Pomidor konservalashning 4 XIL usulik
Download 198.29 Kb.
|
POMIDOR KONSERVALASHNING 4 XIL USULIK
POMIDOR KONSERVALASHNING 4 XIL USULIK 1-usul: 1 l. suv, 60 grammdan shakar va tuz, sarimsoqpiyoz, bir donadan achchiq qalampir va shirin bulg'or qalampiri, dafna yaprog'i, 1 osh qoshiq sirka, bir litrli bankaga sig'adigan miqdorda qattiq pomidor kerak bo'ladi. Ziravorlar va pomidorlarni sterillangan bankaga solib, qaynagan suv quyiladi. 10 daqiqa davomida bankani qopqog'i qo'yiladi. Bankadagi suvni yana bir marta qaynatib, bankaga qaytarilib quyiladi. Bu ish umumiy hisobda uch marta bajarilishi lozim. So'ng uksus, shakar va tuz solinib, bankani konservalash mumkin. 2-usul: 0,8 l. suv, 1 choy qoshiq sirka, 80-100 gr. shakar, 60-80 gr. tuz, piyoz, sarimsoqpiyoz, dafna yaprog'i, o'rtacha kattalikdagi qattiq pomidorlar zarur. Barcha ziravorlarni sirli idishga solib, ustidan suv quyib qaynatiladi. O'rtacha kattalikdagi piyozni 4 bo'lakka bo'lib, 2-3 dona sarimsoqpiyoz bo'lagi bilan birga qaynab turgan suvga solinadi. Bir litrli bankalarga solib qo'yilgan pomidorlar ustidan qaynatilgan suv quyib, bankalar yopiladi. So'ng 85 darajada qizdirilgan duxovkaga 20 daqiqaga qo'yiladi. 3-usul: 1 l. suv, 1 osh qoshiq sirka, 200 gr. shakar, 60-100 gr. tuz, 1-2 ta dafna yaprog'i, 10-15 dona murch donasi, 10 gr. achchiq qalampir kukuni, o'rtacha kattalikdagi yashil pomidorlar.1 kg. yashil pomidor uchun 50-100 gr. to'g'ralgan piyoz kerak. Sirlangan idishga barcha masalliqlarni solib, ustidan muzdek suv quyiladi. 6-8 soatga qoldiriladi. So'ng pomidorlarni sterillangan bankalarga solinadi, suv esa qaynatilgachgina ularning ustiga quyiladi. Konserva tayyor. 4-usul: 2-2,5 kg. pomidor, 5 ta 10 sm.li olcha daraxtining mayda shoxchalari, 1 l. suv, 50-100 ml. sirka, 1 stakan asal yoki shakar, 50 gr. tuz kerak bo'ladi. Pomidorlarni yuvib, bandidan uzilgan eriga sanchqini sanchib oling. Sterillangan bankaga olcha shoxchalari va pomidorlarni soling. Qaynab turgan nomakob suvni ikki marta bankaga quyib olib, 10 daqiqa davomida dimlang. Uchinchi marta qaynoq suvni quyib, konservaning qopqog'ini mahkamlang. Download 198.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling