Mavzu: O’pkaning tiriklik sig’imi, o’pka ventelatsiyasi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilarda nafas ko’rsatkichlari Darsning maqsadi


Download 221.76 Kb.
bet3/3
Sana23.01.2023
Hajmi221.76 Kb.
#1112692
1   2   3
Bog'liq
12-amaliy mashg\'ulot

Qo‘shimcha havoni aniqlash. Silindr qopqog‘idan probka olinib, ichki silindr qo‘l bilan 3000 ml belgisigacha ko‘tariladi. Tekshiriluvchi bir necha marta tinch nafas olgandan keyin biroz nafasni to‘xtatadi, mundshtukni og‘ziga olib spirometrdan chuqur nafas oladi. Ichki silindr necha belgigacha pastga tushgani belgilanadi va 3000 dan olib tashlanadi. Ayirma qo‘shimcha havo bo‘lib hisoblanadi.
Nafas havosini aniqlash. Spirometr “0” nolga keltiriladi. Tekshiriluvchi mundshtukni og‘ziga olib, tinch holatda havoni burun orqali olib, nafasni spirometrga chiqaradi. 5-6 marta shunday qaytarilib, olingan sonlarning o‘rtachasi aniqlanadi.
Zahira havoni aniqlash. Spirometr “0” nolga keltiriladi. Bir necha marta tinch nafas olgandan keyin nafasni chiqarib, biroz to‘xtagandan keyin mundshtukni og‘ziga olib, mumkin qadar qattiqroq nafasni spirometrga chiqaradi. Shkaladagi son zahira havo hajmini ko‘rsatadi. Ishning oxirida qo‘shimcha, zahira va nafas havolarini qo‘shib, avvalgi aniqlangan tiriklik sig‘imi miqdori bilan solishtiriladi. Natijalar farqi 10% dan oshmasligi kerak.


Olingan ma’lumotlar quydagi jadvalda aks ettiriladi
22-jadval.



Talabaning familiyasi, ismi

Tinch holatda nafas chiqarganda

Chuqur nafas chiqarganda

Chuqur nafas olib chiqarganda

Jismoniy
mashq
bajargandan keyin nafas chiqarganda

1
















2
















3
















4
















5

















A B C
17-Rasm. A-Suvli spirometr. B, C- Zamonaviy havo spirometrlari
Ma’lumotlarni mustahkamlash uchun savollar

1. O‘pkaning umumiy va tiriklik sig‘imini tushuntiring?


2. Nafas, qo‘shimcha va rezerv havo nima?
3. Qoldiq va alveola havosi nima?
4. Odam va hayvonlar o‘pkasining tiriklik sig‘imini ayting?
5. Spirometriya nima va u qanday o‘tkaziladi?
6. Nafas olishning ahamiyati nimadan iborat?
7.O‘pkaning tiriklik sig‘imi deganda nimani tushunasiz?
8.Nafas olish va nafas chuqurligi bo‘yicha jinsiy farqlar bormi?
9.Gipoksiyaning qanday turlari mavjud?
Download 221.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling