Mavzu: O’pkaning tiriklik sig’imi, o’pka ventelatsiyasi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilarda nafas ko’rsatkichlari Darsning maqsadi
Download 221.76 Kb.
|
12-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar va reaktivlar
Mavzu: O’pkaning tiriklik sig’imi, o’pka ventelatsiyasi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilarda nafas ko’rsatkichlari Darsning maqsadi: O‘pkaning tiriklik va umumiy sig‘imi haqida tushunchaga yega bo‘lish: O‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlashni o‘rganish. O‘pkaning tiriklik sigimi yashash sharoitiga, sport bilan shugullanishiga bog‘liq yekanligini bilish nafas olish a’zolari gigiyenasiga rioya yetish. Kerakli jihozlar va reaktivlar: Spirometr asbobi, suv, spirt, paxta. Har bir nafas olganda o‘pkaga qabul qilinadigan va undan chiqariladigan havoga nafas havosi deyiladi. U odamlarda o‘rtacha 0,5 l teng. Chuqur nafas olganda, nafas havosi bilan odamlar 1,5 l gacha, havoni o‘pkaga olishi mumkin. Bunga qo‘shimcha havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgan paytda chiqariladigan havo bilan birga odamlar 1,5 l gacha, havo chiqara oladilar. Bunga rezerv-zahira havo deyiladi. Nafas havosi, qo‘shimcha va rezerv havolarning yig‘indisi o‘pkaning tiriklik sig‘imi deyiladi. O‘pkaning tiriklik sig‘imi odamlarda 3-4, sportchilarda 5-6 l tashkil qiladi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini spirometr degan asbob yordamida aniqlash mumkin.O‘pkaning tiriklik sig‘imidan tashqari uning umumiy sig‘imi ham farq qilinadi. Gap shundaki, chuqur nafas chiqarilgandan keyin ham, ma’lum miqdorda, havo qoladi, bunga qoldiq havo deyiladi. Qoldiq havoning miqdorini aniqlash ancha murakkab va mushkul, buning uchun bevosita usullar qo‘llaniladi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini tashkil qiladigan havo bilan qoldiq havo yig‘indisiga o‘pkaning umumiy sig‘imi deyiladi. Qayd qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, odatdagiday nafas olayotganda, o‘pkada, alveolalarda rezerv havo bilan qoldiq havo bo‘ladi. Shu sababli bu havolarning yig‘indisiga alveola havosi deyiladi, uning miqdori odamlarda 3,0-3,5 l atrofida bo‘ladi. O‘pkaning tiriklik va umumiy sig‘imi organizmning fiziologik holatiga, ish qobiliyatiga, chiniqqanlik darajasiga qarab, shuningdek turli kasalliklar vaqtida o‘zgaradi. Organizmning fiziologik holatini bilish uchun o‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash katta ahamiyatga yega. Download 221.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling