2-Mavzu: O'simliklarda suv almashinuvi fiziologiyasi reja
TUPROQ TARKIBIDAGI SUVNING XILLARI
Download 74.85 Kb.
|
2-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pardasimon
- Immobilizasion
- ILDIZLARNING SUV SO’RISHI
TUPROQ TARKIBIDAGI SUVNING XILLARI
Tuproq tarkibida deyarli toza suv deyarli bo'lmaydi. U ma'lum kontsentrasiyali eritmalar holida bo'ladi. Tuproq zarrachalari bilan suv har xil birikadi va uning turli shakllarni hosil qiladi. Gravitasion suv tuproqning yirik (>60 mkm) kapillyarlaridagi harakatchan suv, uni o'simliklar yaxshi o'zlashtiradi. Kapillyar suv-tuproqni kichikrroq (60 mkm) kapillyarlaridagi suv bo'lib, u pastga tushib ketmaydi ya'ni kapillyarlar suv yuzasi meniskining tortilishi hisobiga tutib turiladi. Ushbu suv ildiz tukchalari tomonidan yaxshi so'riladi. Pardasimon suv-tuproq zarrachalari yuzasida molekulyar tortishuv kuchlari-adsorbsiya hisobiga tutib turiladi. Pardasimon suv o'simliklar tomonidan qiyin o'zlashtiradi. Gigroskopik suv-tuproq zarrachalari tomonidan katta kuch bilan (1000 atm) suvni ushlab turiladi. O'simlik tomonidan o'zlashtirilmaydi. Immobilizasion suv tuproqdagi kolloid moddalarga kimyoviy bog'langan suv bo'lib, o'simliklar tomonidan umuman o'zlashtirilmaydi. Tuproqdagi o'simliklar tomonidan o'zlashtirmaydigan suvga-suvning o'lik zahirasi deyiladi. Tuproqni to'la nam bilan ta'minlangan holati uning to'la nam sig'imi deyiladi. Bu ko'rsatkich yirik qumli tuproqlarda-23,4%, mayda qumlida-28,0%, engil qumoq va og'ir qumoq tuproqlarda mos ravishda 33,4% va 47,2% bo'lsa, og'ir soz tuproqlarda 64,6% atrofida bo'ladi. ILDIZLARNING SUV SO’RISHI Tuproqda asosiy faktor bo'lib kapilyar suv potentsiali ?r hisoblanadi. ?r suvning tuproqga kapilyar adsorbtsion bog'lanishdagi kuchidir. Uni qo'yidagi formula yordamida hisoblash mumkin. O'simliklarning tuproqdan suv olishi uning ildiz tukchalarining surish kuchi tuproq so'rish kuchi bilan raqobat qilaolgunicha davom etadi. Ψ tuproq - Ψ ildiz Wa = A ------------------ Σr Bu erda: Wa- bir birlik vaqt davomida ildizlar orqali so'rilgan suvning miqdori; A- bir birlik tuproq hajmidagi ildizlarning faol so'rish yuzasi; Σr-suvning tuproqdan ildizga o'tishi vaqtidagi tashiluv qarshiliklarining yig'indisi. Ko'pchilik hollarda qishloq xo'jalik o'tsimon o'simliklarning ildizlarining faol so'rish yuzasi 1 sm2/sm3 bo'lsa daraxtlar uchun ushbu ko'rsatkich 0,1 sm2/sm3 atrofidadir. O'simlik ildizlarida ular hujayralari shirasining kontsentrasiyasi tufayli bir necha kPa so'rish kuchi hosil bo'lishi mumkin xolos. Ammo shu so'rish kuchining o'zi ham tuproqdan suv ajratib olish uchun etarlidir. Masalan, o'simliklar ildizlari so'rish kuchi S = 2 kPa bo'lganda qumloq tuproqlar tarkibidagi suvning 2/3 qismini tortib oladi. Bo'z tuproqlar esa o'simlik ildizlarining so'rish kuchi 6 kPa bo'lganda tarkibidagi suvning yarmini yo'qotadi. O'simliklar ildizlarining so'rish kuchlari anchagina yuqori bo'ladi. Masalan, sutpechak ildizlarining so'rish kuchi 20 kPa bo'lsa, sutpechak o'simliginiki 37 kPa. O'simliklar suv etishmagan haroitda o'z so'rish kuchlarini oshirishi mumkin. Masalan, o'tsimon o'simliklar ildizlari so'rish kuchlari mo'tadil iqim sharoitida 40 kPa atrofida bo'lsa, quruq iqlim sharoitida 60 kPa va undan ham yuqori bo'lishi mumkin. Urmon daraxtlarining ildizlari so'rish kuchlari nisbatan pastroq 30 kPa atrofida bo'lishi mumkin. Ildizlarning suv so'rishi yon atrofdagi suv tugagandan so'ng, tuproqga ildizdan bo'sh bo'lgan joylardan suvning kelishiga bog'liq. Ammo qum tuproqlar kapillyarlaridagi suv ipchalari juda ham kam kuch ta'sirida uzilishi mumkin. Tuproqlarda esa kapillyarlar nisbatan tor bo'lganligi uchun kuchli so'rish kuchi ta'sirida anchagina masofaga harakatlanishi mumkin. Ammo bu harakatlanish ham birnecha santimetrga bo'ladi xolos. Shuning uchun ildizning bevosita yonidagi suv tugaganidan so'ng o'simlik o'z ildizlarini o'stirish va uning suv so'rish yuzasini kengaytirish orqali suv so'rishga harakat qiladi. Shu sababli ildiz tizimi doimo harakatda bo'lib, uzunligi birnecha metrgacha etishi hamda birnecha ildizlar tarmoqlarini hosil qilishi mumkin. Bu holat ayniqsa qurg'oqchilik rayonlarida ko'proq ro'y beradi. Umuman tuproqdagi suvning o'simlik ildizlari tomonidan o'zlashtirilishi, suvning qanchalik kuch bilan tuproqda ushlab turilishiga bog'liq. Agarda tuproqdagi suv 0,5 MPa kuch bilan ushlab turilgan bo'lsa, bunday suv o'simliklar tomonidan engil o'zlashtiriladi. Tuproqdagi suv 1,0-1,2 MPa kuch bilan ushlab turilgan bo'lsa bunday suv o'simliklar tomonidan engil o'zlashtiriladi. Tuproqdagi suvning ushlab turilish kuchi 2,5-3,0 MPa bo'lsa, bunday suvning o'simliklar tomonidan o'zlashtirilishi anchagina mushkul. Umuman, tuproqdan o`simlik ildizlari orqali olingan suvning havoga uzatilishida qatnashuvchi asosiy harakatlantiruvchi kuchlarni quyidagicha ifodalashimiz mumkin. Download 74.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling