2-mavzu. O‘zbekistonda davlatning din va diniy tashkilotlar bilan munosabati Tayanch tushunchalar


Markaziy boshqaruv organini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘gʼrisidagi elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi


Download 29.53 Kb.
bet4/5
Sana26.03.2023
Hajmi29.53 Kb.
#1297484
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-мав

Markaziy boshqaruv organini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘gʼrisidagi elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi:

  • yigʼilishining (konferensiyasining) markaziy boshqaruv organini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va boshqaruv organlarini saylash to‘gʼrisidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan qarori;

  • markaziy boshqaruv organining davlat tilidagi ustavi;

  • joylashgan yeridan diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkka egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

  • markaziy boshqaruv organining taʼsischilari va uning rahbar organi aʼzolari to‘gʼrisidagi hujjatlar;

  • markaziy boshqaruv organining rahbarida diniy professional maʼlumot mavjudligini tasdiqlovchi hujjat(bundan taʼlimoti diniy professional taʼlim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno);

  • vakolatli organ xulosasi.

Diniy taʼlim muassasasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘gʼrisidagi elektron murojaatga quyidagi hujjatlarning elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi:

  • markaziy boshqaruv organining diniy taʼlim muassasasini tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash (tayinlash) bo‘yicha maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan qarori;

  • diniy taʼlim muassasasining davlat tilidagi ustavi;

diniy taʼlim muassasasining rahbar organi aʼzolari to‘gʼrisidagi hujjatlar;

  • vakolatli organ xulosasi.

Mahalliy diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘gʼrisidagi elektron murojaatga:

  • mahalliy diniy tashkilotni o‘z tashabbusiga ko‘ra tuzayotgan, o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, ellik nafardan kam bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari imzolarini o‘z ichiga olgan hujjat;

  • taʼsis yigʼilishining mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish, uning ustavini tasdiqlash va rahbar organlarini saylash to‘gʼrisidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan qarori;

  • mahalliy diniy tashkilotning davlat tilidagi ustavi;

  • mahalliy diniy tashkilotni tashkil etish tashabbuskorlari to‘gʼrisidagi va uning rahbar organi aʼzolari haqidagi hujjatlar;

  • mahalliy diniy tashkilotning rahbarida diniy professional maʼlumot mavjudligi to‘gʼrisidagi hujjat(bundan taʼlimoti diniy professional taʼlim tizimini nazarda tutmaydigan konfessiyalar mustasno);

  • vakolatli organ xulosasi;

  • mahalliy diniy tashkilotning pochta manzili sifatida foydalanilishi mo‘ljallanayotgan ko‘chmas mulkning shaharsozlik normalari talablariga muvofiqligi to‘gʼrisidagi xulosalar ilova qilingan mahalliy ijroiya hokimiyati organi (Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) xulosasi kabi hujjatlarning elektron ko‘chirma nusxalari ilova qilinadi.

Diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin.
Diniy tashkilot diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organi, diniy taʼlim muassasasi yoki mahalliy diniy tashkilot shaklida tashkil etilishi mumkin.
Diniy taʼlim muassasasi ro‘yxatdan o‘tkazilganidan va vakolatli organning tegishli litsenziyasini olganidan keyin o‘z faoliyatini amalga oshirish huquqini oladi.
Diniy tashkilot belgilangan tartibda taqdim etiladigan yer uchastkalarida, vakolatli organ bilan kelishuvga ko‘ra tashkil etiladi. Tegishli diniy professional taʼlimga ega bo‘lgan shaxs diniy tashkilotning rahbari bo‘lishi mumkin, bundan diniy taʼlimotida diniy professional taʼlim tizimi nazarda tutilmagan konfessiyalar mustasno.
Diniy tashkilotni qayta tashkil etish uning rahbar organining qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Diniy tashkilotni qayta tashkil etish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Diniy tashkilotlar jamoat birlashmalaridan ayrim jihatlarda farq qiladi va mas’uliyati ham kattaroq. Shu bilan birga qonunchilikda belgilangan qoidalar jamiyat rivoji va zamon talabi bilan o‘zgarishi muqarrar.
Shunday qilib, O‘zbekistonda barcha shaxslarning vijdon va e’tiqod erkinligi huquqini ta’minlashga xizmat qiluvchi diniy tashkilotlarning hech bir to‘siqlarsiz, qonunda belgilangan tartib va asoslarda faoliyat olib borishlari uchun tegishli huquqiy asos va tashkiliy shakllar ta’minlangan. Bu holat davlatimizning dunyoviy demokratik davlat sifatida rivojlanayotgani hamda diniy bag‘rikenglik tamoyillariga sodiq ekanini ko‘rsatadi.




Download 29.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling