2-mavzu. O’simliklar to’qimalari va ularning qishloq xo’jaligidagi ahamiyati


O‘simlik tolasidan to‘qimachilik sanoatida foydalanish


Download 33.04 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi33.04 Kb.
#185854
1   2
Bog'liq
2-mavzu. Toqima (3)

O‘simlik tolasidan to‘qimachilik sanoatida foydalanish

Ma’lumki, hozirgi vaqtda ko'plab o‘simlik turlarining poya, barg, urug‘lari yoki mevalari, gullari tarkibidan ajratib olinuvchi tolalar to‘qimachilik sanoatida foydalaniladi. Lub tolalari to‘qimachilik sanoatida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, zig‘ir, kanop kabi 0 ‘simliklarda kuchli rivojlangan bo‘ladi. Sanoatda ishlatiladigan tolalarning sifati ularning uzunligi va yog‘ochlanishiga bog‘liq. Hozirgi vaqtda 40 dan ortiq turli xil o'simlik turlarida tolasimon hujayralar asosida to‘qimachilik sanoatida turli xil materiallar ishlab chiqariladi. Arxeologik qazilma qoldiqlar tasdiqlashicha, odamlar o ‘simlik tolalaridan 10 000 yildan buyon foydalanib keladi. Tola ajratib olinuvchi o ‘simliklar turlari umumiy holatda ikkita guruhga ajratiladi. Jumladan, nasha o'simligi, kanop kabi о ‘simlik turlari poyasidan dag‘al tavsifga ega tolalar ajratib olinadi. Bu tolalar o ‘simlik poyasining tashqi ksilema-floema qavatida joylashadi. Shuningdek, ikkinchi guruhga mansub o ‘simlik turlaridan tolalar barglar asosida ajratib olinadi. Bundan tashqari, ayrim о ‘simlik turlarining urug‘lari tashqi tomonida shakllanuvchi tolalardan (ingichka tolalar) ham to‘qimachilik sanoatida keng miqyosda foydalaniladi. Masalan, g‘o‘za o ‘simligi chigiti tolasi (paxta) asosiy to‘qimachilik xomashyolaridan bin hisoblanadi. Botanik tuzilishiga ko‘ra, chigit tolasi urug4 ustki qismidan о ‘sib chiquvchi trixoma qavati hujayralaridan tashkil topadi. 0 ‘rtacha 454 gramm miqdordagi paxta tarkibida 90 000 000 dona chigit tolasi mavjud bo‘ladi. Paxta tolasini olish maqsadida g ‘o ‘za o‘simlikturi (Gossypium) dunyoning nisbatari issiq tabiiy—iqlim sharoitiga ega bo‘lgan mintaqalarida bundan taxminan ming yillardan buyon madaniy holatda yetishtirib kelinadi. Taxminan 1000 yil oldin Ispaniyaga olib kelinib madaniylashtirilgan g‘o‘za o‘simligini o‘stirish Yevropa mintaqasida dastlab ommalashmagan. XIV asrda Yevropa asosan Hindistonda yetishtirilgan g ‘o ‘za o‘simligidan ajratib olingan paxta tolasi bilan ta’minlangan. Navbatdagi ikki asr davomida esa - paxta tolasini ishlab chiqarish sanoati rivojlantirilgan va XIX asming o'rtalariga kelib, Yevropada paxta tolasiga bo‘lgan talab darajasi keskin ortishi kuzatilgan. Bu davrda Yevropa paxta tolasi bilan arzon ishchi kuchi sifatida qullar mehnatidan foydalangan Amerika qo‘shma shtatlarida yetishtirilgan xomashyo asosida ta’minlangan. Hozirgi vaqtda Amerika qo‘shma shtatlarining katta maydonlarda, asosan Missisipi daryosi havzasida joylashgan sug‘oriladigan dehqonchilik ekin maydonlarida paxta yetishtiriladi. Shuningdek, tola olish maqsadlarida Linum usitatissimum о ‘simlik turidan ham foydalaniladi.

Nazorat savollari

1. To'qima deb nimaga aytiladi?

2. Meristema to‘qimasi qanday fiinksiyani bajaradi? Meristema

to'qimasi o'simlikning qaysi qismida joylashgan?

'3. Interkalyar meristemalar to‘g ‘risida tushuncha bering.

4. Parenxima, kollenxima va sklerenxima hujayralari birbiridan qanday farqlanadi?

5. Epiderma va periderma hujayralari o £zaro qanday farqlanadi?

6. Ksilema va floemaning funksiyasi qanday?

7. Kollateral va bikollateral boylamlar haqidagi tushunchalaringizni ayting.

8. 0 ‘tkazuvchi boylamlar va ularning xillari to‘g ‘risida gapiring.



9. Elaksimon naylar va uning yo‘ldosh hujayralari to‘g‘risida ma’lumot bering.
Download 33.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling