGA va gazlarga chidamliligi.
2.1. O’simliklarning qishga chidamliligi.…………………………………...….14
2.2. O’simliklarning radiatsiya va kislorod yetishmasligiga chidamliligi……………………………………………………………….………18
XULOSA…………………………………………………………...…………….27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………..……………………………28
ILOVALAR………………………………………………………………………30

KIRISH.
Botanika - tiriklikning bir qismi bo‘lgan o‘simliklarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi. «Botanika» so‘zi yunoncha «botane» so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘kat, o’t degan ma’noni bildiradi. Hozirgi kunda planetamizda 500 millionga yaqin o‘simlik turlari bo‘lib, planetamizning hamma joyida: 149 mln km2 iborat quruqlikda hamda 361 mln km2 maydonni egallagan okean va dengizlardan tashkil topgan suvliklarda keng tarqalgandir.
Mana shu o‘simliklaming morfologik va anatomik tuzilishini, ularni tashqi muhit bilan hamda o'zaro munosabatlarini, ularda yuz beradigan barcha hayotiy jarayonlar: oziqlanish, fotosintez, nafas olish, ko’rpayish, transpiratsiya, moslashish kabi tiriklik xususiyatiarini, ulami evolutsion taraqqiyot jarayonidagi rivojlanishi hamda yer yuzi bo‘ylab tarqalish qonuniyatlarini, bu o‘simliklarni yaqin va uzoq belgilariga asoslanib filogenetik sistemaga solishni, o‘simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish yo‘llarini botanika fani o‘rganadi.
Kurs ishi maqsadi Qurg'oqchilik, o'simliklar gormonlar sistemasida ham bir qator sezilarli o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday o'zgarishlarga o'simlik o'sishini jadallashtiradigan auksin,sitokinin, gibberellin hamda fenol tabiatli o'sishni tezlashtiradigan moddalar miqdorining kamayishini, ABK va etilen gormonlari miqdorining oshishini ko'rsatish mumkin. Bunda ayniqsa qurg'oqchilikning boshlang'ich davrlarida, o'simliklarda o'sishni to'xtatuvchi gormonlar miqdorining oshishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, o'simlik suv bilan muqobil taminlanmaganda barg og'izchalarining tezda yopilish xususiyati shu o'simliklarda bir necha daqiqa davomida juda ko'p marta ko'payib ketadigan ABK gormonining miqdoriga bog'liqdir.:
Kurs ishi vazifasi: Umuman qurg'oqchilik sharoitida o'simlik to'qimalaridagi ABK gormonining miqdori uning suvlilik holati 1 gr og'irligiga nisbatan bir soatda o'rtacha 0,15 mikrogrammgacha ortishi mumkin. O'simlik tuqimalarida ABK gormonining ko'payishi natijasida vujudga kelgan barg og'izchalarining yopilishi holati esa ular orqali bo'ladigan bug'lanish natijasida sarflanadigan suv miqdorini anchagina kamaytiradi. Shuningdek, ABK prolin sintezini tezlashtiradi, bu esa oqsillarning sersuvlanishiga sabab bo'ladi. Bu holat ham hujayrada suvning ma’lum miqdorda saqlanib qolishiga sabab bo'ladi.
Mavzuni dolzarbligi: Suv tanqisligi sharoitida o'simlik to'qimalarida etilen gormonining ko'p miqdorda hosil bo'lishining asosiy sababi, bu suv yetishmasligi natijasida ushbu moddaning hosiladori bo'lgan 1-aminosiklopropankarbon kislotasi sintezining jadallashishidir. Chunki o'simlik to'qimalarida etilen gormoni erkin holda bo'lmaydi va u faqat zarur hollardagina to'qimalarda doimiy ravishda harakatlanuvchi 1-aminosiklopropankarbon kislotasidan sintezlanadi. Shuningdek qurg'oqchilik natijasida, o'simliklarda o'simlik o'sishini to'xtatuvchi fenol tabiatli moddalar miqdorining o'zgarishi ham ro'y berishi mumkin.
Kurs ishi predmeti: Qurg'oqchilik sharoitlarida o'simliklarga auksin, sitokinin yoki gibberellin kabi o'sish gormonlari eritmasini sepish mumkin emas. Chunki bunda qurg'oqchilikning salbiy ta’siri yanada kuchayadi. Ammo qurg'oqchilikdan so'ng o'simlik o'z holatini tiklash vaqtida ularga sitokinin gormoni eritmasini sepish maqsadga muvofiqdir, chunki u ma’lum miqdorda o'simlikning o'z holatini tiklashga yordam beradi.
Kurs ishi obyekti: Issiqqa chidamlilik. Bu xususiyat o'simliklarning havo harorati haddan tashqari yuqori bo'lganda ularning ortiqcha qizishga chidamliligidir. Odatda ko'pchilik o'simliklarning tana haroratlari 40°C va undan yuqori bo'lganda ulardagi fiziologik funktsiyalar buziladi hamda u nobud bo'ladi. Bunda birinchi navbatda plazmolemmaning tuzilma tarkibi buziladi va hujayraning osmotik xossalari o'zgaradi. Ammo o'simliklar olamida yuqori haroratga (60-65°C), chidamli o'simliklar turlari ham mavjud. Masalan, semizdoshlar oilasining vakillari, xususan kaktus, aloe kabi o'simliklar shular jumlasidandir. Bizning sharoitimizda Respublikamizning texnik ekinlaridan g'o'za, sholi, kanakunjut o'simliklari ham issiqqa chidamli hisoblanadi. Kurs ishi muammosi: O'simlikning yuqori shohlarida joylashgan barglardagi barg og’izchalari suv etishmagshan holatda ko'proq ochiq holda bo'ladi. Bu holat bir tomondan fotosintez jarayonini qo'llab tursa, ikkinchi tomondan hujayra shirasi konsentratsiyasining oshishiga ta'sir qiladi. Bu esa o'z navbatida yuqorida joylashgan barglarning, pastda joylashgan barglar tarkibidan suvni tortib olishiga olib keladi.Yuqoridagi holatlar ko'pgina kserofit o'simliklar barg tuzilishiga xos bo'lganligi sababli bu tuzilish kseromorf tuzilish deb ataladi.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling