2 Mavzu: Pedagogning kasbiy kompetentligi va unga xos sifatlar. Reja


Download 68.33 Kb.
bet1/15
Sana09.01.2022
Hajmi68.33 Kb.
#268034
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2- Mavzu Pedagogikning kasbiy kompitentligi va mahorati


2 Mavzu: Pedagogning kasbiy kompetentligi va unga xos sifatlar.

REJA:

  1. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyati.

  2. Kasbiy kompetentlik sifatlari.

  3. Pedagogning kasbiy kompetentligi.


Tayanch tushunchalar: kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik kasbiy kompetentlik, Individual rivojlantirish dasturi, pedagogning individual rivojlanish dasturi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, pedagogning o‘z ustida ishlashi, pedagogning o‘z ustida ishlash bosqichlari, o‘z-o‘zini baholash.

1. “Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Bozor munosabatlari sharoitida ehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o‘rinda shu va shunga yondosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi.


Inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat

va iqtidorni namoyon eta olish”ni yoritishga xizmat qiladi



“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. SHu sababli kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.





Download 68.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling