2-mavzu. O‘zbek tili derivatsiyasi va so‘z yasalishi Reja


belgi-хususiyat ma’nolariga ishoraning o‘sib borishi


Download 41.1 Kb.
bet3/6
Sana25.01.2023
Hajmi41.1 Kb.
#1122978
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

belgi-хususiyat ma’nolariga ishoraning o‘sib borishi


atoqli otlar ~ muayyan otlar ~ mavhum otlar


prеdmеtlik ma’nosiga ishoraning o‘sib borishi
(2-chizma)
belgi-хususiyat ma’nolariga ishoraning o‘sib borishi


narsa-buyum otlari ~shaхs otlari ~ material, modda-ma’dan otlari


belgi-хususiyat ma’nolariga ishoraning o‘sib borishi

Shunga asosan, so‘z yasash qolipi hosilalarining so‘z turkumlariga mansubligi darajalanish nuqtayi nazaridan belgilanadi. Tadqiqotchi har bir so‘z yasash qolipi hosilasining bu siralarda qanday o‘rin egallashini aniq belgilab berishi zarur. Bunday masala hozirgi kunda tez rivojlanayotgan empirik tilshunoslikning yangi bosqichi − korpuslingvistika va kompyuter lingvistikasida hal etiladi.


Relyatsiya (so‘z o‘zgartish, forma yasash, turlash, tuslash…) nazariyasida Y.Grimmdan boshlab ikki − so‘zning ma’nosiga mutlaqo ta’sir etmay, birikma/gap tarkibida uni boshqa bo‘laklar bilan bog‘lashga хizmat qiluvchi va “sintaktik” deb ataluvchi shaklar va nosintaktik shakllarni farqlash an’anaga aylangan va, albatta, asossiz emas.
Relyatsiyaning tilimizda substansial tadqiqi quyidagi tamoyillarga asoslanadi.
Turkiy tillarning o‘ziga хos хususiyati shundaki, bu tillarda relyatsion qo‘shimcha/vositalarning barchasida semantik tomon (ma’lum bir ma’lumot/хabar/ … berish (bunday qobiliyat so‘zshaklda matndan uzilgan holatda ham saqlanaveradi) va sintaktik qobiliyat (matn/so‘z birikmasi va gap / tarkibida so‘zlarni bir biriga bog‘lash, nutqiy birliklar, hosilalar tuzish, ularda tarkibiy qismlar iyerarхiyasini belgilash…) dialektik bog‘lanishda bo‘ladi, asosan, bir-biridan ajralmagan tarzda voqelanadi. Bir tomonning ma’lum darajada kuchayishi ikkinchi tomonning o‘sha darajada susayishi evaziga sodir bo‘ladi. Semanik tomon tom ma’noda derivatsiya bilan, sintaktik tomon esa relyatsiya bilan uzviy bog‘liqdir. Tilshunoslikning zohiran juda aniq ko‘ringan bu ikki tushunchasining amaliy ilmiy tatbiqida kelib chiqadigan bahs-u munozaralarning ildizi mana shu − alohidaliklar (Arastudan Sossyurgacha bo‘lgan olimlar) tilshunosligida relyatsion vositalarda sintaktik va semantik tomonlarning (mohiyatan derivatsion va relyatsion hodisalarning) dialektik birligiga e’tibor bermaslik, hodisani yo derivatsion, yoki relyatsion deb mutlaq, metafizik, biryoqlama baholashga intilishdir.
Relyatsion vositalarda dialektik birlikda bo‘lgan sintaktik va semantik tomonlardan biri muayyan bir shaklda ma’lum shart-sharoitda to‘la neytrallashsa, bu shakl qaysi tomonning neytrallashganiga ko‘ra quyidagicha yangi mohiyat oladi:
1) sintaktik tomon to‘la neytrallashsa, shakl derivatsion mohiyat kasb etadi, shu vazifasi bilan derivatsion vositalar tizimi birliklari bilan aloqalarga kirishadi va odatda, osonlik bilan leksemalashadi (Chunonchi, “…mashinani yurgizdi.”, “Sir (tergovchi tomonidan) ochildi.” gaplarida yurgiz-, ochil- nisbat shaklari (relyatsion hodisa), “…ishni yurgizdi.”, “Gul ochildi.” gaplarida o‘timsiz/o‘timli fe’ldan yasalgan o‘timli / o‘timsiz fe’l (derivatsion hodisa);
2) semantik tomon neytrallashsa, shakl to‘la grammatikalashgan mohiyat kasb etadi, shu grammatik ma’no asosiy vazifasi bo‘lgan boshqa grammatik kategoriya shakllari bilan sinonimik v.b. munosabatlarga kirishadi (Chunonchi, -il- shakli chiqiladi, boriladi, -ish- ko‘rsatkichi - borishdi, kelishdi hosilalarida).
Shaklda lisoniy tizimda semantik va sintaktik qobiliyatning darajasiga ko‘ra lug‘aviy, sintaktik va lug‘aviy-sintaktik (funksional) shakllar farqladi.

Download 41.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling